한국   대만   중국   일본 
Jahon taekvondo federasiyasi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Jahon taekvondo federasiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahon taekvondo federasiyasi ( inglizcha : World Taekwondo ) 1973 -yil 28-mayda tashkil etilgan bo‘lib, uning prezidenti Cho Chonvon sanaladi. 1973 -yil 25?27 may kunlari Seulda birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. VTF shtab-kvartirasi va bir paytda taekvondo markazi Seulning Yandondagi qiyalik tepasida joylashgan Kukkivon (Koreya) hisoblanadi. Kukkivon 1972 -yil 30-noyabrda ochilgan va 1974 -yil 7-iyulda hukumat organlari ro‘yxatidan o‘tgan. Kim Un Yon VTFning birinchi prezidenti bo‘ldi va 1980-yil 17-iyulda Butunjahon taekvondo federasiyasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan e’tirofga sazovor bo‘ldi. 2017 -yil 24-iyun sanasida Butunjahon taekvondo federasiyasi o‘z nomini World Taekwondo Federation dan World Taekwondo ga o‘zgartirdi [1] .

Mahorat darajalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gip ? shogirdlik darajasi

Dan ? mahorat darajasi

Attestasiya

Boshlang‘ich darajadagilar oq belbog‘dan (10-gip) boshlaydi, 9-gip, keyin 8-gip va 1-gipgacha davom etadi. Oq (10 gip) dan qizil belbog‘gacha (2 gip) attestasiya odatda har uch oyda bir marta o‘tkaziladi. Qora belgili qizil belbog‘ egasi (1 gip) 1-danni olishdan oldin kamida olti oy mashq qilishi kerak. Har bir inson 3,5-4 yil ichida 1-dan qora belbog‘ini olishi mumkin, bu qobiliyat, mashg‘ulot chastotasi va sinov-imtihonga bog‘liq.

Belbog‘ tizimi

  • 10 kip ? oq belbog‘
  • 9 kip ? sariq chiziqli oq belbog‘.
  • 8 kip ? sariq belbog‘.
  • 7 kip ? yashil chiziqli sariq belbog‘.
  • 6 kip ? yashil belbog‘.
  • 5 kip ? ko‘k chiziqli yashil belbog‘.
  • 4 kip ? ko‘k belbog‘.
  • 3 kip ? qizil chiziqli ko‘k belbog‘.
  • 2 kip ? qizil belbog‘.
  • 1 kip ? qora chiziqli qizil belbog‘.
  • 1 ta pum ? o‘smir bolalar qora belbog‘ining butun uzunligi bo‘ylab qizil va qora (18 yoshgacha),
  • 1-dan?  bitta oltin bezakli qora belbog‘
  • 2-dan ? ikkita oltin bezakli qora belbog‘ va hokazo 9-dan.

Usta darajalari

1-3 Dan ? instruktor yordamchisi

4-6 Dan ? Xalqaro instruktor

7-8 Dan ? Usta instruktor

9 Dan ? Grandmaster

9-dan faxriy hisoblanadi, u taekvondoni yuksaltirishdagi xizmatlari uchun beriladi. Bu yuksak darajaga Qozog‘iston, Rossiya, AQSH, Indoneziya, Gonduras, Ispaniya, Xorvatiya va Pokiston prezidentlari hamda XOQ prezidentlari - Xuan Antonio Samaranch, Jak Rogge, Tomas Bax, shuningdek, BMT Bosh kotibi Pan Gi- Munlar erishgan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Dept, WTF Communications. ?WTF Rebrands to World Taekwondo - World Taekwondo Federation“  (en). World Taekwondo Federation  (2017-yil 24-iyun). 2017-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]