한국   대만   중국   일본 
Maximilian Arnold - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Maximilian Arnold

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maximilian Arnold
Shaxsiy ma?lumot
To?liq ismi Maximilian Arnold [1]
Tavallud sanasi 27-may 1994-yil ( 1994-05-27 ) (30 yosh) [2]
Tavallud joyi Riesa , Germaniya
Bo?yi 1.84 m [3]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub ma?lumoti
Joriy klub
VfL Wolfsburg
Raqami 27
Yoshligida a?zo bo?lgan klublar
2003-2006 SC Riesa
2006-2009 Dynamo Dresden
2009-2011 VfL Wolfsburg
Xalqaro medallar

Maximilian Arnold ( nemischa : Maximilian Arnold ;) ? nemis futbolchisi , Volfsburg klubi yarim himoyachisi .

Klubdagi faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Germaniyaning Ries shahrida tug?ilgan Arnold o?zining rivojlanish davrida mahalliy BSV Strehla va SC Riesa jamoalarini harakat qilgan [4] . 2006-yilda, 12 yoshida u Rizani tark etib, Drezdenning ?Dinamo“ akademiyasiga o‘tgan va keyingi to‘rt yilni ?Volfsburg“ga o‘tkazdi. ?Volfsburg“ning yoshlar jamoalaridagi faoliyati davomida u klubga 19 yoshgacha bo?lgan futbolchilar o?rtasidagi Germaniya chempionatida ikki marotaba 2009 va 2011-yillarda g?alaba qozonishga yordam bergan [5] .

Arnold 2011-yilning 26-noyabrida Feliks Magat bilan birinchi jamoadagi debyutini o‘tkazgan, o‘shanda u ?Augsburg“da 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan o‘yinda zahiradan maydonga tushgan. U 17 yosh, 5 oy va 30 kunligida klubning eng yosh debyutantiga aylangan. Biroq, u mavsumning ko?p qismini 19 yoshgacha bo?lganlar safida o?tkazgan va mavsum oxirigacha faqat bir marta kattalar jamoasida maydonga tushgan.

Yoshlar jamoasida o?zini ko?rsatishda davom etgan Arnold 2013-yilda yangi murabbiy Diter Xekking qo?l ostida asosiy jamoaga qaytgan. 13-aprel kuni u o?zining birinchi professional golini ?Xoffenxaym“ga qarshi uyinda (2:2) kiritgan. Bu bilan u klubning eng yosh to?purariga ham aylangan. U keyingi haftada ?Verder“ ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, ?Volfsburg“ning besh o‘yinlik mag?lubiyatsiz seriyasi amalga oshirishga yordam bergan. Oltita o?yinda ikkita gol urganidan so?ng, Arnold klub bilan uzaytirilgan to?rt yillik shartnoma imzolagan.

2016-yilning 6-aprelida u Chempionlar ligasidagi ilk golini ? Real“ darvozasiga kiritgan.

Terma jamoadagi faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Maximilian Germaniyaning turli yoshlar jamoalarida o?ynagan, hozirda u Germaniya yoshlar terma jamoasi a?zosi.

2014-yilning 13-may kuni Germaniya terma jamoasining asosiy tarkibida Polsha bilan o‘yinda (0:0) debyut qilgan terma jamoaning asosoiy o?yinchilaridan biriga aylangan.

Statistika [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Klub [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Klub Mavsum liga Kubok Yevro kuboklar Jami
O?yinlar Gol O?yinlar Gol O?yinlar Gol O?yinlar Gol
Volfsburg 2011/2012 2 0 0 0 ? ? 2 0
2012/2013 6 3 1 0 ? ? 7 3
2013/2014 28 7 3 0 ? ? 31 7
2014/2015 21 4 3 0 7 0 31 4
Jami 57 14 7 0 7 0 71 14
Karyerada jami 57 14 7 0 7 0 71 14

Xalqaro [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Jami: 3 ta o?yin / 0 ta gol; 2 g?alaba, 1 durang, 0 mag?lubiyat.

Yutuqlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Germaniya terma jamoasi (21 yoshgacha)

  • UEFA yoshlar o?rtasidagi futbol bo?yicha Yevropa chempionati : 2017-yil

"Volfsburg"

  • Futbol bo?yicha Germaniya kubogi : 2014/15
  • Futbol bo‘yicha Germaniya chempionati (kumush): 2014/15
  • Germaniya Superkubogi : 2015-yil
  • Futbol bo?yicha Germaniya chempionati (19 yoshgacha) : 2012/13

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]