Kuba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kuba Respublikasi
Shior patria o muerte venceremo
(Ispancha: fatherland or death, we will win!)
Madhiya :   La Bayamesa
(The Bayamo Song)
Location of Kuba
Poytaxt Gavana
Rasmiy til(lar) Ispan tili
Hukumat Bitta-partiyalik davlat
Raul Kastro
Mustaqillik
10-dekabr 1898
AQSh ma'muriyatidan
20-may 1902
Maydon
? Butun
110,860 km 2 ( 105-o?rin )
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
11,346,670 ( 70-o?rin )
Zichlik 102/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 37,240 mil. ( 89-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 3,282
Pul birligi Cuban Peso ( CUP )
Qisqartma CU
Telefon prefiksi 53
Internet domeni .cu

Kuba (Cuba), Kuba Respublikasi (Republica de Cuba) ? Vest-Indiyadagi davlat. Kuba orol va Katta Antil orollari guruhiga kiruvchi 1600 dan ortiq mayda orolda joylashgan. Maydoni 110,86 ming km². Aholisi 11,2 mln. kishi (2001). Poytaxti ? Ganava shahri Ma?muriy jihatdan 14 viloyat (provincia)ra, viloyatlar munitsipiyalarga bo?lingan.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kuba ? sotsialistik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1976-yil umumxalq referendumida ma?qullangan, unga 1992-yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi organ ? Xalq hokimiyati milliy assambleyasi; uning deputatlari orasidan Davlat kengashi raisi, uning birinchi o?rinbosari va 5 o?rinbosari, kotibi va 23 a?zosi saylanadi. Davlat kengashining raisi ( Raul Kastro ) davlat va hukumat boshlig?i hisoblanadi, milliy mudofaa kengashiga boshchilik qiladi. Oliy ijroiya organi ? Vazirlar kengashi (hukumat). Uning a?zolari Xalq hokimiyati milliy assambleyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

K. hududi, asosan, tekislik. Qir va tog?lar K.ning 1/3 qismini egallagan. Kuba o.ning markaziy qismida Guamuaya tog?i bor (balandligi 1156 m). Eng baland tog?lar mamlakatning janubi-sharqida. Janubiy sohili bo?ylab Syerra-Maestra tog?lari cho?zilgan (balandligi 1974 m li Turkino cho?qqisi K.ning eng yuqori nuqtasi). Mis, marganets, asbest, tosh tuz, fosforit, neft, gaz, xromit konlari va boshqa, Xuventud (Pinos) o.da nikel, kobalt, temir, marganets, volfram rudalari, qurilish materiallari, jumladan, marmar va kaolin konlari bor.

Iqlimi ? tropik, yil davomida havo harorati va nisbiy namlik yuqori darajada bo?ladi, yomg?irli mavsum ? may ? oktabr Yanvarning o?rtacha temperaturasi 22,5°, avgustniki 27,8°. Minimal temperatura 5° dan yuqori, maksimal temperatura 40°ga yetadi. Yillik yog?in tekisliklarda 1000? 1200 mm, tog?larda 2200 mm gacha. Qurg?oqchilik mavsumi noyabrdan aprelgacha, asosan, K.ning janubidagi tekisliklarida ro?y beradi, dahshatli dovul va tropik siklonlar bo?lib turadi. Daryolarining ko?pi qisqa, serostova va kam suv. Eng katta daryosi ? Kauto (o?z. 370 km) Syerra-Maestra tog?laridan boshlanadi. Daryolari, asosan, yomg?ir suvidan to?yinadi.

K. hududining 10% chasi o?rmon. Tog? etaqlarida va tekisliklardagi qizil, qizil-jigarrang nam tuproqli yerdarda keng bargli va doim yashil o?simliklar, jumladan, palma hamda kan daraxtlari, quruq va toshloq yerdarda qarag?ay o?rmonlari, sananvalar, mayda bargli tikanli butalar, kaktus va aga-valar o?sadi. Yer o?zlashtirish davrida ko?proq tekisliklardagi daraxtlar kesilgan. Bunda ba?zi daraxtlar, jumladan, palmalar qoldirilgan. Shuning uchun K.ning hozirgi tekislik landshafti tashqi ko?rinishdan palmazorlarga o?xshab ketadi. Hayvonot dunyosida umurtqalilar kam, ko?pchilik hayvonlar endemiklardir. Ko?rshapalakning 23 turi bor. Qushlarning 300 dan ortiq turi ma?lum. Ularning ko?pi faqat qishlash uchun uchib keladi. Mahalliy turlari ? kolibri, to?tilar va mayda taskaralar. Kaltakesaqlar, toshbaqa, timsoh, bo?g?ma ilonlar yashaydi. Hasharotlardan termit va kokuyolar uchraydi. Quruqlikda yashovchi krab va qisqichbaqalar bor. Qo?riqxonalar: El-Kabo, Ko?pell va boshqa; rezervatlar: Syevaga-de-Sapata, Syevagade-Lanyer.

Aholisining 98% dan ko?prog?i kubaliqlar; xitoy, yapon va gaitiliklar ham yashaydi. Mahalliy aqoli ? indeyslarning avlodi ham uchraydi. Dindorlari xristian dinining katolik va protestant mazhabiga e?tiqod qiladilar. Rasmiy tili ? ispan tili. Aholining 72% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Ganava, Santyago-de-Kuba, Kamaguey, Guantanamo, Olgin, Matansas, S?yenfuegos, Pivar-del-Rio, Bayamo, Santa- Klara va boshqa

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Miloddan avvalgi 4-ming yillikdan ilgariroq ham K.da indeys qabilalari yashagan. 7?9-asrlarda K.ga Janubiy Amerikadan mayarlar, subtaino va tayno qabilalari ko?chib kelgan. Bu qabilalar ovchilik, baliq ovlash va dehqonchilik bilan shug?ullangan. 15-asr oxirlarida orolda 200 mingdan ortiq kishi yashagan. Orolga 1492-yil oktabrda X. Kolumb ekspeditsiyasi yetib kelgan. O?sha vaqtda K.da aranak indeys qabilalari yashardi. 1510-yil uni ispanlar bosib olib, aholini qirib tashlay boshladi. Indeyslar o?z sardorlari ? Atuey va Guam rahbarligida bosqinchilarga qarshi qattiq kurashdi. Og?ir mehnat, ochlik va kasallik oqibatida 5 ming indeys tirik qoldi, xolos. Shuning uchun mustamlakachilar konlar va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Afrikadan negr-qullar keltirdilar.

Iqtisodiy va madaniy munosabatlar rivojlanishi natijasida (18-asr oxirlarida) K. xalqi shakllana boshladi. Ispaniya mustamlakalarining 1810?26 yillardagi mustaqillik uchun olib borgan urushi vaqtida K. yer egalarining ilg?or qismi F. Arango-i-Parreno rahbarligida iqtisodiy va siyosiy o?zgarishlar qilish uchun kurashdi. Vatijada Ispaniya bir oz yon berishga (tamaki monopoliyasini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish va boshqalar) majbur bo?ldi va bu narsa K.ning iqtisodiy yuksalishiga olib keldi. 19-asrning 20-yillaridan K, da gaz.lar chiqa boshladi, yashirin jamiyatlar paydo bo?ldi. Ular o?z oldiga mustaqillik uchun kurashni maqsad qilib qo?ydi. 1844-yil negr-qullarni ozod qilish uchun harakat qatnashchilari qattiq jazolandilar.

19-asrning 30-yillarida K.da dastlabki tamaki va sigara fabrikalari paydo bo?ldi. 60-y, lardan kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi.

