한국   대만   중국   일본 
Jodugarning jiyani - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Jodugarning jiyani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jodugarning jiyani
Asl nomi The Magician's Nephew
Muallif(lar) Buyuk Britaniya bayrogʻi C. S. Lewis
Bezovchi(lar) Pauline Baynes
Til inglizcha
Qismlar Narniya yilnomalari
Janr(lar)i Fantasy ,
Bolalar adabiyoti
Nashriyot The Bodley Head
O?zbek tilida nashr etilgan sanasi 1955
Sahifalar soni 201
Avvalgisi Ot va bolakay
Keyingisi So?nggi jang

Jodugarning jiyani ? C. S. Lewis tomonidan yozilgan bolalar fantasy asari. Narniya yilnomalari seriyasida oltinchi, ammo xronologiya bo?yicha birinchi kitob. Kilmerlar oilasiga bag?ishlangan.

Qisqacha mazmuni [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Diqqat ! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Polly Plummer Londonda , Digory Kirke ko?chib kelgan uyning yonida yashaydi. Digoryning onasi kasalmand, shuning uchun u birmuncha g?ayrioddiy amakisinikida yashashga majbur. U nega amakisining ishlaydigan xonasiga kirish mumkin emasligini tushunmaydi, bir kuni esa Polly bilan birga o?sha yerga kirib qolishadi. Uning amakisi Andrew ishi yurishmaydigan jodugar bo?lib chiqadi, ammo u qiziqarli kashfiyot qiladi ? ularga tekkan istalgan insonni bizning olamimizdan boshqa yoqqa olib boruvchi sariq va yashil uzuklarni yaratadi. Uzuklar aynan qayerga olib borishini Andrew Ketterley bilmaydi. Shuning uchun u hiyla bilan Pollyga uzukni oldirtiradi, Digory esa o?zi bilan ikki juft uzuk olib uning ketidan borishga majbur bo?ladi.

Bolalar Olamlar-orasidagi-o?rmonga borib qolishadi, u yerda vaqt deyarli oqmaydi va inson o?zini anglay olmaydi. Olamlar-orasidagi-o?rmonda juda ko?p ko?llar bo?ladi, har bir ko?l xuddi bizning dunyoga o?xshash alohida olamga olib boradi. Qiziqish tufayli ular birinchi uchragan dunyoga yo?l oladilar, bu dunyoning nomi Charn bo?ladi. Charn ? yo shahar, yo dunyo ? deyarli bo?m-bo?sh, ammo qachonlardir unda hayot bo?lgan. Digory va Polly tasodifan yagona tirik inson ? shafqatsiz va qudratli Malika Jadisni topishadi. Vasvasaga tushgan Digory Polly bilan unga ko?pgina noxushliklar keltirishini bila turib, Jadisni uyg?otadi. Bolalar bilan birga jodugar 20-asr Londoniga tushib qoladi.

Aniq bo?ladiki, bu olamda Jadis sehrni ishlata olmaydi, ammo uning butun jismoniy kuchi saqlanib qoladi. Jadis va unga mahliyo bo?lgan Andrew amaki "shaharni talashga" otlanishadi. Bu vaqtda Polly va Digory uni bizni dunyodan Olamlar-orasidagi-o?rmonga qaytarish yo?llarini o?ylashadi. Shuning uchun ular uyga qaytganida bolalar pistirmada o?tirishgan bo?ladi. To?s-to?polonda Jadis va bolalar bilan birga Andrew amaki hamda tasodifan yonligida bo?lgan cabman va uning oti bizning dunyodan g?oyib bo?lishadi. Shunday qilib ular endigina yaratilayotgan yangi dunyoga tushib qolishadi. Dunyo qo?shiq bilan yaratiladi. Avval yer paydo bo?ladi, keyin osmon va yulduzlar, Quyosh va o?simliklar, undan so?ng gapiruvchi hayvonlar va ertak mavjudotlari yaratiladi. Bu qo?shiqni aytayotgan jonzot ko?rinadi ? bu qudratli va savlatli arslon bo?ladi. Qo?shiq jaranglayotgan mahal dunyo jonga kirib kengayadi, hatto Londondan Jadis olib kelgan fonar ustunining bo?lagidan Fonar ustuni o?sib chiqadi.

Aslan bolalar bilan muloqotga kirishib, Narniya haqida, "Odam Ato va Momo Havvoning o?g?li" jodugarni bu yerga olib kelgani sababli Narniyaga yovuzlik kirib kelganligi va shuning uchun ular yovuzlikka qarshi kurashishda yordam berishlari zarurligini aytib beradi. Buning uchun Aslan Polly va Digoryni shunday bir bog?ga yuboradiki, u yerdan olib kelingan olmadan Narniyani ko?pgina kulfatlardan himoya qila oladigan daraxt o?sib chiqadi. Bolalar qanotli otda yo?lga chiqqanlaridan so?ng, u Londonlik cabmanni Narniyaning qiroli etib saylaydi, uning ismi Narniya Qiroli Frank bo?ladi, so?ng Aslan bizning dunyodan cabmanning xotini Helenni chaqirib oladi va uni qirolicha qilib saylaydi.

Bu paytda Polly va Digory o?z maqsadlari: Abadiy Yoshlik Olmalari o?suvchi bog?ga yetib borishadi. Bu yerda Digoryni sinov kutadi: u o?zi uchun olmaga kelgan va uni yeb bo?lgan Jadisni uchratadi. Endi u Digoryni bir olmani o?zi uchun yoki kasalmand onasi uchun olishga undaydi.

Digory bu taklifni rad etadi. U Aslan uchun yagona olmani uzadi. Va shunday qilib ekilgan olmadan Jadisdan yana ko?p yuz yilliklar himoyalovchi daraxt o?sib chiqadi. Va shu daraxtdan bir olma Digoryga tuhfa etiladi.

Bolalar Angliyaga qaytishadi, Digoryning onasi tuzaladi. Olmadan qolgan po?choqdan boshqa daraxt o?sib chiqadi, albatta u Narniya daraxti singari o?ta mo?jizali emas edi. Ammo, keyinchalik daraxt qulaganidan so?ng Digory (u paytga kelib professor Kirke) undan kiyim javonini yasashga buyurtma beradi. Va bu javon ? endi boshqa to?rt bolakayni ? Narniyaga, yangi sarguzashtlarga olib boradi. Bularning hammasi yilnomalarning keyingi kitobi: " Arslon, Jodugar va Javon "da sodir bo?ladi.