La Skala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"LA SKALA" (ital. "La Skala", to?la nomi "Teatro alia Skala") ? Milandagi opera teatri, jahon opera san?atining yirik markazlaridan biri. Binosi "Santa Mariya della Skala" cherkovi o?rnida 1776?78 yillari qurilgan (nomi shundan). 19-asrgacha operalar bilan birga dramatik asarlar ham qo?yilgan. Repertuarining asosini italyan kompozitorlarining operalari tashkil etadi: "L.S." teatrida D.Chimaroza, L.Kerubini, J. Rossini, G. Donitsetti, V.Bellini, J. Verdi, J.Puchchini va boshqa italyan kompozitorlarining asarlari ilk bor sahnalashtirilgan. Shu bilan birga Yevropa kompozitorlari (Sh.Guno, R.Vagner, P. Chaykovskiy, M.Musorgskiy, R.Shtraus, K.Debyussi, M. de Falya, L.Yanachek, D. Shostakovich, F. Pulenk va boshqalar)ning asarlari qo?yiladi. Ayni vaqtda (har yili sentabr-noyabr oylarida) simfonik konsertlar ham uyushtiriladi.

"L.S."da Italiya va Yevropaning eng mashhur xonandalari (J. Pasta, M.Malibran, A.Patti, M.Battistini, E.Ka-ruzo, F.Shalyapin, L.Sobinov, T.Ruf-fo, T.Del Monte, M.Kallas, N.Gyaurov, L.Pavarotti va boshqalar), dirijyorlari (A.Toskanini, K.Abbado, G.Karayan va boshqalar) faoliyat ko?rsatgan. 1955-yilda "Pik-kola Skala" ("Kichik skala") deb nomlangan filiali ochilgan. Xonanda va raqqosalar maktabi bor. "L.S." teatrida butun dunyo, shu jumladan, o?zbek opera xonandasi (R.Iminjonova, 1965) o?z malakasini oshirgan. "L.S." xonandalari Dizmi di Chekko va M.Gulelmi O?zbekistonda gastrolda bo?lishgan (1970). [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil