Kino sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kino sanoati ? filmdan nusxa ko?paytirish, kinovideokassetalar, kino ishlash uchun asbob-uskunalar, jihozlar ishlab chiqaruvchi, kinotexnika sanoati bilan shug?ullanuvchi soha. Boshqa sanoat tarmoqlaridan farqli o?laroq Kino sanoatining pirovard mahsuli kino va videofilmdir. O?zbekistonda kinovideofilmlar ishlab chiqarish bilan "O?zbekfilm" va O?zbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasi (SDF), Respublika "Videomarkaz" ishlab chiqarish ijodiy birlashmasi, "Dostonfilm", "Vatan", "Inson", "Imon", "Shod" studiyalari, Eksperimental yoshlar ijodiy birlashmasi, "5-studiya", "O?zbektelefilm" studiyasi va boshqa har xil egalik shaklida faoliyat ko?rsatayotgan studiyalar shug?ullanadi. O?zbekiston Kino sanoati tarkibiy qismiga "Ishonch-M" ("O?zbekkinodetal" zavodi) ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, "O?zbekkinota?minot" firmasi, kinoteatrlar, joylardagi ta?mirlash-ishlab chiqarish korxonalari, "O?zbekkinovideoijara" korxonasi va uning joylardagi bo?limlari kiradi. Boshqa sanoat korxonalari kabi ular ham ishlab chiqarish uchun kerak bo?lgan barcha vositalarga ega: bino, turli qurilish inshootlari, asbob-uskunalar, jihozlar, transport vositalari, energetik resurslar, aylanma mablag?lar (xom ashyo, materiallar, pul) va boshqa

Anvar Yoqubxo?jayev. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil