한국   대만   중국   일본 
Kioto - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Kioto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kioto ( yaponcha : 京都 , Ky?to ) ? Yaponiyadagi shahar. Xonsyu orolida, Kioto prefekturasining ma?muriy markazi. Aholisi 1 464 890 kishi ( 2020 ). Kioto 792?794-yillarda qurilgan va 1192-yilgacha Xeyan deb atalgan. 1868-yilgacha mamlakatning rasmiy poytaxti va yapon imperatorlarining qarorgohi, muhim savdo shahri bo?lgan. Kioto ? transport yo?llari tuguni. Kema qatnaydigan kanal orqali Biva ko?li bilan bog?langan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, madaniy, tarixiy va diniy markazi. Mashinasozlik (asosan, elektr mashinasozligi va qishloq xo?jaligi mashinalari ishlab chiqarish) va rangli metallurgiya sanoati rivojlangan. To?qimachilik (tabiiy va sun?iy ipakdan shoyi to?qish), tikuvchilik, elektrotexnika, oziq-ovqat, oyna-keramika sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda shoyi to?qish, chinni va bronzadan badiiy buyumlar, diniy marosim ashyolari tayyorlashning qad. markazi. Yaponlarning kad. budda ibodatxonalari, muqaddas joylar, saroylar, bog? ko?p. Kiotoda Yaponiyadagi 2 ta eng qadimgi universitet, tibbiyot akademiyasi, amaliy san?at o?quv yurti, kutubxonalar, muzeylar, botaniqa bog?i bor. Xalqaro turizm markazlaridan. Me?moriy yodgorliklardan Todzi ibodatxonasi (8?17-asrlar), Sayxodzi (14-asr), Tenryudzi (14-asr), Ryoandzi (15-asr) monastirlari, imperator saroyi majmuasi (1799-yilda qayta tiklangan) va boshqa saqlangan. Ular me?morlikdagi yangi yo?nalish asosida o?ziga xos milliy uslubda, ichki bezagida yog?och o?ymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikdan foydalanib barpo etilgan. Zamonaviy inshootlardan ?Kioto kaykan“ shahar madaniyat markazi, xalqaro majlislar zali va boshqa qurilgan. Kioto yaqinida Uidzida Feniks ibodatxonasi joylashgan. [1]

Demografiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholining o?sishi
Yil Aholi ±%
1873 238 663 ?    
1889 279 165 +17.0%
1900 371 600 +33.1%
1910 470 033 +26.5%
1920 736 462 +56.7%
1925 860 878 +16.9%
1930 987 777 +14.7%
1935 1 117 439 +13.1%
1940 1 127 870 +0.9%
1945 1 041 700 ?7.6%
1950 1 130 185 +8.5%
1955 1 229 808 +8.8%
1960 1 295 012 +5.3%
1965 1 374 159 +6.1%
1970 1 427 376 +3.9%
1975 1 468 833 +2.9%
1980 1 473 065 +0.3%
1985 1 486 402 +0.9%
1990 1 461 103 ?1.7%
1995 1 470 902 +0.7%
2000 1 467 785 ?0.2%
2005 1 474 811 +0.5%
2010 1 474 015 ?0.1%
2015 1 475 183 +0.1%
2020 1 464 890 ?0.7%
Manba: [2] [3]

Galereya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. ?人口?世?の時系列デ?タ (XLSX)“ . City of Kyoto. 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2018-yil 15-aprel.
  3. Japanese Imperial Commission . Le Japon a l'exposition universelle de 1878. Geographie et histoire du Japon (fr), 1878 — 16 bet.