한국   대만   중국   일본 
Iqlimshunoslik - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Iqlimshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iqlimshunoslik - iqlim haqidagi fan. I. 2 tarmoqqa bo?linadi: turli xil iqlimlarning tarkib topish sabablarini o?rganadigan genetik I. (bu, odatda, umumiy I. deb ataladi) va iqlimning inson faoliyati ob?yektlariga va insonning o?ziga, shuningdek, turli tabiiy hodisalarga ta?sirini o?rganadigan amaliy I. I. tabiiy geografik fanlar turkumiga Kirishi bilan birga, meteorologiyannng bir bo?limi bo?lganligi uchun geofizikata ham yaqin.

Genetik I.ning asosiy vazifasi iqlim paydo bo?lishida, shuningdek, turli joylardagi iqlim tafovutlari va iqlimning asriy hamda davriy o?zgarib, takrorlanib turishida iqlim ho-sil qiluvchi omillarning rolini aniqlashdan iborat. O?rganish ob?yektlari va tadqiqot usullariga ko?ra, genetik I.ni 5 bo?limga ajratish mumkin: 1) issiqlik balansini o?rganuvchi I. iqlim hosil qiluvchi jarayonlarning negizi hisoblangan Quyosh radiatsiyasining Yer yuzasiga va atmosferaga tushishi va u joylarda sarf bo?lishini o?rganadi; 2) sinoptik (yoki dinamik) I. iqlimning tarkib topishida atmosfera dirkulyasiyasining rolini o?rganadi; 3) na-zariy I. matematikusullardan foydalanib, iqlim hosil qiluvchi omillarning ko?rsatkichlari (Yer yuziga is-siklik tushishi va sarflanishi, faol qatlamning fizik xususiyatlari va boshqalar) va atmosferaning umumiy xususiyatlariga asoslanib, iqlim harakteristi-kasini aniqlaydi; 4) mikroiqlimshunoslik mikroiqlim va mahalliy iqlimning shakllanishiga yer usti xususiyatlarining (relyef, o?simliklar va boshqalar) roli va ta?sirini o?rganadi; 5) paleoiqlimshunoslik astronomiya , geol., arxeologiya axborotlaridan, yilnomalar va b.dan foydalanib, iqlimning uzoq o?tmishdagi o?zgarishlarini va ularning sabablarini o?rganadi.

Amaliy I. inson faoliyatining turli sohalarini rejalashtirish ? qishloq xo?jaligi, transport, qurilish, davolash, dam olish, turizm va sh.k.ni tashkil qilishni ilmiy jih.atdan asoslash uchun iqlimning turli ob?yektlarga ta?sirini o?rganadi.

Ikdimiy rayonlashtirish ? joylarni (viloyat, o?lka, materik, okean va h.k.) iqlim sharoiti deyarli bir xil bo?lgan zona va o?lkalarga bo?lish, iqlimning tabiiy o?zgarib turish ko?rsatkichlari va uning sabablarini aniqlash, shuningdek, kuzatishlarni tahlil qilishning ratsional usullarini yaratish I.ning muhim bo?limlaridan biri. Bu bo?lim xalq xo?jaligining turli tarmoqlariga xizmat ko?rsa-tishda, ayniqsa, qishloq xo?jaligi ekinlarini joylashtirish, yangi yerlarni o?zlashtirish, ekinlar hosildorligini oshirish tad-birlarini ishlab chiqish va b.da juda katta ahamiyatga ega. Konkret hududlarning iqlimini ta?riflash klimatografiya deb ataladi.

O?rtaosiyolik buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino , Zahiriddin Muhammad Bobur va b.ning asarlarida meteorologiya va I. nazariya-siga doir juda ko?p noyob fikrlar mavjud. Mas, Beruniy fikriga ko?ra, havoning holati "..mazkur joyning tabiatiga bog?liq, uning tog?larda yoki dengiz bo?yida turganligiga (bog?liq), shuningdek, joyning baland-pastligi va qaysi kenglikda ? shimolroqdami yoki janubroqdami, o?rnashganligiga bog?liq".

I. fanining rivojlanishida G?arbiy Yevropada 19-asr?20-asr boshlarida A. Gumboldt, V. Yu. Vize, V. Keppen, Yu. Xain kabi olimlarning ilmiy izlanishlari, 20-asrda rus olimlaridan A. I. Voyeykov, Ye. S. Rubinshteyn, O. A. Drozdovning I. materiallarini ishlab chiqish usullari, L. S. Berg , B. P. Alisov va b.ning Yer shari iqlimlarini tas-nif qilishi, Ye. N. Blinovaning iqlim gidrodinamikasi nazariyasi, V. V. Illy-leykinning mussonlar, M. I. Budikoning radiatsiya va issiklik balansi xaqidagi ta?limotlari muhim o?rinda turadi.

O?zbekistonda I. rivojlanishiga 1921-yilda tashkil etilgan Turkiston meteorologiya ilmiy tadqiqot instituti katta ta?sir ko?rsatadi. I.ning ikkala tar-mog?i ham juda keng rivojlandi. V. A. Bugayev, L. N. Babushkin, V. A. Jorjio, L. A. Molchanov, A. A. Skvorsov, F. A. Mo?minov, M. Orifxonova va b. genetik va amaliy I. nazariyasiga katta hissa qo?shdilar. O?rta Osiyo iqlimida dirkulyasion omillarning roli, troposfera va stratosferada sodir bo?luvchi juda kuchli shamollar, ularning samolyotlar uchishiga ta?siri, sug?oriladigan yerlarning mikroiqlimi va qishloq xo?jaligi o?simliklari o?sishi, rivojlanishi va hosiliga mikroiqlimning ta?siri haqida va b. ilmiy xulosalari katta amaliy ahamiyatga egadir.

O?rta Osiyoda meteorologiya va I.ga oid ilmiy va uslubiy ishlarga V. A. Bugayev nomidagi O?rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti rahbarlik qiladi. I.t.lar natijalari shu institutning to?plamlarida, monografiya va davriy nashrlarda bosiladi. I. sohasidagi xalqaro ilmiy aloqalarda Jahon meteorologiya tashkiloti va b. xalqaro tashkilotlar faol qatnashadi (qarang Agro-iqlimshunoslik , Meteorologiya , Qishloq xo?jaligi meteorologiyasi ).

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Alisov B. P., P oltaraus B. V., Klimatologiya, M., 1962; Balashova Ye. N., Jitomirskaya O. M., Semenova O. A., Klimaticheskoye opisaniye respublik Sredney Azii, L., 1960; Babushkin L. N., Agroklimaticheskoye rayonirovaniye xlopkovoy zoni respublik Sredney Azii, L., 1960; Voprosi regionalnoy sinoptiki i klimatologii Sredney Azii, M., 1968; Maksudov X. S, Iqlimshunoslik asoslari. T., 1978; Babushkin L. N., Klimatografiya Sredney Azii, 1981; Mum i nov F. A., Pogoda, klimat i xlopchatnik, L., 1991.

Tohir Muxtorov. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil