Lipidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lipidlar ( yunoncha :lipos ? yog? ) ? barcha tirik hujayralar tarkibida bo?ladigan yog?simon moddalar. Tirik organizm hayot faoliyatida lipidlar muhim ahamiyatga ega. Lipidlar biologik membrananing asosiy komponentlaridan biri bo?lib, hujayralarning o?tkazuvchanligiga, ko?pgina fermentlarning faolligiga ta?sir ko?rsatadi, nerv impulsini uzatishda, muskullar qisqarishida, hujjatlararo kontaktlarni yuzaga keltirishda va immunokimeviy jarayenlarda qat-nashadi. Lipidlarning yana bir funksiyasi energiya rezervi, hayvon va o?simliklarda suv qochiruvchi himoya va termoizolyasiya qoplamasi hosil qilish, shuningdek, turli organlarni mexanik ta?sirlardan saqlashdan iborat.

Ko?pchilik lipidlar yuqori yog? kislotalari, spirtlar yoki aldegidlarning hosilalaridir. Kimyoviy tarkibiga ko?ra, Lipidlar bir necha sinfga bo?linadi. Oddiy Lipidlar yog? kislotalari (yoki aldegidlar) va spirtlar qoldig?idan tarkib topgan moddalardan iborat. Bularga yeg?lar (triglitseridlar va boshqa tabiiy glitseridlar), mum (yog? kislotalari va yog? spirtlari efirlari) va diol Lipidlar (yog? kislotalari va etilenglikol yoki b. ikki atomli spirtlar efirlari) kiradi. Murakkab Lipidlar ortofosfat kislota hosilalari (fosfolipidlar) hamda qand qoldiqlari (glikolipidlar)dan tarkib toptan moddalardan iborat. Murakkab Lipidlar molekulalarida ko?p atomli spirtlar ? glitserin (glitserin-fosfatidlar) yoki sfingozin (sfingolipidlar) ham bo?ladi. Ko?pchilik Lipidlar sirt faol moddalar hisoblanadi. Lipidlar organizmda lipazalar ta?sirida fermentativ gidrolizga uchraydi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan yog? kislotalar (adenozintrifosfat kislotalar ? ATF) va koferment A bilan ta?sirlashib faollashadi, so?ngra oksidlanadi. Ko?pchilik Lipidlar hujayralarda oqsillar bilan kompleks murakkab moddalar (lipoproteidlar) holida bo?ladi.

Lipidlar ekstraksiya usuli bilan olinadi. Oziq-ovqat sifatida, tibbiyotda kasallarni davolashda hamda turli sanoat tarmoqlarida ishlatiladi (yana qarang Yog? ). [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil