Kanberra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kanberra ? Avstraliya Ittifoqi poytaxti. Shahar atrofi bilan alohida ma?muriy birlik ? Avstraliya poytaxt hududini tashkil etadi. Mamlakatning jan.-sharqiy qismida, Berli-Griffin ko?li sohilida joylashgan. Iqlimi subtropik kontinental iqlim. Iyulning o?rtacha temperaturasi 5,9°, yanvar niki 20,7°. O?rtacha yillik yog?in 620 mm. Aholisi 340 ming kishi (2007).

Mamlakatning muhim ma?muriy, madaniy va ilmiy markazi. 1927 yildan parlament va hukumat qarorgohi. Avtomobil yo?llari va avia aloqalar tuguni, temir yo?l stansiyasi. K.da hukumat idoralari, milliy va chet el monopoliyasi va savdo firmalari vakolatxonalari joylashgan. Oziq-ovqat, yengil, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Iqtisodida turizm muhim o?rin egallaydi. Avstraliya milliy universiteti, tex. kolleji, o?rmonchilik akademiyasi, Avstraliya FA, Milliy kutubxona, konservatoriya bor. K. yaqinidagi Maunt-Stromlo tog?ida yirik astronomiya rasadxonasi joylashgan. Shahar 1913 yildan amerikalik me?mor ? U. B. Griffin rejasi bo?yicha poytaxt shahar sifatida qurila boshlagan. Parlament uyi (1927), Milliy universitet (1952) va b. turli me?moriy binolar (1975) zamonaviy uslubda qurilgan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil