한국   대만   중국   일본 
Kaliforniy - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Kaliforniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaliforniy (Californium), Cf - Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub sun?iy radioaktiv kimyoviy element. AQSH Kaliforniy universiteti va shtati nomiga qo?yilgan. Tartib raqami 98; aktinoidlarga kiradi, Kaliforniyni 1950-yilda amerikalik olimlar Kaliforniy Tompson, Kaliforniy Strit, Kaliforniy Giorso va Kaliforniy Siborglar olgan. Barkaror izotoplari yo?q. Ular o?ta og?ir, uglerod , azot va kislorod atomlari bilan yadro reaktorlarida sintez qilingan. Massa soni 240?256 ga teng bo?lgan 17 izotopi ma?lum: 244Cf (T1/2=25 soat), 245Cf (T =45 soat), 246Cf(T =35,7 soat), 248Cf(Tl/2=250 kun) va b., yarim parchalanish davri ko?proq bo?lgan izotoplari: 249Cf(T =352-yil), 251Cf(T|/2=900-yil) va 252Cf(T|/2=264-yil). Kaliforniyning oksidlanish darajasi +2, +3, turg?unrog?iniki +4; Poling bo?yicha elektr manfiyligi 1,2.

Kaliforniy o?ta uchuvchan metall. Ikki shakl o?zgarishiga ega; 600° dan past temperaturada geksogonal panjarali turg?un a-shaklda bo?lib, 600?725°da kubsМVimon panjarali turg?un shaklga o?tadi. Suyuqlanish temperaturasi 900°, qaynash temperaturasi 1227°. Kimyoviy xossalariga ko?ra, Kaliforniy lantanoidlarga uxshaydi. 1450° da vodorod oqimida qizdirilganda kubsimon monoklin Cf2O3 shaklga o?tadi.

Yadro reaktorlarida Pu, Am yoki Cm larni uzok, muddat kuchli neytronlar bilan nurlash natijasida Kaliforniy izotoplari olinadi. Kaliforniyning massa soni 249?254 bulgan aralashmasida, odatda, 60?90% gacha 252Cf buladi. Termoyadroviy portlash natijasida hosil qilingan Kaliforniy 25lCf va 252Cf izotoplariga anchagina boy. Eski 249Vg preparatidan o?ta sof 249Cf ajratib olinadi. Kaliforniyning yengil (neytroni kamchil) izotoplarini, odatda, a-zarrachalar bilan nurlantirib yoki og?ir ionlar yadro reaksiyalarida, mas, Th, ionini kislorod yoki uran bilan bombardimon qilib olinadi. Kaliforniy izotoplarini ekstraksiya, ion almashinuv va ekstraksiya-xromatografiya usullari bilan ajratib olinadi. Kaliforniy metali uning oksidlari yoki lantanoidlarini litiy ftorid bilan qaytarib olinadi. 1g Kaliforniy olish uchun 10 kg 239Ri sarflanadi. 252Cf aktivatsion analizda, defektoskopiya, neytron karetajida, neft qidirishda, tibbiyotda va b. sohalarda qo?llaniladi. Kaliforniy va uning birikmalari o?ga zaharli. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil