한국   대만   중국   일본 
Isfahon - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Isfahon

Koordinatalari : 32°38′00″N 51°29′00″E  /  32.63333°N 51.48333°E  / 32.63333; 51.48333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isfahon / ??????
shahar
32°38′00″N 51°29′00″E  /  32.63333°N 51.48333°E  / 32.63333; 51.48333
Mamlakat Eron
Uston Isfahon ustoni
Hukumat
 ?  Shahrdor Rasul Zargar
Maydon 493 km 2 (190 kv mi)
Markazi balandligi 1574 m
Iqlim turi subtropik-ichkikontinental
Rasmiy til(lar)i forscha
Aholisi
  (2011)
1 756 126
Zichligi 6 000 kishi/km 2
Milliy tarkib asosan forslar
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar (asosiy qismini shia mazhabi egallaydi)
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi +98 311
Isfahon / اصفهان xaritada
Isfahon / اصفهان
Isfahon / ??????

Isfahon ( forscha : ?????? ) ? Eronning markaziy qismidagi shahar, Zoyanderud daryosi bo?yidagi xushmanzara joyda. Isfahon ustonining ma?muriy markazi. Yiliga 128 mm yog?in yogadi. Aholisi 1 583 609 ming kishi (2006). Eronda Tehron va Mashhaddan keyin uchinchi eng gavjum shahar bo?lgan (qadimgi nomi Sepahon yoki Espahon) Isfahon viloyati mamlakatning poytaxti bo?lib, Tehrondan 435 kilometr uzoqlikda, shaharning janubida joylashgan. Isfahon shahri XVI asrda ikkinchi marta Eron poytaxti bo?lganda gullab-yashnagan. Bugungi kunda bu shahar o?zining o?tmishdagi shon-shuhratini saqlab qolgan. Ushbu yodgorliklarning ba?zilari YUNESCOda tarixiy meros [1] sifatida ro?yhatga olingan.

I. qadimiy qo?lyozmalarda (mas, Ptolemey asarlarida) Aspadana nomi bilan tilga olingan. Sosoniylar davri (III-VII asrlar)da Markaziy Eronning iqtisodiy va madaniy markazi bo?lgan. VII asrda shaharni arablar egallagan. VIII-XIII asrlarda Yaqin va O?rta Sharqdagi eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo?lgan. 1237-yilda Isfahonni mo?g?ul bosqinchilari vayron qilgan, keyinroq shahar qayta tiklangan. 1387-yilda uni Amir Temur egallagan. Shahar XVI-asr oxiri ? XVII asr boshlarida, Safaviylar davlatining poytaxti bo?lgan davrda ayniqsa ravnaq topgan. Isfahon XVII-asr o?rtalarida aholisi qariyb 600 ming kishilik katta shahar edi. 1722-yilda uni afg?onlar bosib olib, talon-toroj qildilar. XVII asr oxirida poytaxt Isfahondan Tehronga ko?chirilgach, shahar avvalgi mavqeini yo?qotdi. Isfahon juda chiroyli me?morchiligi, ko?priklari, saroylar, masjidlar va noyob minoralari bilan mashhur. Bu esa Isfahonning Eron madaniyatida ?dunyoning yarmi“ nomini olishga sabab bo?lgan.

Isfahon? mamlakatda Tehrondan keyin 2-o?rindagi muhim savdo-sanoat markazi. Avtomobil va havo yo?llari tuguni. To?qimachilik (ip va jun gazlamalar, trikotaj sanoati), yog?ochsozlik, oziq-ovqat (yog?, shakarqand), sement, poyabzal, kimyo korxonalari, oyna zavodi bor. Shahar yaqinida yirik metallurgiya zavodi qurilgan. Isfahon gilam to?qish va o?rta asr miniatyurachiligining qadimiy markazi.

Isfahonda Eron me?morchiligining buyuk yodgorliklari saqlanib kelmoqda. Jome masjidi (9?20-asrlar), Chihil Do?xtaron (1107) va Sarebon minoralari (12-asr oxiri), Ja?far maqbarasi (14-asr), Horune Viloya maqbarasi, Shoh masjidi (1612?30), Shayx Lutfulloh masjidi (1603?18), Oliqopu saroyi (15-asr), Chihil sutun saroyi (1590), Modari Shoh madrasasi (1706?14), minoralari tebranuvchi Jonbe masjidi, bir necha ko?prik-binolar, universitet bor. [2]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. {{ Veb manbasi }} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. {{ Veb manbasi }} andozasidan foydalanishda url= parametrini belgilashingiz kerak. , arxivsana= parametri ham ko?rsatilishi zarur. . ? ???????? ???? - ??:??da asl nusxadan [ arxivlangan].
  2. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil