Isfahon
(
forscha
:
??????
) ? Eronning markaziy qismidagi shahar, Zoyanderud daryosi bo?yidagi xushmanzara joyda.
Isfahon ustonining
ma?muriy markazi. Yiliga 128 mm yog?in yogadi. Aholisi 1 583 609 ming kishi (2006). Eronda
Tehron
va
Mashhaddan
keyin uchinchi eng gavjum shahar bo?lgan (qadimgi nomi Sepahon yoki Espahon) Isfahon viloyati mamlakatning poytaxti bo?lib, Tehrondan 435 kilometr uzoqlikda, shaharning janubida joylashgan. Isfahon shahri XVI asrda ikkinchi marta Eron poytaxti bo?lganda gullab-yashnagan. Bugungi kunda bu shahar o?zining o?tmishdagi shon-shuhratini saqlab qolgan. Ushbu yodgorliklarning ba?zilari YUNESCOda tarixiy meros
[1]
sifatida ro?yhatga olingan.
I. qadimiy qo?lyozmalarda (mas, Ptolemey asarlarida) Aspadana nomi bilan tilga olingan. Sosoniylar davri (III-VII asrlar)da Markaziy Eronning iqtisodiy va madaniy markazi bo?lgan. VII asrda shaharni arablar egallagan. VIII-XIII asrlarda Yaqin va O?rta Sharqdagi eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo?lgan. 1237-yilda Isfahonni mo?g?ul bosqinchilari vayron qilgan, keyinroq shahar qayta tiklangan. 1387-yilda uni Amir Temur egallagan. Shahar XVI-asr oxiri ? XVII asr boshlarida, Safaviylar davlatining poytaxti bo?lgan davrda ayniqsa ravnaq topgan. Isfahon XVII-asr o?rtalarida aholisi qariyb 600 ming kishilik katta shahar edi. 1722-yilda uni afg?onlar bosib olib, talon-toroj qildilar. XVII asr oxirida poytaxt Isfahondan Tehronga ko?chirilgach, shahar avvalgi mavqeini yo?qotdi. Isfahon juda chiroyli me?morchiligi, ko?priklari, saroylar, masjidlar va noyob minoralari bilan mashhur. Bu esa Isfahonning Eron madaniyatida ?dunyoning yarmi“ nomini olishga sabab bo?lgan.
Isfahon? mamlakatda Tehrondan keyin 2-o?rindagi muhim savdo-sanoat markazi. Avtomobil va havo yo?llari tuguni. To?qimachilik (ip va jun gazlamalar, trikotaj sanoati), yog?ochsozlik, oziq-ovqat (yog?, shakarqand), sement, poyabzal, kimyo korxonalari, oyna zavodi bor. Shahar yaqinida yirik metallurgiya zavodi qurilgan. Isfahon gilam to?qish va o?rta asr miniatyurachiligining qadimiy markazi.
Isfahonda Eron me?morchiligining buyuk yodgorliklari saqlanib kelmoqda. Jome masjidi (9?20-asrlar), Chihil Do?xtaron (1107) va Sarebon minoralari (12-asr oxiri), Ja?far maqbarasi (14-asr), Horune Viloya maqbarasi,
Shoh masjidi
(1612?30),
Shayx Lutfulloh masjidi
(1603?18),
Oliqopu saroyi
(15-asr),
Chihil sutun
saroyi (1590), Modari Shoh madrasasi (1706?14), minoralari tebranuvchi Jonbe masjidi, bir necha ko?prik-binolar, universitet bor.
[2]
- ↑
{{
Veb manbasi
}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak.
{{
Veb manbasi
}} andozasidan foydalanishda
url=
parametrini belgilashingiz kerak.
,
arxivsana=
parametri ham ko?rsatilishi zarur.
. ? ???????? ???? - ??:??da asl nusxadan [ arxivlangan].
- ↑
O?zME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil