한국   대만   중국   일본 
Julius Caesar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Julius Caesar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Julius Caesar
Rim respublikasining diktatori
Hukmronligining boshlanishi: oktabr, mil. avv. 49-yil
Hukmronligining tugashi: 15-mart , mil. avv. 44-yil
O?tmishdosh: yo?q
Tug?ilgan sanasi: mil. avv. 102-yil yoki mil. avv. 100-yil
Tug?ilgan joyi: Rim
Vafot sanasi: 15-mart , mil. avv. 44-yil
Vafot joyi: Rim
Turmush o?rtog?i: 1. Cornelia Cinna minor
(mil. avv. 83-yil - mil. avv. 69-yil)
2. Pompeia Sulla
(mil. avv. 68-yil - mil. avv. 62-yil)
3. Calpurnia Pisonis
(mil. avv. 59-yil - mil. avv. 44-yil)
Otasi: Gaius Julius Caesar

Gaius Julius Caesar ( lotincha : Imperator Gaius Iulius Caesar  ? Imperator Gay Yuliy Sezar (Gayus Yulius Qaysar) ) (mil. avv. 102 yoki 100-yil ? 15-mart mil. avv. 44-yil) ? Rim diktatori (49, 48? 46, 45; 44 yildan umrbod), sarkarda , yozuvchi . Siyosiy faoliyatini demokratik guruh tarafdori sifatida boshlab, harbiy tribun (73), edil (65), pretor (62) lavozimlarida bo?lgan. Konsullikka intilib, 60-yili Pompey va Krass bilan ittifoq tuzgan (1- triumvirat ). Konsul (59), so?ngra Galliya noibi ; 58?51-yillarda butun Alporti Galliyasini Rimga bo?ysundirgan. Krass vafotidan keyin 48 yil armiyaga tayanib, yakka hokimlik uchun kurash boshlagan. Pompey va uning tarafdorlarini 49?45-yillarda tormor qilib, hokimiyat tepasiga chiqqan. O?z qo?lida respublikaning eng muhim lavozimlarini ( diktator , konsul va boshqalar) jamlab, amalda rasmiy monarx bo?lgan. Respublikachilar fitnasi natijasida o?ldirilgan. ?Galliya urushi haqida xotiralar“ va ?Fuqarolar urushi haqida xotiralar“ asarlari muallifi ; taqvimni isloh qilgan ( Yuliy taqvimii ).

Kirish [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Galliya ustidan g?alaba qozonib, Sezar Rim mamlakatini shimoliy Atlantika sohillarigacha kengaytiradi va Fransiyani Rim ta?siri ostiga o?tkazadi, shuningdek, u Britan orollariga bostirib kiradi. Sezarning faoliyati G?arbiy Yevropaning madaniy va siyosiy qiyofasini butunlay o?zgartirib yuboradi va yevropaliklarning keyingi bir necha avlodlari hayotida o?chmas iz qoldiradi.

Gay Yuliy Sezar zo?r harbiy strateg va taktik bo?lib, fuqarolar urushida g?alaba qozonadi va Pax Romananing yagona hukmdoriga aylanadi. Gney Pompey bilan bir qatorda Rim jamiyati va davlati islohotlarini boshlaydi, bu uning vafotidan keyin (mill.avv.44-yil) Rim imperiyasining barpo bo?lishiga olib keladi. Sezar respublika boshqaruvini markazlashtirmoqchi bo?ladi. Yovuz tillar aytishardiki, u podshoh hukmronligiga intilardi, ammo Sezar dastlabki yetti podshohning yomon xotirasini eslab (ularni deb rimliklar monarxiyani chiqishtirmas edilar), boshqa yo?l bilan boradi: umrbod diktator bo?lib qoladi. U o?zini shunchaki ? Sezar deb atashlarini xohlardi. Uning o?ldirilishi fuqarolar urushi qaytadan boshlanishiga, Rim Respublikasiga yakun yasalishiga va u tomonidan asrab olingan Oktavian Avgust boshqaradigan imperiyaning tug?ilishiga olib keldi. Keyinroq ko?pgina monarhlar o?zlarini afsonaviy Sezar bilan bog?lamoqchi bo?ladilar. Shu yo?l bilan nemischa : Kaiser ( ?kayzer“ ) va ruscha tsar so?zlari kelib chiqqan.

Oilasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gay Yuliy Sezar Rimda , Yuliylar sulolasidan bo?lgan patritsiylar oilasida tavallud topgan.

Sezar otasini o?n olti yoshida yo?qotadi; onasi bilan esa uning vafotiga qadar, miloddan avvalgi 54-yilgacha yaqin aloqada bo?ladi.