한국   대만   중국   일본 
Kiribati - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Kiribati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kiribati Respublikasi
Shior Te mauri, te raoi ao te tabomoa
(Kiribati: Health, Peace and Prosperity)
Madhiya :   Teirake kaini Kiribati
(Stand Kiribati)
Location of Kiribati
Poytaxt Tarava
Hukumat Prezidentlik Respublika
Anote Tong
Mustaqillik ( Birlashgan Qirolligidan )
? Sana
12-iyul 1979
Maydon
? Butun
811 km 2 ( 186-o?rin )
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
103,092 ( 196-o?rin )
Zichlik 127/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 79 mil. ( 221-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 766
Pul birligi AAQShtralian Dollar ( AUD )
Qisqartma KR
Telefon prefiksi 686
Internet domeni .ki

Kiribati , Kiribati Respublikasi (Republic of Kiribati) ? Tinch okeanning g?arbiy qismida, Gilbert, Feniks, Layn orollari va Banaba orolda joylashgan davlat. Maydoni 810,6 km². Aholisi 94,149 ming kishi (2001). Ma?muriyhududiy jixatdan 6 okrugga bo?linadi. Poytaxti ? Bairiki shahri.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kiribati ? respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo?stlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1979-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig?i prezident (1994-yil oktabrdan Teburaro Tito). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis palatasi (parlament) amalga oshiradi. Parlament deputatlari aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Orollar marjonlardan hosil bo?lgan. Iqlimi ? ekvatorial, issiq va sernam. Ba?zi janubiy orollarda qurg?oqchilik ham bo?lib turadi. O?rtacha oylik temperatura 24°?31°. Tabiiy o?simliklari ? asosan, butalar.

Aholisining aksariyati, asosan, mikroneziyalik kiribatilar (96%); tuvaluanlar, banabanlar ham yashaydi. Rasmiy tili ? ingliz tili, birok, barcha aholi to?ngaru (kiribati) tilida so?zlashadi. Dindorlar ? xristianlar.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kiribati hududi (Gilbert orollari)ni ispanlar 1606-yilda o?zlashtira boshlagan. 18-asrning 60?80-yillarida orollarni inglizlardan D. Bayron, D. Gilbert va D. Marshall tadqiq qildi. Rus den-gizchisi A. Kruzenshtern orollarga Gilbert nomini berdi (inglizcha Gilbert nomini mikronezlar Kiribati tarzida talaffuz qiladilar). 1892?1915-yillarda Kiribati Tuvalu (Ellis orollari) bilan birga Buyuk Britaniya protektorata, so?ngra mustamlakasi bo?lgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Yaponiya bosib oldi (1941?43 yillarda). Urushdan keyin yana inglizlar hukmronligi tiklandi. Aholining siyosiy huquklar va mustaqillik yo?lidagi ko?rashi Britaniya ma?murlarini Kiribati mustamlaka boshqaruvi tizimini bir necha bor isloh qilishga majbur etdi. 1972 i.ga qadar orollar G?arbiy Okeaniyadagi ingliz oliy komissari (rezident-komissar) tomonidan boshqarildi, so?ngra mustamlaka gubernatori lavozimi joriy etildi. 1975-yilda Ellis orollari Kiribatidan ajralib chikdi. 1977-yil 1-yanvarda Kiribatiga ichki o?zo?zini boshqarish xuquqi berildi. 1979-yil 12-iyulda mustaqillik e?lon qilindi. Kiribati 1999-yildan BMT a?zosi. Milliy bayrami ? 12-iyul ? Mustaqillik kuni (1979).

Siyosiy partiyasi va kasaba uyushmasi. Milliy taraqqiyparvar partiya. Kiribati Kasaba uyushmalari kongressi, 1982 i. tashkil etilgan va 12 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

Iqtisodiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iqtisodiyotining asosi ? qishloq xo?jaligi. Kokos palmasi, taro, banan, non daraxti o?sadi. Meva va sabzavot yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan. Sanoati mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat; ular kokos yog?i, mebel, esdalik sovg?alari ishlab chiqaradi, balik, to?zlaydi. Orollarga yiliga 1,5 ming sayyoh kelib ketadi. Ta-rava atollida dengiz porti bor. Avtomobil yo?llari o?z. ? 640 km (Taravada). Eksport tushumlarining 75% kopra (kokos yong?og?ining mag?zi) sotishdan olinadi. Chetdan oziqovqat, yoqilg?i, sanoat mollari, transport vositalari sotib olinadi. Savdosotiqdagi asosiy mijozlari: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya. Pul birligi ? avstraliya dollari. Taravada texnologiya instituti, ped. kolleji va dengizchilik maktabi bor. Ingliz va kiribati tillarida "Te Uyekera" haftalik gaz. va mahalliy tilda "Te Iton ni Kiribati" hamda "Te Kaotan te Ota" oynomalari nashr etiladi. Kiribati radiosi (1954-yildan) va televideniyesi mavjud. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil