한국   대만   중국   일본 
Ko?mik - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ko?mik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ko?mik ? odam va ko?pgina umurtqali hayvonlarning suyak bo?shlig?ini to?ldirib turadigan to?qima. Qizil (qizg?ish) va sariq tusli (yog?simon) Ko'mik farq qilinadi. Qizil Ko'mik miyeloid to?qimadan hosil bo?lib, asosan, tarkibida qon yaratuvchi (poyasimon hujayralar) va yetiltiruvchi hujayralarni tutgan retikulyar tuqimadan (biriktiruvchi to?qimaning bir xili) iborat. Odam va sut emizuvchi hayvonlarda asosiy qon yaratiladigan a?zo. Eritrotsitlar, do-vador leykotsitlar, trombotsitlar va limfotsitlar Ko'mik da hosil bo?ladi. Ko?pgina sut emizuvchilar, xususan, odamda ham bola hayotining 1-yilida hamma suyaklar Ko'mik bilan to?la bo?ladi, yosh kattalashgan sari yog? hujayralari ko?payishi natijasida K. ning qizil rangi keta boshlaydi va yirik suyaklar bo?shlig?idagi Ko'mik yog? to?qimasi bilan almashinib, ilikka aylanadi. Qizil K. faqat g?ovak suyak moddalarida (qovurg?alarda, to?sh, kalla suyagining asosi, chanoq, umurtqalar va boshqalarda), shuningdek, ba?zi umurtqalilarning (kemiruvchilar, qushlarda) barcha suyak bo?shliqlarida bir umr saqlanib qoladi. Sariq K. (ilik), asosan, yog? to?qimasidan iborat bo?lib, naysimon suyaklarning diafiz qismini to?ldirib turadi. Organizm ko?p qon yo?qotganda ilik K.ga aylanib, qon hujayralari ishlab chiqara boshlaydi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil