Leipzig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leipzig
Shahar
Skyline of Leipzig
Leipzig
Gerb
51°20′0″N 12°23′0″E  /  51.33333°N 12.38333°E  / 51.33333; 12.38333  G  O Koordinatalari : 51°20′0″N 12°23′0″E  /  51.33333°N 12.38333°E  / 51.33333; 12.38333  G  O
Mamlakat Germaniya
Yer Saksoniya
Hukumat
 ?  Oberburgomistr Burkhard Jung
Maydon 29,760 km 2 (11,490 mi²)
Markazi balandligi 113 m
Aholisi
  (2010)
522 883
Telefon kodi +49 341
Pochta indeks(lar)i 04003-04357
Avtomobil kodi L
Идентификационный код 14 3 65 000
Leipzig xaritada
Leipzig
Leipzig

Leypsig ? Germaniyadagi shahar, Saksoniya yerida. Playse daryosining Vayse-Elster daryosiga quyilish yerida joylashgan. Mamlakatning muhim sanoat, savdo, ilmiy va madaniy markazlaridan. Transport yo?llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 490 ming kishi (1999). Shahar qo?lyozmalarda ilk bor 1015-yilda tilga olingan. L. o?rnida qadimda slavyanlarningLipsk qishlog?i bo?lgan. 12-asrdan shahar huquqini olgan. O?rta asrlarda Saksoniyaning eng yirik shaharlaridan biri edi. Shahar atrofida ko?p tarixiy janglar bo?lib o?tgan. Ikkinchi jahon urushi davrida shahar katta talofot ko?rgan. Yetakchi sanoat tarmog?i ? mashinasozlik. Metallurgiya va kon uskunalari, yuk ortish va transport vositalari zavodi, qishloq xo?jaligi va to?qimachilik mashinasozligi, stanoksozlik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Plastmassa, rezina buyumlar, lok-bo?yoq ishlab chiqariladi. Gilam to?qiladi. L. poligrafiya va mo?yna sanoati bilan ham mashhur. Qadimdan nashriyotchilik ishlarining yirik markazi. Har yili xalqaro savdo yarmarkalari, qisqa metrajli va hujjatli filmlar kinofestivallari, mo?yna auksionlari o?tkaziladi. Universitet (1409), musiqa, teatr, adabiyot, kitob grafikasi va san?ati, jismoniy tarbiya, ped. va boshqa oliy o?quv yurtlari, kutubxonalar, tasviriy san?at, shahar tarixi, etnografiya, badiiy hunarmandchilik, kitob va shrift muzeylari, opera va drama teatrlari bor. Me?moriy yodgorliklaridan cherkovlar (13?16-asrlar), eski ratusha (16-asr), universitet binosi, opera teatri binosi, Yarmarkalar uyi, "Shtadt Leypsig" mehmonxonasi va boshqa mavjud. [1]

Leipzig Germaniyaning Saksoniya yerida joylashgan shahardir. Ushbu shahar Maydoni ? 297,60 km 2 . Aholisi ? 522 883 kishi (2010).

Geografiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Hududi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Leipzigning hududi 297,8 [2] km 2 dir. Dengiz sathidan o?rtacha 113 m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yil Soni
1870 100 000
2015 560 472
2016 571 088
Yil Soni
2017 581 980
2019 587 857
2020 601 668
Yil Soni
2021 601 866
2022 621 278
2023 625 341

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. (unspecified title) ? Federal Statistical Office .