한국   대만   중국   일본 
Jibuti bayrog?i - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Jibuti bayrog?i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jibuti bayrog?i
Mamlakat Jibuti
Mutanosibligi 2:3
Qabul qilindi 27-iyun, 1977-yil (46 yil avval )  ( 1977-06-27 )

Jibuti milliy bayrog?i ( arabcha : ??? ?????? , fransuzcha : Drapeau de Djibouti ) teng qirrali oq rangli uchburchakka ega, havorang va och yashil rangdagi teng chiziqlarga ega gorizontal bayroq. Uchburchakning markazida qizil yulduz bor. [1] Bayroq Somali sohillarini ozod qilish fronti (Front de Liberation de la Cote des Somalis) bayrog?idagi asosiy tartib va ranglarni birlashtiradi. Havorang osmon va dengizni ramzi, shuningdek, och yashil Somali va Afarlar yerining abadiy yashilligi ramzi, uchburchakdagi oq rang esa tinchlik rangining ramzi va besh qirrali qizil yulduz birlikni, mustaqillik shahidlaridan to?kilgan qonni ifodalaydi, shuningdek, Jibuti Somali xalqi yashaydigan beshta mintaqadan biri hisoblanishini anglatadi.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tajura sultonligi bayrog?i Somalida fransuz hududi tashkil etilishidan oldin, bu hududda foydalanilgan yagona bayroq edi. [2] Keyinchalik Jibuti bayrog?i 1970-yilda yaratilgan. 1977-yilda qabul qilingan milliy bayroq Jibutini mustaqillikka olib kelgan partizan guruhi Jibuti Mustaqillik uchun Afrika Xalq Ligasi (Ligue Populaire Africaine pour l’Independance (LPAI)) bilan olib borgan Somali qirg?og?ini ozod qilish fronti bayrog?ining moslashuvi edi. [2] Jibuti bayrog?i birinchi marta mustaqillikka erishgandan so?ng 1977-yil 27-iyunda [2] politsiya boshlig?i Yacine Yabeh Galab tomonidan ko?tarilgan. Bugungi kunda u ko?plab davlat binolarida hilpiramoqda.

Xususiyatlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Jibuti bayrog?ida havorang (yuqori) va yashil rangli ikkita teng gorizontal chiziq mavjud bo?lib, bayroqni ko?taruvchi tomonida oq rangda teng yonli uchburchak mavjud. Uchburchakning markazida birlik va shahidlar qonini ifodalovchi qizil yulduz bor. Har bir rang o?ziga xos narsani anglatadi; ya?ni yerni (yashil), dengiz va osmonni (havorang), tinchlik (oq) va birlikni (qizil). [2] Havorang osmonni , yashil esa Yerning abadiy yashilligini anglatadi. Qizil yulduz birdamlik va shahidlarning qon to?kilishini anglatadi. [1] Bayroqning elementlari tufayli u Filippin milliy bayrog?iga o?xshaydi.

Rang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Eslatma: rasmiy standart yo?qligi sababli, quyida taxminiy ma?lumotlar keltirilgan.


(1977- yildan hozirgi kungacha)
Yorqin havorang Yashil Qizil Oq
Pantone 284c 354c 185c Oq
CMYK 59-11-0-0 77-0-100-0 0-86-63-0 0-0-0-0
RGB 106-178-231 18-173-43 239-51-64 255-255-255
Hexidemical o?n oltililik #6AB2E7 #12AD2B #D7141A #FFFFFF
Jibutida davlat bayrog?i hamma joyda mavjud.

Tarixiy bayroqlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Dengiz yaqinida Jibuti davlat bayrog?i hilpirayapti.

Quyidagilar hozirgi Jibuti hududida tarixan ishlatilgan bayroqlar:

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 Anjali Kamath . Flag Book . Popular Prakashan — 19 bet. ISBN  978-81-7991-512-7 .   Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Kamath" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 ?flag of Djibouti“ . Encyclopædia Britannica . Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Brittanica" defined multiple times with different content