한국   대만   중국   일본 
Homiladorlik toksikozlari - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Homiladorlik toksikozlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Homiladorlik toksikozlari ? homiladorlik davrida uchraydigan kasallik holati; nerv, yurak-tomir, endokrin sistemalar va moddalar almashinuvining o?zgarishi tufayli kelib chiqib, tug?ruqdan so?ng o?tib ketadi. Homiladorlik toksikozlariga homilador ayol organizmida mavjud xastaliklar sabab bo?ladi. Shuning uchun bo?yida bo?lgan ayol ertaroq (2 oygacha) ayollar masla-hatxonasiga borib, vrach maslahatlaridan foydalanishi kerak. Ma?lumki, homiladorlik boshlanishida ko?pchilik ayollar boshqorong?i bo?ladi (qarang Boshqorong?ilik ).

Bu holatlar ba?zi ayollarda ertaroq, ba?zilarida esa kechroq boshlanib, o?tib ketadi. Ammo ba?zi homi-lador ayollarda bu alomatlar yo?qolmay, zo?rayib boradi, natijada Homiladorlik toksikozlari paydo bo?ladi. Homiladorlikning birinchi (ilk) va ikkinchi yarmi (kech) toksikozlari farq qilinadi. Ilk tok-sikozlar homiladorlikning dastlabki 12 haftasida ro?y beradi. Ayolning umumiy ahvoli o?zgaradi, dilgir bo?lib qoladi, ko?ngli ayniydi, so?lagi oqadi (ko?p), qusadi. Ba?zan ayol hadeb qayt qilaveradi, darmonsizlanadi, oza boshlaydi, uyquchan va serjahl bo?lib qoladi. Lekin Homiladorlik toksikozlarida kuzatiladigan to?xtovsiz (sutkasiga 20-martagacha) qusish organizmning suvsizlanishi va ayolning holsizlanishiga olib keladi. Uning qon bosimi pasayadi, gavda temperaturasi ko?tariladi, pulsi tezlashadi, terisi quruqshaydi, og?zidan noxush hid keladi. Bunday hollarda davolash tadbirlari yordam bermasa, ba?zan abort qilib, homilani olib tashlashga to?g?ri keladi. Ilk toksikozlarda homilador ayol maslahatxonaga qatnab davolanishi mumkin; haddan tashqari ko?p qusish ayolni kasalxonaga yotqizishni talab etadi.

Kech toksikozlar homiladorlikning ikkinchi yarmida, ko?pincha so?nggi oylarida vujudga keladi. Bularga homiladorlar istisqosi, nefropa-tiya, preeklampsiya va eklampsiya kiradi. Kech toksikozlarning barchasi ketma-ket kelib, kasallik bosqichma-bosqich kechadi. Homiladorlar istis-qosida shish paydo bo?ladi. Odatda, u to?piqdan boshlanib, tizza, son, qorin va tashqi jinsiy a?zolarga o?tadi, so?ngra asta-sekin butun tanaga tarqaladi. Ayolning yuzi ko?pchiydi. Shish ayol gavdasining hamma qismiga tarqalgan bo?lsa ham uning umumiy ahvoli unchalik o?zgarmaydi, normal holatda vazni ortadi (homiladorlik davrida 10 kg ortadi). Ayol og?irligini tarozida tortib turish yo?li bilan ham shishni aniqlash mumkin. Homi-lador istisqosida muntazam davolanish zarur. Homilador ayol oyda ikki marta maslahatxonaga borishi, shuningdek, vrach ko?rsatmalariga va shax-siy gigiyena qoidalariga rioya qili-shi, haftada bir marta tarozida tort-tirib turishi lozim. Suyuqlik (sutkada 1 l gacha ruxsat etiladi) va tuzni cheklash, servitamin ovqatlar, sabza-votlar, ho?l mevalar, tvorog, kefir iste?mol qilish tavsiya etiladi. Ayol o?z vaqtida davolanib istisqoning oldini olmasa, parhezga, dam olish va mehnat rejimiga rioya qilmasa, istis-qo nefropatiyaga o?tib ketadi. Homila-dorlar nefropatiyasi odatda istisqodan keyin vujudga keladi. Nefropatiyaning asosiy belgisi shish va siydikda oqsil bo?lishidan iborat. Nefropatiyada homilaning rivojlanishi buziladi, u chala yoki o?lik tug?ilishi mumkin. Nefropatiyada ayol kasalxonada davolanadi; oldi olinmasa, u osonlikcha preeklampsiyaga o?tib ketadi. Preeklampsiyada ham nefropatiyadagi kabi shish, qon bosimining oshishi, siydikda oqsil bo?lishi bilan birga bemorning boshi qattiq og?riydi, ko?zi xiralashadi, ko?z oldida chivin uchayotganga o?xshab ko?rinadi; ko?krak ostida og?riq paydo bo?ladi. Bosh og?rib, ko?z xiralashuvi miyada qon aylanishining jiddiy buzilganligidan dalolat beradi. Bemor vaqtida davolanmasa, pre-eklampsiya yanada og?irroq kasallik ? eklampsiyaga aylanib ketadi.

Homiladorlik toksikozlariga kasallikning shakliga qarab davo qilinadi. Oldini olish uchun homiladorlik davrida gigiyenaga rioya qilish (to?g?ri dam olish va mehnat qilish, bekamu ko?st ovqatlanish), ayollar maslahatxonasi nazoratida bo?lish, Homiladorlik toksikozlariga olib keladigan kasallikni o?z vaqtida davolatish lozim.