1868-yil 10-oktabrda Oryente viloyatida K. M. de Sespedes rahbarligida K. vatanparvarlarining qo?zg?oloni boshlandi. Ular e?lon qilgan manifest K. xalqining ispan mustamlakachilariga qarshi 10 yil lik milliy ozodlik kurashini boshlab berdi. Qo?zg?olonning maqsadiga to?la-to?kis erishilmagan bo?lsada, ammo 1886-yil quldorlik bekor qilindi. Ispan hukmronligiga qat?iy zarba berishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Bu ishga X. Marti rahbarlik qildi. 1892-yil X. Marti AQSH da K. inqilobiy partiyasi (KIP)ni tuzdi. 1895-yil 24-fevralda Oryente viloyatida K. mustaqilligi uchun qurolli qo?zg?olon ko?tarildi. 1895-yil sentabrda K. Respublikasining inqilobiy hukumati tuzildi. Yangi konstitutsiya ishlab chiqildi. 1897-yil noyabrda Ispaniya K.ga muxtoriyat berdi, ammo kurash davom ettirilib, yilning oxirida K.ning ko?p qismi ispanlardan ozod qilindi. 1898-yilaprelda AQSH Ispaniyaga qarshi urushga qo?shilib, Ispaniyani tor-mor keltirdi va o?sha yili Parij tinchlik bitimi tuzildi. Bitimga ko?ra, K. rasman mustaqil deb e?lon qilingan bo?lsa ham, haqiqatda 1898-yildan 1902-yilgacha AQSH tasarrufida bo?ldi.

1903-yilgi adolatsiz shartnomaga binoan, AQSH Guantanamo harbiy-dengiz bazasini noma?lum muddatgacha ijaraga oldi.

1925-yil mayda davlat tepasiga kelgan X. Machado terrorchi diktatura o?rnatdi. 1934-yil yanvarda hukumat F. Batista kuliga o?tdi, u harbiy-politsiya rejimini o?rvatdi. 1935-yil martda umumiy ish tashlash boshlandi, bunda Batista rejimini bekor qilish, yangi demokratik konstitutsiya tuzish talab etildi. 1944? 48 yillarda R. Grau San-Martina hukumatga boshchilik qildi. Mavjud siyosatga qarshi norozilik mitinglari, ish tashlash va h.k. hukumatni demokratik tashqilotlarga yon berishga majbur etdi.

1952-yil 10-martdagi davlat to?ntarishi natijasida hokimiyatni yava F. Batista egalladi. Shu sharoitda F. Kastro Rus boshliq inqilobchi yoshlar guruhi Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash boshladi. 1953-yil 26-iyulda guruh Santyagode-Kubadagi Monkada kazarmasiga hujum qildi. Pekin bu qujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. F. Kastro va uning safdoshlari hibsga olinib, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 1955-yil keng jamoatchilik tazyiqi natijasida hukumat mahbuslarga afv e?lon qildi. F. Kastro AQSH ga, so?ng Meksikaga ketdi va u yerda F. Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash rejasini ishlab chikdi. 1956-yil 2-dekabrda F. Kastro boshchiligidagi guruh "Granma" yaxtasida K.ga kelib tushdi. Shu paytdan mamlakatni F. Batista rejimidan ozod etish uchun kurash boshlandi.

1957-yil 13-martda talabalarning "Inqilobiy direktorat" degan siyosiy tashkiloti Batista hukumatini yuqotish maqsadida prezident saroyiga bostirib kirdi. 1959-yil 1-yanvar kechasi Batistahokimiyati ag?darildi. 1959-yil fevralda F. Kastro boshliq hukumat tuzildi. O. Dortikos Torrado prezident bo?ldi. __ K. ? 1945-yildan BMTa?zosi. 1992-yilda O?zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olgan. Milliy bayramlari: 1-yanvar ? Ozodlik kuni (1959), 26-iyul ? Milliy qo?zg?olon kuni (1953).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

K. kommunistok partiyasi, 1961-yilda 3 tashqilot: K. xalq sotsialistax partiyasi, "26-iyul harakati" va "13-mart inqilobiy direktorati"ning birlashuvi natijasida vujudga kelgan. K. mehnatkashlari kasaba uyushma markazi 1939 i. da tuzilgan, 19 ta tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

K. ? agrar-industrial mamlakat. Davlat sektori sanoat ishlab chiqarishning hammasini, qurilish va savdoni, transportning 98% ni, qishloq xo?jaligiga yaroqli yerdarning 80% ni o?z ichiga oladi. Yalpi milliy daromadni hosil qilishda sanoatning ulushi 46%, qishloq, o?rmon xo?jaligi va baliq ovlash ulushi 15,9%..

Qishloq xo?jaligining asosi ? shakarqamish yetishtirish. Ekinzorlarning yarmiga (1,5 mln. ga yerga) shakarqamish ekiladi. Tamaki, kofe, mango, don va dukkaqlilar, sholi, ildizmevalilar, meva, sitrus, moyli ekinlar, paxta va boshqa, yil bo?yi sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Ananas, banan, qovun daraxti, kokos palmasi, kanop anchagiva maydonni egallaydi. Chorvachiligi, asosan, go?sht-sut yo?nalishida. Qoramolchilik, cho?chqachilik, parrandachilik rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qand-shakar ishlab chiqarish ? K. sanoatining yetakchi tarmog?i. Eng katta va texnik jihatdan yaxshi uskuvalangan zavodlar Santyago-de-Kuba va Kamaguey viloyatlarida. Oziq-ovqat sanoati (qanddan tashqari) un tortish va non yopish korxonalaridan, go?sht kombinatlari, sut-sariyog?, moy zavodlari va boshqa dan iborat. Soya moyi va aralash yem, yer yong?oq, palma moylari va boshqa ishlab chiqariladigan zavodlar bor. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladigan fabrikalar mavjud. Kimyo sanoati, asosan, chetdan olinadigan xom ashyo va yarim fabrikat asosida ishlaydi. 1 yilda o?rtacha 15,8 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Gazlama va to?qimachilik buyumlariga bo?lgan ehtiyoj 50?60% ta?minlanadi. To?qimachilik kombinati va fabrikalari bor. Ko?n poyabzal sanoati mamlakat ehtiyojini asosan ta?min etadi. K.da yirik sement zavodi, temir-beton konstruksiyalar, g?isht va boshqa zavodlar, uysozlik kombinati, oyna-shisha kombinati bor.

Konchilik sanoati va rangli metallurgiya nikelli, misli va boshqa ruda qazib olish va ularni boyitish korxonalaridan iborat. Nikel qazib chiqarishda K. dunyoda 3-o?rinda turadi. Qishloq xo?jaligi mashinalari, dizel motorlari zavody, elektrodlar fabrikasi, kema qurish va ta?mirlash korxonalari mavjud. So?nggi vaqtlarda xalqaro sayyohlik rivojlanib, valyuta tushumlari manbalari orasida birinchi o?ringa chiqdi.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ichki aloqalaruchun avtomobil transporti muhim ahamiyatga ega. Kubaning o?z. ? 4,8 ming km. Avtomobil yo?llari o?z. ? 14,5 ming km. Eng yirik portlari ? Ganava va Santyago-de-Kuba.

K. chetga shakarqand, ruda va ruda konsentratlari, nikel, sitrus mevalar, ichimlik, tamaki va tamaki mahsulotlari chiqaradi. Chetdan asbob-uskuna, transport vositalari, neft va neft mahsulotlari, g?alla, oziq-ovqat, yog?och va h. k. olinadi. Tashqi savdoda Rossiya Federatsiyasi, Lotin Amerikasi va Yevropadagi ba?zi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi ? Kuba pesosi.

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Vrachlar universitetlarning tibbiyot fakultetlarida, hamshiralar bilim yurtlarida tayyorlanadi. K.da SanVisente, San-Diyego-delos-Ban?os, Santa-Fe va boshqa mashhur kurortlar bor.

Maorifi, ilmiy va madaiiy-ma?rifiy muassasalari. 1961-yil gi qonunga binoan, maorif davlat ixtiyoriga olindi va o?qish bepul qilindi, 9 yil lik (6 yil lik boshlang?ich va 3 yil lik asosiy o?rta) majburiy ta?lim joriy etildi. Hamma o?quv yurtlarida stipendiya beriladigan bo?ldi. Oliy o?quv yurtlari: Ganava universiteti, Santyago-de-Kuba, Santa-Klara, Kamaguey universitetlari, Ganava yaqinida Oliy pedagogika instituti, Milliy san?at maktabi, chet tillar oliy instituti va boshqa Eng yirik kutubxonalari: Xose Marti nomidagi Milliy kutubxona, Ganava universiteti kutubxonasi. Ganavada Milliy muzey, Xalq san?ati muzeyi, Inqilob muzeyi, Antropologiya muzeyi va boshqa bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi. Asosiy gaz. va jurnallari: "Granma" (kundalik gaz., 1965-yildan), "Trabaxadores" ("Mehnatkash", haftalik gaz., 1970-yildan), "Tribuva de la Ganava" ("Ganava minbari", haftanoma, 1980-yildan), "Adelante" ("Olg?a", gaz., 1959-yildan), "Vanguardia" ("Ilg?or", gaz., 1962-yildan), "Venseremos" ("Biz yengamiz", gaz., 1972-yildan), "Viktoria" ("G?alaba", gaz., 1967-yildan), "Muxeres" ("Ayollar", oylik jurnal, 1961-yildan), "Xiron" (gaz., 1960-yildan), "Eskambray" (gaz., 1979-yildan) va boshqa Milliy axborot agentligi ? hukumatning rasmiy agentligi, 1974-yilda tuzilgan; Prensa Lativa, Lotin Amerikasi axborot agentligi, 1959-yilda asos solingan, Ganavada joylashgan. K. radioeshittirish va teleko?rsatuv instituti davlat muassasasi bo?lib, u 1962-yilda tuzilgan, mamlakatdagi radioeshittirish (1922-yildan boshlangan) va teleko?rsatuvlarni (1950-yildan boshlangan) nazorat qiladi. 1997 i. mamlakatda 5 milliy, 1 xalqaro, 14 viloyat va 31 munitsipal radiostansiya ishladi. K. televideniyesi Ganavada joylashgan.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

S. Bilbaoning "Sabr ko?zgusi" dostoni (1608) K. adabiyotining birinchi mashhur asarlaridan sanaladi, unda mahalliy aholining turmushi aks ettirilgan. 18-asr boshlaridan kitob nashr etila boshlashi, Ganava universiteti ochilishi, davriy nashrlar paydo bo?lishi K. adabiyotining rivojlanishiga yordam berdi. 18-asr oxirlarida Fransiyadagi burjua inqilobi va Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun urushlar ta?sirida K. yozuvchilari (M. de Sekeyra-i-Arango, M. X. de Ruvalkana, B. P. Ferrer va boshqalar) Ganava vatanparvar jamiyati (1793) atrofiga to?planib, ma?rifatparvarlik g?oyalarini targ?ib qildilar. 17?18-asrlarda kreol va negr xalqi she?riyati rivojlandi. 19-asrda romantizm yo?nalishida, mustamlakachilikni qoralash ruhida asarlar yaratildi. X. Marti "Urush shoirlari" kitobida shoirlarning vatanparvarlik ruhidagi she?rlarini to?pladi. Romantik prozaga X. A. Echeverria asos soldi. S. Vilyaverde, R. Mesa, N. Eredia romanlarida realistik tamoyillar aks etdi.

Zavonaviy ilg?or adabiyotga asos solgan X. Marti ijodi inqilobiydemokratik romantizmdan realizmga rivojlanib bordi. Uning "Erkin she?rlar", "Oddiy she?rlar" turkumlariga kiritilgan she?rlari mustamlakachilikka vafrat, erksevarlik ruhi bilan sug?orilgan edi. Ispaniyaga qarshi urush (1895?98) ta?sirida ijtimoiy she?riyat vujudga keldi. R. E. Boti, A. Akosta ishqiy lirikaga murojaat qilishdi. R. Pedroso, M. Vanarro Luva va boshqa shoirlar o?tkir ijtimoiy mavzularni qalamga oldilar. 1920-yillar oxirida X. S. Talyet va R. Girao Afrika-Kuba poeziyasi (negr folklori va raqslari zaminida asar yaratish)ga asos soldilar. Lotin Amerikasi adabiyoti tarixida A. Karpentyer ijodi katta o?rinni egallaydi. Uning "Aroziy saltanat", "Yo?qolgan izlar", "Ma?rifat asri" romanlari mashhur. Iste?dodli shoir N. Gilyenning adabiy faoliyati 30-yillar avvalida boshlandi. K.ning zavonaviy adabiyotida shoirlardan A. Auxyer, F. Hamis, R. Retamar, prozachilardan X. Po?ng, S. Mante, M. Kofino va boshqa barakali ijod qilmokdalar.

K. adiblaridan Baragono Xosening "Pentagonda", Gilyen Nikolasning "Ballada", Kostelyanos Xesusning "Bayroq", Vanarro Luva Manuelning "Biz yengamiz", Hamis Fayyatning "Ozodlik uchun" kabi asarlari o?zbek tili ga tarjima qilingan.

Me?morligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qishloq joylarda indeyslar sinchli kulbalar ("boyo"), qoziqoyoqlar ustiga omborlar qurishi 20-asrgacha davom etdi. 16-asrda Ganava, Santyago-de-Kuba, Trinidad va boshqa shaharlar qurildi. Ularda salobatli binolar, to?g?ri ko?chalar, markaziy maydonida cherkov va rato?shalar barpo etildi. 18-asrda binolar ispancha va me-sikacha barokko hamda klassitsizm uslubida kolonnalar, ravoklar, rangdor naqshlar bilan bezatildi. 18-asr oxiri ? 19-asr boshlarida Ganava va Trinidadning bosh maydonlarida me?morlik majmualari paydo bo?ldi. 20-asr boshlarida Gavanada eklektika ruhida va modern uslubida, 1920?30 yillarda Yevropa va Amerika zamonaviy me?morligi uslubida ko?p qanatli binolar qurila boshladi (Telefon kompaniyasining binosi, Milliy Kapitoliy, Nafis san?at saroyi va boshqalar). 1960-yillardan bir xil ko?rinishdagi ommaviy turar joylar qurish avj oldi. Yangi uy-joy dahalari qurildi. So?nggi yillarda keng xiyobonlar va temir-betondan ko?p qanatli zavonaviy uylar barpo etildi. Bunday uylarning yon-atrofida maktablar, bolalar bog?chalari, savdo va madaniy markazlar, sport maydonchalari, suv havzalari va gulzorlar paydo bo?ldi. Sanoat va transport in-shootlari, o?quv binolari, kasalxonalar, tibbiyot markazlari, poliklinikalar, sport majmualari va dam olish zonalari qurildi. K. me?morlari orasida mashhurlari: R. M. Franko, F. Salinas, R. Porro va boshqa

Tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Indeyslarning kad. san?ati namunalaridan g?orlardagi suratlar, sopol idishlar, yog?och va toshdan ishlangan sanamlar saqlangan. 18-asr oxiri ? 19-asr boshlarida diniy mavzudagi rasmlar va tarixiy voqea manzaralari, mashhur arboblarning portretlari, xalq turmushini ifodalovchi suratlar dunyoga keldi. X. N. dela Eskalera, V. Eskobar, X. B. Vermay, V. P. de Landaluse, F. Miale kabi rassomlar xalq turmushiga xos manzaralarni tavsirladilar. Mamlakat Ispaniya zulmidan qutulgandan keyin tarixiy voqealar, jangu jadallar tasvirlangan vatanparvarlik ruhidagi suratlar ko?paydi. Haykaltaroshlikda ham realizm, millat turmushiga e?ti-bor namoyon bo?ldi (X. Sikre, T. Ramos Blanko, E. Betankur). Novator rassomlar V. Garsia, A. Gattorno, X. Arche, E. Avela, K. Enrikes va boshqa xalq turmushini zo?r ehtiros bilan tasvirladilar. Keyingi yillarda umumlashma ramziy obrazlar yaratishga intiluvchi K. Gonsales, A. Posse, S. Moreno, A. Benites kabi rassomlar tarixiy va zamonaviy mavzularda asarlar yaratdi.

Musiqasi Yevropa, birinchi navbatda, Ispaniya va Afrika musiqasi asosida tarkib topdi. Afro-Kuba musiqasida ispancha ohanglar negrcha raqs bilan uyg?unlashgan. 16?18-asrlarda cherkov xonishchilar maktablari musiqa madaniyatining rivojlanish markazi bo?lgan. 1776-yil Ganavada "Koliseo" teatri qurildi. 1816-yil "Santa Sesiliya" musiqa akademiyasiga asos solindi. 19-asr boshlarida K. xalq musiqasi janrlari va milliy mavzular bilan bog?liq opera-buffa shakllandi. 19-asr o?rtalarida milliy kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 1898-yil E. Sanches de Fuentesning milliy mavzudagi birinchi operasi ?"Yumuri" sahvalashtirildi. 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida klassik va xalq musiqasi jamiyatlari, Gavana konservatoriyasi va simfonik orkestrlar paydo bo?lib, kompozitorlik ijodiyoti ravvak, topdi. K. inqilobi (1959) dan so?ng ijodiy jamoalar qayta tuzilib, yangilari tashkil etildi, ommaviy ashula janri rivojlandi. A. D. Kartaya "26-iyul marshi"ning matnini va musiqasini yaratdi. Kompozitorlardan N. Rodriges, K. Puebla, K. Farinyas, T. Kastelyanoslar mashxur bo?ldi. O?zbekistonda o?tkazilayotgan Xalqaro simfonik musiqa va "Ilhom-XX" kamer musiqa festivallarida K. kompozitorlarining asarlari ham ijro etilmokda.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

K.da qadimdan indeyslarning areito deb ataladigan teatr tomoshalari ko?rsatib kelingan. 16-asrda teatr san?ati ispan diniy teatri ta?sirida rivojlandi. 17-asrda dastlabki dunyoviy teatr truppalari vujudga keldi. 18-asrning 1-yarmida kubalik muallifning (S. Pite deb taxmin qilinadi) "Shahzodabog?bon yoki soxta Kloridano" degan dastlabki asari paydo bo?ldi. 1838-yil Ganavada 3 ming o?rinli "Takon" teatri ochildi. Unda drama, opera va balet spektakllari qo?yildi. 1910-yilda teatr jamiyati tuzildi, jurnallar nashr etildi, yangi truppalar, jumladan, "Kueva" teatri (1936) tashqil topdi. 1941-yil Ganavada aktyorlar va rejissorlar tayyorlash uchun Dramatik san?at akademiyasi va Gavana universiteti qoshida teatr maktabi ochildi. 40?50 yillarda P. Alfonso, K. Felipe va boshqa dramaturglar turli mavzularda asarlar yaratdi. Teatrlarning repertuarlaridan jahon mumtoz dramaturgiyasining namunalari o?rin oldi. Gavanada K. milliy teatri (1959), Eksperimental teatr (1961), Milliy qo?g?irchoq teatri (1963), Teatr uyi (1964), Bolalar va o?smirlar birlashgan milliy teatri (1966) bor. Ular milliy dramaturglardan V. Pinyera, X. Triana, A. Estorino, R. Ferrer, E. Kintero pyesalarini, jahon klassikasi asarlarini sahnalashtirgan.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

K.da kinoxronika va hujjatli filmlar 1897-yildan suratga oliva boshlagan. 1910?20 yillarda rejissorlardan E. D. Kesela va R. Peon muntazam kino ishlab chiqarishga asos soldilar. 30?40-yillarda ayrim kinofilmlardagiva K. hayoti ko?rsatildi. Ekranlarda, asosan, AQSH kinofilmlari namoyish etildi. 1959-yil Ganavada K. kino san?ati va kino sanoati instituti barpo etilgandan keyingi va chinakam milliy kino san?ati vujudga keldi. Ko?pgiva hujjatli filmlarning rejissorlari S. Alvares, X. Espinosa, T. Alea, A. Roldan badiiy kinematografiyaning yetakchi arboblari bo?lib qolishdi. Multiplikatsi-on filmlar ishlab chiqarish rivojlandi. K. da 450 dan ortiq kinoteatr bor. 1961-yildan "Sine Kubano" ("Kuba kinosi") jurnal nashr etildi. Keyingi yillarda "Xuan Kinkin sarguzashtlari" (rejissor X. G. Espinosa), "Lyusiya" (rejissor U. Solas), "Melya" (rejissor E. P. Barnet), "Rancheador" (rejissor S. Xiral) va boshqa kartivalar tomoshabinlarga manzur bo?ldi. Ganavada Lotin Amerikasi kinosi xalqaro festivali o?tkazib turiladi. [1]

Kuba (Kuba Respublikasi) poytaxti - Havana shahri. BMT a'zosi

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil