한국   대만   중국   일본 
Sotsiologiya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Sotsiologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Jamiyatshunoslik dan yo?naltirildi)

Sotsiologiya ( lot. socius  ? jamiyat, yun. λ?γο?  ? bilim, ta?lim, tushuncha) ? bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar, shaxs va jamiyat munosabatlari to?g?risidagi fan. Sotsiologiya ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan empirik (tajribaga asoslangan) ma?lumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi.

Jamiyat hayotini tushuntirishga urinishlar antik davrda ( Platon , Aristotel va boshqalar) paydo bo?ldi, tarix falsafasida davom etdi. O?rta Osiyolik mutafakkirlar ( Forobiy , Ibn Sino , Beruniy ) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirilgan. Sotsiologik tasavvur va qarashlar XIX asrning 1-yarmida O. Kont , G. Spenser kabi olimlar ijodi natijasida fan darajasiga ko?tarildi va qariyb 200 yildan buyon rivojlanib kelmoqda.Sotsiologiyaning asoschisi fransuz mutaffakiri Ogyust Kont sotsiologiyani jamiyat haqidagi tajribaga asoslangan fan deb hisoblaydi.Turli davrlarda sotsiologiyaning mohiyati turlicha talqin etildi. Avvaliga u jamiyat haqidagi umumiy fan sifatida tushunilgan. Ayni vaqtda uning aniq ilmiy uslublarini nazarda tutgan holda ijtimoiy fizika deb ham izohlangan ( L. Ketle ). XIX asrgacha sotsiologiya falsafaning tarkibiy bir qismi bo?lib kelgan. Dastlab Yevropada taraqqiy etgan sotsiologiya G?arbiy Yevropa mamlakatlarida keng ijtimoiy muammolarni dalil va asosli ravishda qo?ya boshladi ( M. Veber , E. Dyurkheym , G. Zimmel (1858?1918), V. Pareto (1848?1923), P. Sorokin (1889?1968)). Shu ma?noda u mohiyatan makrosotsiologiya edi. Sotsiologiyaning Amerikadagi rivoji esa, odatda, ?kichik“ ijtimoiy hodisalarni o?rganuvchi mikrosotsiologiya tarzida yangi qirralarini namoyon etdi ( J. Dyui (1859?1952), Ya. Moreno (1892?1974), J. Xomans (1910), E. Meyo (1880?1949)). Keyinchalik sotsiologiyaning bu makro va mikro ko?rinishlari T. Parsons (1902?1979), R. Merton (1910)ning nazariy ishlarida va P. Lazersfeld (1901?1976)ning empirik tadqiqotlar uslubiyatida yagona tizimga keltirildi. Biroq sotsiologiyaning predmeti va ijtimoiy amaliyot uchun ahamiyati xususidagi bahslar haligacha davom etib kelyapti, yangi sotsiologiya yaratishga urinishlar to?xtamayapti.

Sotsiologiya o?z taraqqiyotining klassik davrida yaxlit bilimlar tizimi sifatida rivojlangan bo?lsa, keyin bu fanga turli oqimlar va yo?nalishlar kirib kela boshladi. Mexanistik nazariya tarafdorlari G. Ch. Keri (1798?1879), V. Ostvald (1853-1932), V. Pareto (1848?1923) sotsiologiyani ijtimoiy dunyo fizikasi deb hisoblashgan. Biologik nazariya, xususan, organik yo?nalish ( G. Spenser , L. Gumplovich ), shuningdek, ijtimoiy darvinizm vakillari ( Ch. Darvin va boshqalar) jamiyatni biologik dunyo qonuniyatlaridan kelib chiqib izohlashgan. Psixologik qarashlarda ( D. S. Mill (1806?1873), MakDugall ) jamiyat hayotidagi voqea va jarayonlar tahlil nazariyasi, instinkt nazariyasi asosida psixologik jihatdan tushuntirilgan. Xususan, Z. Freyd (jinsiy mayl), Ya. Moreno (jamiyatni individual-psixologik tushuntirish) qarashlari keyinchalik kollektiv-psixologik nazariyalarga olib keldi. Shu yo?nalishda ijtimoiy-psixologik, bixevioristik, simvolik interaksionizm, ijtimoiy harakatlar nazariyalari rivojlandi.

Hozirgi davrda funksionalizm zamonaviy g?arb sotsiologiyasining asosiy yo?nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo?nalish vakillari ( T. Parsons , R. Merton ) jamiyatning funksional birligi, uning dinamik muvozanati muammolariga asosiy e?tiborni qaratadi. Formal-sotsiologik yo?nalish F. Tennis (1855?1936), G. Zimmel , L. fon Vize (1876?1969) kabi sotsiologdar ijodi ta?sirida mustahkamlandi va rivojlandi. Bu yo?nalish vakillari ijtimoiy hodisalarning mazmunidan ham ko?ra ularning shakliga ko?proq e?tibor berilsa, bu sotsiologiya predmetiga mosroq bo?ladi, deb hisoblaydi.


O?zbekistonda ham sotsiologiya o?z tarixiga ega. U ijtimoiy borliq muammolari xususida asrlar davomida fikr yuritib kelgan ulamoyu shoirlar, mutafakkiru hukmdorlarning izlanishlarida o?z ifodasini topgan. Buyuk vatandoshlarimiz boshqa sohalar kabi sotsiologiyaning rivojlanishiga ham katta hissa qo?shdilar. Mukammal jamiyat g?oyasi, davlatni boshqarish, jamiyatda shaxsning o?rni va roli masalalari ular yaratgan turli janrlardagi asarlarga mavzu bo?lganligiga qaramay sotsiologiya fanini mustaqillikdan so?nggina lozim darajada rivojlantirish imkoniyati tug?ildi. O?zbekistonda keng ko?lamli nazariy-metodologik muammolarni qo?yish, ijtimoiy dunyoga tahliliy nazar bilan qarash ko?nikmalari hosil qilinmoqda. Sotsiologiya faniga oid kitob va risolalar, darslik va qo?llanmalar yaratish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Sotsiologik tafakkurni shakllantirish, uni ta?lim tizimida, boshqaruvda, ommaviy axborot vositalari va boshqa sohalarda kengroq qo?llashga harakat qilinmoqda. O?zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida ?Sotsiologiya va boshqaruv psixologiyasi“ kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Bir necha yillardan buyon ?Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini o?rganish markazi tomonidan sotsiologik so?rovlar o?tkazish tajribasi to?plandi. Bir nechta ilmiy muassasalar (O?zbekiston milliy universiteti, O?zbekiston Fanlar akademiyasi, viloyatlardagi universitetlar)da nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Turlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]