한국   대만   중국   일본 
Irkutsk viloyati - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Irkutsk viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Irkutsk viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937-yil26-sentabrda tashkil etilgan. Sharqiy Sibirning janubiy qismida. Maydon 767,9 ming km 2 . Aholisi 2748 ming kishi (2000), asosan, ruslar, shuningdek, ukrainlar , belorus lar, tatarlar, chuvashlar, buryatlar, evenklar, tofalar yashaydi. Viloyat tarkibida UstO?rda Buryatlari muxtor okrugi bor. I. v. 31 rayonga bo?lingan. 22 shahar, 60 shaharcha mavjud. Markazi ? Irkutsk shahri.

Viloyat hududining aksari qismini O?rta Sibir yassitog?ligining janubi-sharqiy qismi egallagan. Shimoli-sharqida Shimoliy Baykal va Patom tog?liklari joylashgan. I. v.da kuchli zilzilalar bo?lib turadi. Iqlimi kontinen-tal. Yanvarning o?rtacha tempaturasi ? 15° (Baykal sohilida) dan ? 21° (Irkutskda)gacha va ? 33° (Bodayboda). Qor qoplami 160?170 kun saqlanib turadi. Iyulning o?rtacha tempaturasi 17°?19°. Yiliga 400 mm dan 800 mm gacha yog?in yog?adi. Vegetatsiya davri 116?127 kun. Shimoliy va tog?lik joylarida to?ngib yotgan yerlar bor. Asosiy daryolari: Angara, Quyi Tunguska, Lena va uning irmoqlari. Tuprog?i, asosan, podzol tuproq. Hududining 80% o?rmon. Tilog?och, qarag?ay, kedr, qoraqarag?ay, oqqarag?ay o?sadi.

O?rmon, kimyo va neft kimyosi sanoati, energetika, rangli metallurgiya yetakchi o?rinda. Mebel, tikuvchilik, poyabzal, trikotaj, ko?nchilik, go?sht-sut, konditer, pivo, spirt va baliq sanoati tarmoqlari bor. Konchilik sanoatining asosiy tarmoklari: oltin (Bodaybo atrofi), slyuda (Mama-Chuya atrofi), talk (Onot koni), temir rudasi (Korshunove kombinati), tuz (Usolye-Sibirskoye), marmarsimon ohaktosh ("Pereval" koni), gips (Zalari koni) qazib olish. Mashinasozlik Irkutsk?Cheremxovo sanoat rayonida bo?lib, kon, neft-kimyo va metallurgiya sanoatlari uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Yog?och tayyorlash korxonalari Angara, Ilim va Lenaning o?rta oqimlarida joylashgan. Baykal va Bratsk sellyuloza zavodlarida kord sellyuloza ishlab chiqariladi. "Baykal" fanera-gugurt kombinati (Usolye-Sibirskoyeda), sement, keramika, gips zavodlari (Angarskda), shisha (Tulunda), yig?ma temir-beton, g?isht-beton, g?isht zavodlari, Irkutskdachoy qadoklash fabrikasi, Usolyeda tuz zavodi, Irkutskda yog?-moy kombinati mavjud.

G?alla (bug?doy, grechixa, arpa, suli va boshqalar) yem-xashak ekinlari, kartoshka va sabzavot yetishtiriladi. Chorvachilik sut-go?sht yetishtirishga ixtisoslashgan. Shimolida bug?uchilik, mo?ynachilik, darrandachilik bilan shug?ullaniladi. Baykal, Angara va Lenada baliq ovlanadi. Asosan, Angara, Lena, Vitim daryolari va Baykal ko?lida kema qatnaydi. I. v.da Baykal Amur temir yo?l magistralining boshlang?ich punkti (Ust-Kut) joylashgan. 8 oliy o?quv yurti, 6 teatr, 5 muzey bor. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil