한국   대만   중국   일본 
Ku-Kluks-Klan - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ku-Kluks-Klan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1928 -yil Vashingtonda Ku-kluks-klan paradi.

Ku-kluks-klan ( inglizcha : Ku Klux Klan ) ? sirli terrorizmik irqiy tashkilot. Konfederatlar armiyasining 6 veterani tomonidan 1865 -yil 24-dekabrida Tennessi shtatining Pulaski shahrida, oq irqning ustunligini targ?ib qilish va Fuqarolar urushidan so?ng Janubda " sakvoyajchi "lar siyosatining ta?sirini susaytirish maqsadida asos solingan. Negrlarga qarshi yovuzlikni yoyilishiga sabab bo?lgan va shuning uchun 1869 -yilda ta?qiqlangan. Ammo, uning ko?pchilik a?zolari butun Rekonstruktsiya davrida aktiv faoliyat ko?rsatishni davom etishgan. XIX asrning 70-yillarida ku-kluks-klanning faoliyatini tazyiq ostiga olish haqida qarorlar qabul qilingan. [ Ku Klux Klan Act of 1871 ].

Tashkilot a?zolari qurbonlarga qasd olish ruhiyati oldida mistik qo?rqinch singdirish maqsadida kapyushonli oq balaxonlar kiyishgan, ku-kluks-klanning ramzi bo?lib esa yonuvchi xoch tanlanadi. Tashkilot ierarxik tuzilishga ega bo?lib, "Janubning ko?rinmas imperiyasi" deb nomlanadi ( inglizcha : Invisible Empire of the South ); uning boshida Buyuk sehrgar turadi ( inglizcha : Grand Wizard ).

Bu nomni terroristik sirli tashkilot, birinchi - negrlardan tashqari, katoliklar , yevreylar , darvinchilar , patsifistchilar va profsoyuz a?zolariga qarshi kurashuvchi dastlabki ku-kluks-klandan meros qilib oldi. 1915 -yil Jorjiyada qo?mondon Uilyam Simmons tomonidan asos solingan. Bir qator janubiy shtatlarda 1920-yillarda aktiv faoliyat ko?rsatgan, keyinchalik uning katakchalari Shimolda ham paydo bo?la boshladi. Ku-kluks-klan 9 mln a?zoga ega ekanligini e?lon qiladi, ammo uning o?rni 1928 -yili berkinishdan chiqqanliklaridan so?ng sezilarli darajada susayadi. 1944 -yilda rasman tarqatilgan, 1946 -yilda qayta tiklangan, 1949 -yilda bir qator guruhlanishlarga bo?linib ketgan. Desegregatsiyaga aktiv qarshilik ko?rsatishni to?xtatmaydi, 80-yillarda esa huquqlarni himoyalovchi tashkilotlar bilan shafqatsiz to?qnashuvlarda qatnashgan.

Qiziqarli faktlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Nomning kelib chiqishi:

  • KuKluksKlan miltiqni zatvorini tortganida chiqadigan tovushlar majmuidir. [ manba kerak ]
  • Ku Klux yunon tilidan tarjima qilinganda "doira" degan ma?noni anglatib, bu kontekstda uni "birodarlik" yoki "ijtimoiyot" deb tushunish lozim. [ manba kerak ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]