한국   대만   중국   일본 
Ingliz-fransuz-xitoy urushi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ingliz-fransuz-xitoy urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ingliz-fransuz-xitoy urushi (1856?60), ikkinchi ?afyun“ urushi ? Angliya va Fransiya tomonidan Xitoyga qarshi uyushtirilgan bosqinchilik urushi. Angliya va Fransiya o?z tovarlarini Xitoyning ichki viloyatlariga erkin kirib borishiga erishish, daryo portlarini xorijiy savdo uchun ochishga harakat qilganlar; Angliya va Fransiya Pekinda o?z diplomatik vakolatxonalarini ta?sis etish, erkin missionerlik faoliyati yurgizish talabini qo?yishgan. 1856 yil oktyabrda mojarolardan foydalanib (?Errou“ kemasi bilan bo?lgan va b.) inglizlar Guanchjouga qarshi harbiy harakatlarni boshlaganlar. 1857 yil Angliya hukumati Xitoyga yangi qo?shinlar jo?natgan. Angliya-Fransiya muzokaralari (1856 yil sent. ? 1857 yil mart)dan so?ng Fransiya ham urushga tortilgan. Ularni AQSH qo?llab-quvvatlagan. 1857 yil dekabrda ingliz-fransuz bosqinchilari Guanchjouni egallagan. Guandunda xalq qarshilik harakati boshlangan. 1858 yil aprelda bosqinchilarning harbiy kemalari Shim.da harbiy harakatlarni boshlab yuborgan; 1858 yil mayda ular Dagu istehkomi va Tyanszin portini bosib olishgan. Sin hukumati Angliya va Fransiya bilan 1858 yil iyunda teng huquqli bo?lmagan Tyanszin bitimlarini imzolashga majbur bo?lgan. Biroq, Angliya va Fransiya Xitoyni yanada ko?proq yon bosishga majbur qilishga intilishgan. Daguda ingliz-fransuz eskadrasi mag?lubiyatga uchragan, bu harbiy harakatlarni qayta boshlashga barona bo?lgan. 1860 yil iyulda 10 ming kishilik ingliz armiyasi va 6 ming kishilik fransuz armiyasi Dagu istehkomlarini qamal qilishgan. Avg.da Xitoy armiyasi mag?lubiyatga uchragan. Dagu istehkomlari va Tyanszin bosqinchilar tomonidan qayta bosib olingan (25-avgust). Boshlangan sulh muzokaralari natijasiz tugagan. Ingliz-fransuz qo?shinlari Pekinga yurish boshlagan. 21 sent. da manjur-mo?g?ul otliq qo?shini Pekindan bir necha km uzoqlikdagi Balitsyao ko?prigi yonidagi jangda ingliz-fransuz qo?shinlaridan yengilgan. Imperator I Chju (Syan-fin) va uning saroyi qarshilik ko?rsa-tishdan voz kechib poytaxtdan krchishgan. Bosqinchilar Pekinni egallab (1860 yil okt.) Xitoy me?morligining ajoyib namunasi ? imperatorning yozgi Yuanmin?yuan saroyini talon-toroj qilib, unga o?t qo?yganlar. 1860 yil oktyabrda teng xuqukli bo?lmagan Pekin bitimlari imzolangan. I.-f.-x.u. Xitoyni yarim mustamlaka mamlakatga aylanishidagi eng katta bosqich bo?lgan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil