한국   대만   중국   일본 
Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Litva SSR dan yo?naltirildi)
1940?1941
1944?1990/91
Maqom Tan olinmagan Sovet Ittifoqi respublikasi
(1940?1941, 1944?1990/91)
Oliy Kengash raisi  
? 1990?1991
Vytautas Landsbergis
Tarixiy era XX asr
Hozirda hududida quyidagilar mavjud   Litva

Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi , Litva SSR ( litovcha : Lietuvos Taryb? Socialistin? Respublika ; ruscha : Литовская Советская Социалистическая Республика ) ? Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Litvasi deb yuritiladi.

Litva SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi bo?lgan va Sovet Ittifoqi hukumati qo?li ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. 1940-yilning 16-iyunida sovet qo?shinlari Molotov?Ribbentrop pakti asosida Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Litva Respublikasi hududida Litva SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qo?g?irchoq hukumat o?rnatilgan. 1941-yildan 1944-yilgacha Litva hududi fashistlar Germaniyasi tomonidan ishg?ol qilingan va Reichskommissariat Ostland tarkibiga kirgan.

Aksar davlatlar Litvaning qo?shib olinganini de jure tan olmagan va Sovet Hukumati tomonidan de facto boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan. Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Litvaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan. Natijada Litva 1940?91-yillar mobaynida de jure okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.

Litva SSR poytaxti Vilnius shahri bo?lgan. Respublika 44 rayonga bo?lingan, 92 shahar, 22 shahar tipidagi posyolkasi bo?lgan. [1] 1946-yildan keyin Belorussiya bilan chegaradagi ayrim o?zgarishlarni e?tiborga olmaganda, Litva SSRning chegaralari hozirgi kundagi Litva chegaralariga mos keladigan ko?rinishga kelgan.

1989-yilning 18-mayda Litva SSR Moskvadan suverenitet e?lon qilgan Sovet Ittifoqi ta?siri doirasidagi birinchi respublikalardan bo?ldi. 1990-yilning 11-martida Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi Litva Respublikasi deb qayta nomlandi va mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Litvada sinfiy jamiyat milodiy 5?6-asrlarda vujudga kelgan. 1240-yilga kelib feodal Litva Buyuk knyazligi tashkil topgan. 13-asrda litva elati shakllangan. 1558?1583-yillarda Litva Rossiyaga qarshi Livoniya urushida qatnashgan. Lyublin ittifoqiga muvofiq 1569-yili Litva Polsha bilan birga Rech Pospolitaga birlashgan. 1795?1815-yillarda Litvani Rossiya butunlay bosib olgan. 1830?1831 va 1863?1864-yillarda Litva xalqi Polsha qo?zg?olonlarida qatnashgan.

19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik tashkilotlar vujudga kelgan. 1918-yil dekabr ? 1919-yil yanvarda Sovet hokimiyati Litva hududining ko?p qismida o?rnatilgan. Litva 1919-yil fevral-avgustda Litva-Belorus Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida bo?lgan.

1940-yilning 16-iyunida sovet qo?shinlari Molotov?Ribbentrop pakti asosida Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Litva Respublikasi hududida Litva SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qo?g?irchoq hukumat o?rnatilgan. Litva SSR 1940-yil 3-avgustda SSSR tarkibiga kirgan. 1941-yili nemis-fashist qo?shinlari okkupatsiya qilgan, 1944-yil iyuli ? 1945-yil yanvarida Sovet armiyasi tomonidan qayta bosib olingan.

Litva SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi bo?lgan va Sovet Ittifoqi hukumati qo?li ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. Aksar davlatlar Litvaning qo?shib olinganini de jure tan olmagan va Sovet Hukumati tomonidan de facto boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan. Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Litvaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan. Natijada Litva 1940?91-yillar mobaynida de jure okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.

1989-yilning 18-mayda Litva SSR Moskvadan suverenitet e?lon qilgan Sovet Ittifoqi ta?siri doirasidagi birinchi respublikalardan bo?ldi. 1990-yilning 11-martida Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi Litva Respublikasi deb qayta nomlandi va mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "Litva SSR" (o?zbekcha). Ensiklopedik lug?at . 2 . Toshkent: O?zbek sovet ensiklopediyasi . 1988. p. 463. 5-89890-002-0.