Jurgen Moser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jurgen Kurt Moser
Tavalludi 4-iyul 1928-yil
Konigsberg , Prussiya , Germaniya
Vafoti 17-dekabr 1999-yil ( 1999-12-17 )
(71 yoshda)
Schwerzenbach , Shveysariya
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari New York universiteti , MIT , ETH Zurich
Akademik rahbarlari Franz Rellich
Carl Siegel
Mashhur shogirdlari Charles Conley
Hakan Eliasson
Mashhur ishlari Kolmogorov?Arnold?Moser teoremasi , Calogero-Moser tizimi, Chern?Moser invariantlari, Giorgi?Nash?Moser hisoblari, Moserning Harnack tengsizligi, Moser normal formasi, Nash?Moser teoremasi
Ta?sir olgan Carl Gustav Jacob Jacobi , Henri Poincare , George Birkhoff , Carl Siegel
Ta?sir ko?rsatgan Sun-Yung Alice Chang , Michel Herman , John Mather , Peter Sarnak , Aleksander Veselov , Paul Yang , Eduard Zehnder
Mukofotlari George David Birkhoff mukofoti (1968)
James Craig Watson medali (1969)
Cantor medali (1992)
Wolf mukofoti (1994/1995)

Jurgen Moser ( talaffuzi:  Orgen Mozer ) (4-iyul 1928-yil ? 17-dekabr 1999-yil) ? germaniyalik, amerikalik, shveysariyalik matematik . Umrining qirq yilini matematikaga bag?ishlagan. Moser Hamilton dinamik tizimlari va qisman differensial tenglamalar sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1995-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. 1983?1986-yillarda Xalqaro matematika ittifoqiga yetakchilik qilgan.

Moser vrach-nevrolog Kurt Moser va pianist Ilse Strehlke oilasida tug?ilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin oilasi bilan Mecklenburgda yashagan. 1952-yil Gottingen universitetidan PhD darajasini olgan. 1953-yil New York universitetida o?qigan. 1959-yil Amerika fuqaroligini olgan.

Moser pianino va violonchel chalgan, astronomiyaga qiziqqan. Carl Siegel bilan hamkorlikda osmon jismlari mexanikasi haqida risola yozgan. Matematika bo?yicha taniqli ishlari qatorida Kolmogorov?Arnold?Moser va Nash?Moser teoremalari bor.