한국   대만   중국   일본 
Ivanovo viloyati - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ivanovo viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ivanovo viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1929-yil 14 yanvarda tashkil topgan. Maydon 23,9 ming km 2 . Aholisi 1222 ming kishi (2000), asosan ruslar. 22 ma?muriy rayon, 17 shahar va 32 shaharcha bor. Markazi Ivanovo shahri Ivanovo viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining markaziy qismida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Iqlimi mo??tadil kontinental. Yozi issiq (iyulning o?rtacha temperaturasi 18?19°), qishi o?rtacha sovuq (yanvar niki ? 12°). Yillik yog?in 550?600 mm. Daryolari Volga havzasiga mansub. Ivanovo viloyatida Gorkiy suv omborining bir qismi, Volga ? Uvod kanali bor. 200 dan ortiq ko?l mavjud. Viloyat maydonining 2,9% botqoqlik. Tuprog?i, asosan, podzol va botqoq tuproqlar. Qariyb 1 mln. ga yer o?rmon. Sut emizuvchilardan malla quyon, oq quyon, tulki, tiyin; qushlardan karqur, kur, chil, kaklik; botqoqlik va qo?llarda o?rdak, g?ozlar uchraydi.

Ivanovo viloyati Rossiya Federatsiyasining to?qimachilik (ip, gazlama va zigir tola gazlamasi) sanoati rayonlaridan biri. "Krasnaya Talka" yigiruv fabrikasi, melanj va kamvol kombinatlari va b. bor. Ip gazlama sanoatining asosiy markazlari: Ivanovo, Kineshma, Shuya, Vichuga, Furmanov, Teykovo, Rodniki, Yuja. Zig?ir tola gazlamasi sanoati markazi ? Privoljsk. To?qimachilik mashinasozligi, asosan, Ivanovo shahrida. Ivanovo "Tochpribor", "Ivtekmash" ishlab chiqarish birlashmalari, "Elektrokontakt", "Stroymashina", "Temp" (avtokranlar) zavodlari bor. To?qimachilik sanoati ehtiyojlari uchun bo?yoq va kislotalar ishlab chiqariladi, neft kimyosi, oziqovqat sanoatlari birmuncha rivojlangan. Sut-go?sht mahsulotlari, konserva va b. ishlab chiqariladi. O?rmon va yog?ochsizlik sanoati (yog?ochtaxta, mebel ishlab chiqarish) rivojlangan. Yog?och-sozlik korxonalari, asosan, viloyatning Zavoljye va janubi-sharqida joylashgan. Qurilish materiallari sa-noatida g?isht, yig?ma temir-beton konstruksiyalar va detallar ishlab chiqariladi. Yoqilg?i-energetika majmui maxdlliy xom-ashyo hisobiga ishlaydi (Ivanovo shahri yonidagi torfda ishlaydigan elektr stansiyasi, Saratov?Nijniy Novgorod?Cherepovets gazoprovodi). G?alla, kartoshka, yem-xashak ekinlari, tolali zig?ir, sabzavot ekiladi. Chorvachilikda sut-go?sht chorvachiligi va cho?chqachilik, zotdor yilqichilik yetakchi o?rinda. Palex va Xoluy shaharlari badiiy hunarmandchilik (lok-bo?yoq mahsulotlarini tayyorlash, miniatyurali rasm chizish)ning markazlari sifatida mashhur. Viloyatning asosiy temir yo?l liniyasi Moskva? Ivanovo?Kineshma. Volga, Teza, Unja, Klyazma daryolarida kema qatnaydi. 7 oliy o?quv yurti, kutubxonalar, 5 muzey, 3 teatr bor. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil