한국   대만   중국   일본 
Katta teatr (teatr) - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Katta teatr (teatr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Katta teatr , Rossiya davlat akademik katta teatri ?opera va balet san?ati sohasidagi Rossiyaning yetakchi teatri, jahon musiqali teatri madaniyatining yirik markazlaridan. 1776 y. Moskvada tashkil topgan. 1806 yildan davlat teatri, 1919 yildan "akademik teatr". K. t. tarixi rus musiqali teatrining rivojlanishi, rus opera va balet ijrochiligi san?atida milliy an?analarning karor topishi bilan uzviy bogliq. Dastlab ilk rus operalari (V. Pashkevich va b.) hamda Fapbiy Yevropa kompozitorlari (J. Pergolezi va b.)ning mashhur asarlari qo?yilgan. K.t. rivoji va vokal-sahna san?ati badiiy-realistik omillarining shakllanishida, ayniqsa M. Glinka va A. Dargomijskiy, keyinchalik, M. Musorgskiy, N. Rimskiy-Korsakov, A. Borodinlarning operalari tarixiy bosqich bo?ldi. P. Chaykovskiyning opera va baletlari ijrochilik madaniyati rivojida ulkan ahamiyat kasb etdi. G. Ulanova, M. Plisetskaya, Ye. Maksimova, V. Vasilyev, M. Liyepa kabi balet ijrochilarining san?ati K.t.ga katta shuhrat keltirgan. Opera xonandalik san?atiga N. Obuxova, I. Kozlovskiy, S. Lemeshev, I. Arxipova, Ye. Obrazsova, V. Atlantov, 3. Sotkilava va b. katta hissa qo?shgan.

K.t. ijodiy hayotining ayrim bosqichlari o?zbek opera va balet san?ati rivoji bilan bog?liq. Jumladan, 20-y.lardayok, A. Nejdanova, L. Sobinov, A. Pirogov singari mashhur yakkaxonlar Toshkentda gastrolda bo?lgan. Keyinchalik A. Baturin, P. Lisitsian, A. Krivchenya va b. xonandalar, R. Struchova, M. Plisetskaya, N. Pavlova, M.Liyepa kabi solistlari Navoiy nomidagi opera va balet teatri spektakllarida bosh rollarda chiqishgan. 1968 y. K.t. ijodkorlari O?zbekistonda gastrolda bo?lgan. Bundan tashqari M. Plisetskaya, N. Rijenko, V. Smirnov-Golovanov va rassom V. Levental Toshkentda R. Shchedrinning " Anna Karenina " va Yu. Papko U. Musayevning "Afsonalar vodiysi" (1977) baletlarini sahnalashtirishgan.

K.t. sahnasida 1926 yilda M. Qoriyoqubov boshchiligidagi O?zbek konsert-etnografik ansambli konsertlar bergan, Navoiy nomidagi opera va balet teatri bir necha bor (1937, 1950, 1959, 1964, 1973, 1981, 1983, 1986 yillari) o?z repertuaridagi spektakllarni namoyish etgan. K.t. truppasi U. Musayevning "Hind dostoni" baletini sahnalashtirgan (1981).

K.t. binosi 1821?24 yillarda (me?mor O. Bove, V. Mixaylov loyihasi bo?yicha) qurilgan, 1853 yilda unga o?t tushib, 1856 yilda qayta tiklangan (me?mor A. Kavos); besh yarusli tomosha zali 2150 o?rinli, akustik jihatdan niqoyatda sifatli, 1961 yildan K.t. spektakllari parallel ravishda Kreml s?yezdlar saroyida ham qo?yilmokda. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil