Jinoyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jinoyat ? jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) . Muayyan qilmishni jinoyat deb hisoblash masalasi har bir davlatda o?zining ijtimoiy tuzumi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, urf-odatlari, an?analariga muvofiq xalqaro huquq me?yorlari e?tiborga olingan holda hal etiladi.

Qilmish jinoyat ekanligini aniqlash uchun quyidagi umumiy belgilar nazarga olinadi:

  1. qilmishning ijtimoiy xavfliligi ;
  2. aybning mavjudligi;
  3. jazoga sazovorligi.

Har qanday jinoiy qilmishda mazkur belgilarning barchasi birdaniga mavjud bo?lishi shart, ulardan biri mavjud bo?lmasa, qilmishni jinoyat emas, deb hisoblashga asos topiladi.

Turlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Jinoyatlar o?z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko?ra:

  • ijtimoiy xavfi katta bo?lmagan;
  • uncha og?ir bo?lmagan;
  • og?ir;
  • o?ta og?ir jinoyatlarga bo?linadi.

Jinoyatlar tajovuz ob?yektiga ko?ra, shaxsga qarshi jinoyat, iqtisodiyot sohasidagi jinoyat, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyat, davlat hokimiyatiga qarshi jinoyat, ekologiya sohasidagi jinoyat, harbiy xizmatni o?tash tartibiga qarshi jinoyat, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatga bo?linadi.

Aybning shakliga ko?ra esa qasddan sodir etilgan jinoyat va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatga bo?linadi.

Jinoiy javobgarlikdan ozod etuvchi holatlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shaxs o?z harakati yoki harakatsizligini va bundan kelib chiqadigan jinoiy oqibatni anglagan, o?z harakatlarini boshqara oladigan bo?lsagina qilmishi jinoyat hisoblanadi. Sub?yekt yoshiga yetmagan va aqli noraso shaxslar tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat sanalmaydi va ularga nisbatan jinoyat qonunida nazarda tutilgan majburlov choralarini qo?llash mumkin emas.

O?zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlarning quyidagi 6 turi belgilangan:

  1. kam ahamiyatli qilmishlar;
  2. zaruriy mudofaa ;
  3. oxirgi zarurat ;
  4. ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish;
  5. buyruq yoki boshqa vazifalarni ijro etish;
  6. kasb yoki xo?jalik faoliyati bilan bog?liq asosli tavakkalchilik (36?41-moddalar).

Mazkur harakatlar tufayli kelib chiqqan oqibatlar jinoiy oqibat hisoblanmaydi, qilmish ham jinoyat sanalmaydi.

Omillari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Alohida olingan muayyan bir jinoyat va umuman jinoyatchilik sodir etilishiga ta?sir ko?rsatuvchi ijtimoiy omillar, xodisalar, jarayonlar bo?ladi. Jinoyat sabablari o?rganilayotganda ana shular hisobga olinadi. Jumladan, birinchidan shaxsning o?zi, uning dunyoqarashi, qiziqishlari, jamiyat va davlatga, yon atrofidagi kishilar va oilaga munosabati, unda salbiy sifatlarning shakllanishi va kuchayishi; ikkinchidan ? shaxs tarbiyalangan, voyaga yetgan oilaviy va ijtimoiy muhit ; uchinchidan ? jinoyat sodir etilgan vaqtdagi sharoit, vaziyatga e?tibor beriladi.

Mamajon Usmonaliyev. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil