한국   대만   중국   일본 
LGBT - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

LGBT

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
LGBT
Kamalak bayroq
Kamalak bayroq
Gomoseksuallik · Jins · Gomofobiya · Biseksuallik · Transseksuallik
LGBT tarixi
LGBT madaniyati
Teng jinsli nikohlar

LGBT yoki LBBT qisqartmasi lezbian , gey (LBBT shaklida esa besoqol ), biseksual va transseksual odamlarni nomlashda ishlatiladi [1] . Bu qisqartma 1990-yillardan beri qo?llanilmoqda; avvaliga u ?LGB“ ko?rinishida bo?lgan. Hozirda LGBT atamasi bilan LGBT harakatini ham atashadi.

Har bir atama ma?nosi

Qisqartmani tashkil etuvchi har bir so?z tegishli jamoat ( submadaniyat ) a?zolarini bildiradi.

Lezbian

Lezbian atamasi jinsiy moyilligi ayollarga qaratilgan ayolga nisbatan ishlatiladi.

Gey

gey yoki besoqol atamalari jinsiy moyilligi erkaklarga qaratilgan erkakni bildiradi.

Biseksual

Biseksual so?zi bir vaqtning o?zida bir necha ayollar yoki erkaklar bilan jinsiy moyilligi istalgan jins vakiliga qaratilgan kishiga aytiladi.

Transseksual

Transseksual atamasi bilan jins o?zgartirish amaliyotini boshidan kechirgan yoki transvestizmga moyil shaxslar nomlanadi. Transseksual odamlar ?…tug?ilgan paytdagi jinslari o?zlariga mos emasligini his etuvchilardir“, degan ta?rif mavjud.

LGBT tarixi

1960-yillarning seksual inqilobigacha odatiy jinsiy moyillikdan tashqari moyilliklarga ega kishilar jamiyatda deyarli e?tiborda bo?lishmagan. Ba?zi manbalarda bunday odamlar uchinchi jins deb atalganini ko?rish mumkin, biroq bu atama keng tarqalmadi. Tibbiy atama ? gomoseksual  ? bora-bora haqorat tusini olgani uchun gey so?zi qo?llanila boshlandi; ayol gomoseksuallar ham sezilarli faollikka erishishganidan so?ng lezbian atamasi bu safga qo?shildi. Keyin esa biseksual va transseksual so?zlari paydo bo?ldi.

Yana qarang

Manbalar

  1. Parent, Mike C.; DeBlaere, Cirleen; Moradi, Bonnie (June 2013). "Approaches to Research on Intersectionality: Perspectives on Gender, LGBT, and Racial/Ethnic Identities". Sex Roles 68 (11?12): 639?645. doi : 10.1007/s11199-013-0283-2 .  

Havolalar