Loyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Loyan ? Xitoyning markaziy qismidagi shahar, Loxe daryosi sohilida, Xenan provinsiyasida. Aholisi 1,5 mln. kishidan ziyod. Transport yo?llarining muxim tuguni. Traktorlar, konchilik jihozlari va sharikli podshipniklar ishlab chiqaruvchi yirik markaz. Qurilish sanoati rivojlangan. Shuningdek, yog?ochsozlik, oziq-ovqat, ip gazlama sanoati korxonalari bor. L. yaqinida toshko?mir va temir rudasi qazib olinadi.

Shaharga miloddan avvalgi 1108-yilda asos solingan. Dastlab Loi deb atalgan. Choju (miloddan avvalgi 770?516 yillar), So?nggi Xan (miloddan avvalgi 25?220), G?arbiy Szin (265? 316), Shimoliy Veey (386-534), Sunggi Tan (10-asr) kabi bir qancha Xitoy sulolalari davlatining poytaxti bo?lgan. Barcha davrlarga oid tarixiy va badiiy yodgorliklar: shahar devorlari, saroylar, ibodatxonalar, imperatorlar maqbaralari saqpangan. Xitoyda dastlabki budda ibodatxonalaridan biri bo?lgan shahar chekkasidagi Baymasi ibodatxonasi (miloddan avvalgi 68 yilda qurilgan) va Lunmun gor ibodatxonasi (5?9-asrlar), ayniqsa, mashhur. 1958-yilda L. yaqinida Guan Yuya ibodatxonasida temirdan yasalgan buyumlar, jez idishlar, oynalar, qurollar ko?plab to?plangan muzey ochilgan. Issiqlik elektr st-yasi qurilgan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil