한국   대만   중국   일본 
Ich ketishi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ich ketishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ich ketishi , ich surishi , diareya  ? tez-tez ich kelishi bilan kechadigan ichak kasalligi , ichak shilliq qavatining yallig?lanishi, ichakning harakati, oziq moddalarni so?rish va shira chiqarish funksiyalari buzilishi natijasida kelib chiqadi. Ich ketishiga ko?pincha ingichka yoki yo?g?on ichakdagi yallig?lanish ( kolit ) jarayonlari sabab bo?ladi. Me?da va me?da osti bezi faoliyatining buzilishi ( axiliya , pankreatin ), avitaminozlar , surunkali zaharlanishlar, nerv regulyatsiyasining izdan chiqishi va boshqalar ham ich ketishiga sabab bo?lishi mumkin. Ichak peristaltikasi (harakati) kuchayganda ich suyulib, tez-tez keladi, chunki ichakdagi suyuqlik tez harakatlanadi va qonga so?rilib ulgurmaydi. Kishi haddan tashqari hayajonlanganda yoki qo?rqqanda, shuningdek, ichak peristaltikasini kuchaytiradigan ovqat (sabzavot, ho?l meva, kepakli non va h.k.) ko?p yeyilganda ich ketadi. Ba?zan me?dada ovqat yetarli hazm bo?lmaganda, masalan, me?da osti bezi va jigarning sekret (shira, ut) ishlab chiqarish funksiyasi buzilganda ovqat tuzuk hazm bulmay, ich surishi mumkin.

Turli mikroorganizmlar (masalan, dizenteriya, xelikobakter pilori, ichak tayoqchalari mikroblari) va ularning toksinlari (zaharlari) ta?sirida ichaklar, ayniqsa, ingichka ichak shilliq pardasi yallig?lanib, ko?pincha ich ketishi ga sabab bo?ladi (qarang Enterit ). Ich ketishi alohida kasallik bo?lmay, dizenteriya, ovqatdan bo?ladigan toksikoinfeksiyalar, ich terlama , paratif, vabo, surunkali ichak yallig?lanishi (surunkali enterokolit, kolit) kabi bir qator kasalliklar belgisidir. Shu bois ich ketganda darhol vrachga murojaat kilish kerak. Ichak yallig?langanda goh bijg?ish (achish), goh chirish (sasish) jarayoni kuchayadi, mas, ingichka ichak yallig?langanda bijg?ish, yug?on ichak yallig?langanda chirish ustun buladi. Ich ketishining davosi va parhezi ham shunga qarab belgilanadi.

Mishyak, simob, kislota, ishqor kabilardan zaharlanishda, shuningdek, ba?zi sabablarga kura organizmda hosil bo?lib, unda unlashib qolgan endogen toksinlardan zaharlanishda ich ketishi mumkin (masalan, uremiyada ich ketishi). Gijjalar ham ichakni yallig?lantirib, ich surishi mumkin.

Ich ketishini to?g?ri davolash uchun uning sabablarini bilish va ularni bartaraf qilish kerak. Ich ketishining xiliga va sababiga qarab parhez qilishning ahamiyati katta. Mas, ichakda bijg?ish jarayoni ustun bo?lsa, uglevodli ovqatlar (mas, xamir ovqat, shirinlik) cheklanib, asosan, oqsilli ovqat (tvorog, tuxum, gusht yoki baliq) buyuriladi, chirish jarayoni ustun bo?lsa, oqsilli ovqat (ayniqsa go?sht, tuxum) o?rniga uglevodli ovqat (shirinlik, pishirib ezilgan sabzavot), ho?l meva, shovla, shirguruch, shirqovoq va sh.k. ovqatlar buyuriladi. Dorilar va parhez haqida vrachdan maslahat olish ke-rak.

Oldini olish [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tartib bilan to?g?ri ovqatlanish (ovqatni har kuni ma?lum soatlarda, shoshmasdan, me?yorida yeyish), oziq-ovqatni buzilishi va ay-nishidan saqlash, ovqatni yaxshilab pishirish muhim. Hayajonlanish, qo?rqishdan kelib chiqadigan (nevrogen) ich ketishining oldini olish uchun nerv sistemasini chiniqtirish kerak. Me?da faoliyatining buzilishidan kelib chiqadigan ich ketishining oldini olish uchun me?da kasalliklarini davolatish va oldini olish zarur. Qo?l, idish-tovoqni toza tutish, og?rigan tishni o?z vaqtida davolatish kabi shaxsiy profilaktika choralari ko?riladi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Qosimov E. Y. va b., Ichki kasalliklar propedevtikasi. Toshkent, 1996.
  • Yo?ldoshev K. Y. va b., Xronik kolitlar va yo?g?on ichak diskineziyalari, Toshkent, 1989.
  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000.