한국   대만   중국   일본 
Kalimantan - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Kalimantan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kalimantan
Geografiya
Maydoni 748 168 km 2
Dengiz sathidan balandligi 4095 va 113 m.
Eng baland nuqtasi Kinabalu
Ma'muriyat
Davlat Indoneziya , Malayziya va Bruney Darussalam
Demografiya
Aholisi 18 590 000
Qo'shimcha ma'lumot

Kalimantan ( indonezcha : Kalimantan ) yoki Borneo ( malaycha : Borneo ) - Malay arxipelagidagi eng yirik orol , Katta Zond orollari tarkibida. Maydon 734 ming km 2 (kattaligi jihatidan Yer yuzida Grenlandiyadan keyin 2-o?rinda). Aholisi 10 mln.dan ziyod. Kalimantan hududining katta qismi Indoneziya tarkibida, shim. va shim.-g?arbiy qismi Malayziya va Bruney davlatlari hududi.

Kalimantan sohilining katta qismi botqoqlashgan pasttekislik, qirg?oq chizig?i tekis. Markaziy qismi bal. 2000?3500 m li palaxsa tog?lardan iborat. Kalimantan shimolidagi Kinabalu tog?i (4101 m) ? orolning eng baland joyi. Tog?lar, asosan, granit , gneys , kristalli slanetslardan iborat. Neft , gaz , toshko?mir , temir , marganets , xrom , mis va boshqalar ruda konlari bor. Iqlimi ekvatorial iqlim. Tekisliklarda temperatura 25?27°. Yillik yog?in 2000?3500 mm. Daryo ko?p. Yirik daryolarining quyi qismida kema qatnaydi. Tuprog?i podzollashgan laterit tuproq. Kalimantan hududining 75% i o?rmon . Tekisliklar nam tropik o?rmonlar ( palma , bambuk , fikus ), yon bag?irlar dub va igna bargli o?rmonlar, tog? tepalari butazor va yaylovlardan iborat. Hayvonlardan fil , maymunlar , ayiq , karkidon bor. Qushlarning 600 ga yaqin turi yashaydi. Aholi kokos palmasi , sholi yetishtiradi. Baliq ovlanadi . Bir nechta milliy parklar mavjud. Yirik shaharlari ? Pontianak, Banjarmasin , Samarinda , Kuching , Bandar-Seri-Begavan .

Kalimantanning tub joy aholisi turli qabilalardan tashkil topgan, ular ko?pincha dayaklar degan umumiy nom bilan ataladi. Kalimantan sohilidagi knyazliklar 13-asrdan Java hokimlariga karam bo?lgan. Yevropaliklar orolga 17-asrdan kela boshlagan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil