한국   대만   중국   일본 
Kara dengizi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Kara dengizi

Koordinatalari : 77°N 77°E  /  77°N 77°E  / 77; 77
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kara dengizning joylashuvi koʻrsatilgan xarita.
Kara dengizning joylashuvi ko?rsatilgan xarita.
Joylashuvi Shimoliy Muz okeani
Koordinatalari 77°N 77°E  /  77°N 77°E  / 77; 77
Okean tipi dengiz
Havzaga aloqador o?lkalar Rossiya
Yuzasi 926,000 km 2 (358,000 kv mi)
O?rtacha chuqurligi 131 m (430 ft)
Suv hajmi 121,000 km 3 (98 × 10 ^ 9  acre?ft)
Manbalar [1]

Kara dengizi ( o?zbekcha : Kara Sea ; ruscha : Ка?рское мо?ре , Karskoye more ) ? Shimoliy Muz okeani havzasida joylashgan chekka dengiz. Novaya Zemlya , Frans Iosif Yeri orallari va Severnaya Zemlya arxipelagi oralig?ida joylashgan. Maydoni 926,000 km 2 (358,000 kv mi) (orollari bilan 893 ming km 2 ).

Tavsifi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kara dengizi, asosan, shelf zonasida joylashgan. Dengizning o?rtacha chhuqurligi 30-100 m, maksimal chuqurligi esa 600m ni tashkil etadi, suv hajmi 112 ming km 3 ga teng. Uzunligi (janubiy-g?arbdan shimoliy-sharqqa tomon) 1500 km ni, eni (shimoliy qismida) 800 km ni tashkil etadi. Dengizda orollar ko?p. Yirik qo?ltiqlari Ob va Yenisey. Dengizga Taymir, Pyasina , Yenisey , Ob , Kara daryolarining suvi quyiladi. Dengiz unga quyiluvchi Kara daryosining nomini olgan.

Iqlimi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Dengizda arktika iqlimi hukmronlik qiladi. Qishi davomli, sovuq, yozi qisqa, salqin kechadi. Yanvarning o?rtacha harorati ? 20°, ? 30°, iyulniki esa ?6 dan 5° gacha bo?lishi kuzatilgan. Qishda kuchli shamol va bo?ronlar, yozda esa tez-tez tumanli holatlar bo?lib, iyulda ham sovuq kunlar 6 kundan 20 kungacha davom etadi. Dengiz yilning ko?p qismida muz bilan qoplanib yotadi. Havo temperaturasi dengizning shimoliy qismida 9?10 oy, janubida 7?8 oy davomida 0°dan past bo?ladi. Yiliga 3?4 oy qutb tuni, 2?3 oy qutb kuni bo?ladi.

Hayvonot olami [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Dengiz hududi va uning atrofidagi odamlar har xil baliqlar ( treska , muksun , nelma ) va dengiz hayvonlarini ( nerpa , beluxa , dengiz quyoni , oq ayiq ) ovlab kun kechiradi. Asosiy porti ? Dikson. Dengiz kemalari Yenisey daryosiga Dudinka va Igarka portlarigacha kira oladi [2]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Stein, R. . Arctic Ocean Sediments: Processes, Proxies, and Paleoenvironment . Elsevier, 2008 — 37 bet. ISBN  9780080558851 .  
  2. "Kara dengizi" O?zME . K-harfi ( Wayback Machine saytida 2020-06-09 sanasida arxivlangan ) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil