Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti , Organisation for Economic Cooperation and Dovelopment (OECD). 1948-yilda AQSH tashabbusi bilan Yevropani tiklash bo?yicha Amerika iqtisodiy va moliyaviy yordamini (Marshall rejasi) oqilona ishlatish va shu yordamni oladigan Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik qilish maqsadlarida tuzilgan Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti vorisi tarzida tashkil topdi. Bu tashkilotni tuzish to?g?risida konvensiya 1960-yil 14 dekabrda Parijda imzolanib, 1961-yil 1-oktyabrdan kuchga kirgan. Tashkilotda 21 mamlakat ? Avstraliya, Avstriya , AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya , Gretsiya, GFR, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg , Norvegiya, Portugaliya, Turkiya, Fransiya, Finlandiya, Shveysariya, Shvetsiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya qatnashadi. Rasmiy jihatdan tashkilot shartnomani imzolagan mamlakatlarda iqtisodiy o?sishni ta?minlash, iqtisodiyotni yuksaltirish va aholi turmush darajasini yaxshilash, moliyaviy barqarorlikni saqlashni nazarda tutadi. Tashkilotga a?zo davlatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko?rsatish, davlatlar mintaqasida a?zodavlatlar siyosatini muvofiqlashtirish yo'li bilan iqtisodiy va ijtimoiy barkarorlikni ta?minlashga hissa qo?shadi. Tashkilot faoli-yatiga tashkilotda qatnashuvchi mamlakatlarning vakillaridan iborat kengash rahbarlik qiladi. Tashkilot idorasi Fransiya (Parij)da joylashgan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil