한국   대만   중국   일본 
Kvantun armiyasi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Kvantun armiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kvantun armiyasi - Yaponiya va Manjuriyaning 1919?45 yillardagi birlashgan qurolli kuchlari. Kvantun (Guandun) viloyati hududiga joylashtirilgan yapon qo?shinlari negizida tuzilgan. K.a. son jihatdan ham (1 mln.ga yaqin), qurollar jihatdan ham asta-sekinlik bilan o?sib, kengayib borgan. 1945-yilda uning tarkibida 1-front (3 va 5-armiyalar), 3?front (30 va 44-armiyalar), 17-front (34 va 59-armiyalar), alohida (4 armiya) armiya, 2 ta harbiy havo (2 va 5-armiyalar) armiyasi va Sungari harbiy flotiliyasi bo?lgan. Xitoyga qarshi tajovuzkorona hujumlar qilib Manjuriyani bosib oladi (1932), Manjou-Yao qo?g?irchoq davlatini tuzadi (1932-yil 9 mart). 1938? 39 yillar sobiq SSSR, Mongoliya Xalq Respublikasi hududiga bosqinchilik yurishlari qilgan. K.a. (bosh qo?mondon general O. Yamada) 1945-yil sobiq sho?ro Qurolli kuchlari hamda Mo?g?uliston harbiy qo?shinlari tomonidan tor-mor qilingan (qarang Manjuriya operatsiyasi ). [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil