Klassitsizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klassitsizm ( lotincha : classicus ? namunaviy) ? antik davrda o?z rivojining yuqori cho?qqisiga erishgan qad. Yunon va Rim san?ati merosida shakllanib, unga taqlid qilish natijasida yuzaga kelgan adabiyot va san?atdagi uslub, yo?nalish. Quroq tarafdorlari XVII?XIX-asrlarda Fransiyada , keyinroq Yevropaning boshqa mamlakatlarida Uyg?onish davri an?analarini davom ettirgan holda (inson aql zakovatiga ishonish, antik davr yaratgan ideal mutanosiblikni va nisbatlarni tan olish va e?zozlash), o?z zamonasining ijtimoiy hamda estetik talablariga javob tariqasida vujudga kelgan. Antik davr mifologiyasi (rivoyatlari), tavrot voqealariga murojaat qilib, ulardan olingan syujetlar orqali o?z davrlarining etik ? axloqiy va siyosiy muammolarini ko?tarishta harakat qildilar. Quroqda ham umumlashma asar yaratish asosiy masala hisoblanadi, asarlar birmuncha vazmin, ritm va nafis musiqaviylikka intilish asosida yaratildi. Odatda, Quroq rivoji tarixi 2 bosqichga ajratiladi. 17-asr Fransiyada shakllangan Quroq o?zida absolyutizm g?oyalarini ifodalagan bo?lsa, 18-asrga kelib Quroq yangi dunyoviy ideallar, ma?rifatparvarlik g?oyalari va oddiy xalq orzu-istaqlari va intilishlariga asoslangan ideallarga tayangan holda rivojlandi. Quroqga xos belgilar dastlab Italiya nafis san?atida (16-asrning 2-yarmi) paydo bo?lgan (A. Palladio, J. Vinola, S. Serlio, J. Bellori nazariy va amaliy faoliyatida, shuningdek, Bolonya akademik maktabi rasmiy hujjatlari va h.k.), 17-asr ga kelib Fransiyada barokko tamoyillariga qarshi kurashda Quroq ildamlab, yaxlit uslubiy tizimga, 18-asrga kelib umumevropa uslubiga aylandi.

Tort daryo favvorasi , Bernini, 1651-yil.
Klassizm uslubidagi eshik. Olomouts, Chexiya.

K. estetikasi ratsionalizm tamoyillari asosiga qurilgan bo?lib, badiiy asarga aql va mantiq natijasi sifatida qaraladi. K. san?ati "oliy" (tarixiy, mifologik, diniy) va "kichik", "past" (manzara, portret, natyurmort janrlari)ga ajratildi. K. nazariyasining shakllanishida Parijda tashkil topgan qirollik akademiyalari ? rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda me?morlik (1671) faoliyati muhim o?rin egalladi. K. tamoyillari nafis san?atda, me?morlikda shaqllarning geometrik aniqligi va ritmik mantiqiy rejalashtirilishi va antik me?morlik shaqllaridan keng ko?lamda foydalanishda yorqin namoyon bo?ldi.

Adabiyotda K. adabiyotni ijtimoiy hayot taraqqiyoti talablari bilan uzviy aloqada bulishini taqozo etdi va shu bilan adabiyot hamda san?at (ayniqsa teatr)ning o?z zamonasining ilg?or pozitsiyasida turib rivojlanishiga xizmat qildi. Ammo K.ning dogmata aylangan ojiz tomonlari adabiyot taraqqiyotiga ma?lum darajada to?sqinlik qildi. K. hayotni izchil haqqoniyat bilan emas, balki "tozalab", ma?lum ijtimoiy va estetik talablar qolipiga solib tasvirlashni talab etdi. Bu bilan adabiyotda izchil realizmning paydo bo?lishiga, ijodning keng va erkin rivojlanishiga sabab bo?ldi.

K.da adabiy janrlar "oliy" va "past" tarzda tasniflanib, ular orasiga qat?iy chegara ham qo?yilgan. "Oliy" janrga tragediya, epopeya va qasida kiritilgan, ularda davlat xayoti, tarixiy voqeahodisalar, miflar tasvirlangan va ularning asosiy qahramonlari qumondonlar, davlat boshliqlari, mifologik personajlar, din peshvolari bo?lgan. K.ning "past" janriga esa komediya, satira va masal kiritilgan. Bo?larda urtahol insonlarning kundalik hayotidan olingan voqea-hodisalar tasvirlanishi ko?zda tutilgan. Har bir janr orasida shu kabi aniq farqlar bo?lgan. Yuksak va past, tragik va komik holatlar tasvirining aralashib ketishiga yo?l qo?yilmagan. K.da tragediya yetakchi janr qisoblanadi. K.ning bu "oliy" janri fransuz dramaturglari (P. Kornel, J. Rasin) ijodida yuksak darajaga kutarilgan bo?lsa, "past" janrlar sanalgan masal (J. Lafonten), satira (N. Bualo), komediya (Molyer) ham o?zining oliy nuqtasiga kutarilgan. K.ning estetik asoslari Bualoning "She?riy san?at" (1674) dostonida bayon etilgan.

Mazkur yo?nalish Yevropa mamlakatlari adabiyotiga ham kirib bordi. Angliyada Aleksandr Pop (1688?1744), Jozef Addison (1672-1719), Italiyada Vattorio Alferi (1749?1803), Germaniyada I. V. Gyote (1749?1832), F. Shiller (1759?1805), Rossiyada A. P. Sumarokov (1717?77), Ya. B. Knyajnin (1740?91) va boshqa ijodkorlarning asarlarida yetakchilik qildi. 18-asr oxiri va 19-asr boshida K. Yevropada tanaz-zulga uchradi. U hayot bilan aloqasini tobora yo?qotib, tor shartlilik doirasida depsinib qoldi. Shundan so?ng 19-asrda adabiyotdagi K. o?rnini boshqa ijodiy metod va adabiy-estetik yo?nalishlar egalladi. K. jahon madaniyati tarixida insoniyatning ma?naviyma?rifiy tafakkuri va estetik didiga jiddiy ta?sir etadigan g?o?zal asarlarga asos bo?lgan metod sifatida qoldi.

Musiqada K. uslubi 17-asrda paydo bo?lib, birinchi navbatda opera janrida o?z aksini topdi (Fransiyada J. B. Lyulli, Italiyada "neapolitan opera maktabi" vakillari). Unga xos estetik va ijodiy tamoyillar badiiy asarlardagi aniq mantiqiy g?oya, tugal va mukammal kompozitsion tuzilish, musiqa janrlari o?rtasidagi chegaralarning aniqligida namoyon bo?ladi. Shu bilan birga K.da ijodiyotdagi aql va hissiyot hamda haqqoniyat va g?o?zallik asoslarining o?zaro muvozanati muhim o?rin tutadi. 18-asrda K. uslubi Yevropaning boshqa mamlakatlari (Avstriya, Germaniya, Rossiya va boshqalar)da ham tarkib topdi va o?z cho?qqisiga ko?tarildi (qarang Vena klassik maktabi ). Shu davr K. oqimi ma?rifatparvarlik g?oyalari bilan uzviy bog?liq holda rivojlanib, muayyan asarlarida izchil xalqchillik, hayotni ichki ziddiyatlarning dinamik rivoji orqali, to?laqonli aks ettirilishi bilan ajralib turdi (yana qarang Simfonizm ).

Me?morlikda K. uslubida qurilgan me?moriy kompozitsiyalarda me?morlik orderlari tizimi muhim rol o?ynadi. K. me?morlari ko?pincha order va ularning nisbatlari hamda shaqllarini antik davrdagiga xos ko?rinishda ifodalashga harakat qildilar. K. me?morligida shaqllar jiddiy va sipo, fazoviy kenglik yechimining aniqligi hamda me?morlikda ishlatilgan unsur (kolonna, pilyastr, friz, karniz va boshqalar)larning aniq, ritmga bo?ysunganligi, rang va shaql ritmining aniqligi bilan harakterlanadi. K. uslubida qurilgan bino interyerlari (xona, dalon, zal va boshqalar) ham o?z badiiy yechimi bilan ajralib turadi. Xonalarda qo?llanilgan rang, shaql va chiziqlar "aql bilan tartibga keltirilganligi" o?ziga xosdir. Sipo, jiddiy ishlangan bezaklar qam undagi jiddiylik va vazminlikka xalaqit bermaydi. K. me?morlari antik davr merosidan, uning me?morlik unsur va ohanglaridan keng foydalanish bilan birga ularning umumiy arxitektonika qonunlari mohiyatini bilishga ham harakat qiladilar.

K. me?morligining asosiy uslubi bo?lgan order tizimi antik davr me?morligi order tizimiga yaqin va shu bilan birga yangi davr ruhi bilan sug?orilganligi ko?zga tashlanib turadi. Bu xususiyat nisbat va shaqllarning o?zgarmagani holda birmuncha nafislashgani, bosiqligi hamda texnologiyasi (tosh, beton, temir va boshqalar), ustun va to?sin yaratishda ishlatilishi hamda K. binolarining interyerlari ham o?ziga xosdir. Ularda ishlatilgan shaql, ranglar mayin, fazoviy kenglik bo?linishlari aniq. Mahobatli moybo?yoq rassomligi ham K. interyerlarida keng ishlatilgan. Unda rassomlar istiqbolning illyuzion imkoniyatlaridan unumli foydalanganlar. Bu rasmlar bino umumiy g?oyaviy-estetik mazmuniga hamohang bo?lib, K. me?morligiga xos ulug?vorlik va salobatlilik tomonlarini yanada bo?rttirishga xizmat qildi. Shaharsozlik Uyg?onish davri va barokkoga xos xususiyatlarga tayangan holda rivojlanib shakllandi. "Ideal shahar" yo?riqnomasi ishlandi (Versal), 18-asrning 2-yarmida planlashtirishning yangi uslubi shakllandi. Shahar qurilishida binolarni tabiat bilan uyg?unlashtirishni ta?minlash, keng ochiq maydonlar tashkil etish, ularni kucha va daryo (anhor) yoqalari bo?ylab qo?shib ishlash boshlandi. Shaqllarning maqsadga muvofiqligi, ixcham bezaklarning nozikligi, tabiat bilan uyg?unligi 18?19-asr boshlarida "palladiochilar" ijodida o?z aksini topdi (shahar va shahardan tashqaridagi saroy-uylar va villalar).

O?zbekistonda K. belgilari 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida me?morlik san?atida V. Geynselman, A. Benua, G. Svarichevskiy qabilar ijodida (SharqVizantiya, Rim-Vizantiya shaqllari) qo?llanildi. Bino kapitelida ioni orderi o?rnida uslublashtirilgan paxta bezagi o?z ifodasini topdi. Ma?muriy binolar bosh tarzini qator ustunli baland va hashamatli qilib barpo qilishda qad. mumtoz uslub qo?llanilib, milliy me?morlik an?analari qo?shimcha qilingan.

Tasviriy san?atda K. barokkoga, 18-asrdan esa rokoko san?atiga qarshi kurashda rivojlandi. Tasvirlar uyg?un, jozibador, ulug?vor, tantanali bo?lishiga ahamiyat berilib, obrazlar hashamatli qiyofa va shaqllarda ifodalandi. Kartinalarda voqea ishtirokchilari birinchi plandagilar bilan (sahnadagidek) yonma-yon ko?rsatildi. Fransiyada K. 17-asr 1-yarmida to?la shakllandi (rassom N. Pussen va boshqalar), keyin Yevropa mamlakatlarida tarqaldi. 18-asr 2-yarmida, 19-asr boshlarida hukmron uslubga aylandi (Fransiyada rassom J. David, Germaniyada rassomlardan A. va V. Tishbeynlar, A. Mengo, haykaltarosh I. Shadov, Italiyada xaykaltarosh A. Kanova). 19-asr boshida AQSH va Lotin Amerikasida, Rossiyada 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida tarqaldi (hay-kaltarosh I. Prokofyev, I. Martos, rassomlar A. Losenko, A. Ivanov va boshqalar).

Haykaltaroshlik san?atida K. shaqllarning tugalligi, tinik, ishlanganligi, nursoya o?yinining nozikligi, chiziklarning musiqaviyligi va ritmi bilan ajralib turadi. Harakatning ko?rsatilishi har bir shaql tugalligi va haykal holatidagi vazminlikni bo?zmaydi.

Rangtasvir va grafikada ham K. o?z ko?rinishiga ega. Rangtasvirda shaqlning asosiy unsurlaridan chiziq va nursoya yetakchi o?rinni egallaydi.

K.ning so?nggi bosqichida rangtasvir monoxrom rang gammasiga o?ta boshlaydi. Grafikada esa asosiy sof (toza) va tiniq chiziklar asarning emotsional tomonini belgilovchi va asar g?oyasini yorituvchi vositaga aylandi. K. rangtasvirida buyum va obrazlar tasviri ixcham, harakter jihatidan spektr ranglariga yaqin. Bu ranglar kartina (asar)da tasvirlangan buyum va manzara planlarini aniq, ifodalaydi. Mas, manzara janrida birinchi plan issiq-jigarrang, o?rta plan yashil va orka plan moviy, ko?k ranglarda ifo-dalangan. Bu jixatdan asarlar sahna dekoratsiya (bezak)lariga yaqinlashadi.

O?zbekistonda K.ning so?nggi ko?rinishi ? akademizm yo?nalishi ko?proq S. Yudin, R. Zommer, I. Karnovlarning syujetli kompozitsiyalarida o?z ifodasini topdi.

Teatr san?atida K.ning yuzaga kelishi fransuz aktyorlari G. Mondori va J. Floridor faoliyati bilan bog?liq. J. Rasin davrida shogirdlari T. Dyupark va M. Shanmele ijodida uslub sifatida poyoniga yetdi. Ayniqsa, Fransiya teatridagi K.ning yaqqol ko?rinishi E. Rashel ijodida namoyon bo?ldi. K. spektakllarida tarixiy aniqlik yetishmagan, zamonaviy qahramonlar antik dunyo kahramonlari qiyofasida talqin qilingan. Spektakllar umumiy tantanavorligi, qat?iy shaklga egaligi va mizansahnalar tuzilish jihatdan simmetriyaga asoslanganligi bilan ajralib turgan.

K.dagi demokratik, realistik yo?nalishlar J. Molyerning sahnaviy islohotida, aktyorlar M. Baron va A. Lekuvryor ijodida, konservativ yo?nalishlar saroy teatrida namoyon bo?ldi. 18-asr 2-yarmida K.dagi progressiv yo?nalish burjua ma?rifatparvarligi goyalari bilan uzviy bog?langan. K. Neyber (Germaniya), T. Betterton va J. Kembl (Angliya) kabi artistlar ham K.ning yirik vakillaridir. Fransuz burjua rev-yasi davri (1789?94) da F. Talma rahbarligida ilg?or teatr arboblari K.ning grajdanlik tendensiyalarini revolyusion ? qahramonlik darajasiga ko?tardi. Keyinchalik K. san?atida revolyusion mazmun yo?qolib, sahna o?yini ritorik formal xususiyatga ega bo?ldi. E. Rashel ijodi fransuz teatridagi K. ning yorqin ko?rinishi edi. 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida K.ning estetik normalari "Komedi Fransez" teatrida J. Mune-Syulli, Sara Bernar kabi aktyorlar ijrosida o?z aksini topdi.

18-asrning 30?50-yillarida Rus K.i G?arbiy Yevropa K.ining asosiy xususiyatlarini saqlab qoldi, unda ma?rifatparvarlik g?oyalari, norozilik mavzulari, kamchiliklarni hajv qilish keng o?rin egalladi.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Russkaya literatura XVIII v. Epoxa klassitsizma (Klassitsizm), M. ? L., 1964; Vipper Yu. B., Formirovaniye klassitsizma vo fransuzskoy poezii nachala 17 v., M., 1967; Renessans, Barokko, Klassitsizm. Problema stiley v zapadnoyevropeyskom iskusstve 15?17 vekov, M., 1968; Vseobshaya istoriya arxitekturi v 12 tomax, t. 7, M., 1969; Rotenberg Ye. I., Zapadnoyevropeyskoye iskusstvo 17 veka, M., 1971 (Pamyatniki mirovogo iskusstva, vip. 4, 1-ya seriya). [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil