한국   대만   중국   일본 
Hind-yevropa tillari - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Hind-yevropa tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hind-yevropa tillari
Jo?g?rofiy
taqsimlanishi:
?
Lingvistik turkumlanishi:
  • Hind-yevropa tillari
Bo?linishi:

Yevrosiyo bo?ylab Hind-yevropa tillarining tarqalishi

Hind-yevropa tillari ? Yevro siyoda mavjud bo?lgan, keyingi bep! asr mobaynida esa Shimoliy va Janubiy Amerika , Avstraliya , qisman Afrikada ham tarqalgan yiriktil oilalaridan biri. Qiyosiy-tarixiy metod. shunga muvofiq ravishda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik ham keyinchalik hind-yevropa tillari deb atalgan bir qancha tillarni o?rganish asosida paydo bo?lgan. Shu sababli ham Hind-Yevropa tillari genetik aloqalariga ko?ra tillarning alohida birlashish shakli sifatida faraz qilingan dastlabki til oilasi hisoblanadi. Odatda fanda boshqa til oilalarini ajratish, belgilash bevosita yoki bilvosita Hind-Yevropa tillarini o?rganish tajribasiga tayanadi. Shuningdek, boshqa til guruhlari uchun qiyosiy-tarixiy grammatika va (etimo-logik) lug?atlar tuzishda ham Hind-Yevropa tillari uchun tuzilgan ana shunday ishlar tajribasi hisobga olinadi.

Hind-Yevropa tillarining tarkibi quyidagilardan iborat: I) xett-luviy yoki anatoliy guruhi (Kichik Osiyo-da) 2 xilma-xil xronologik davrga mansub bir qancha tillarni qamrab oladi. Bular: mil.av 18?13-asrlardagi mixxatl\\ xett yoki nesit (ilk yodgorligi ? xett podshosi Anittasning bitiklari, keyinroq ? diniy maro-sim, mifologik, tarixiy, siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, epik va boshqa maz-mundagi matnlar), mixxatli luviy, palay tillari; oraliq davr deb hisoblanuvchi miloddan avvalgi 9?8-asrlardagi iyerog-lifik xett tili; miloddan avvalgi 7?3-asrlarda (antik davrda) mavjud bo?lgan likiy, lidiy, kariy, sidet va boshqa qad. tillar-dir. 19-asr oxirlari va 20-asrda xett-luviy tillari materiallarining o?rga-nilishi qadimgi Hind-Yevropa tillarining tipi haqidagi tasavvurlarga ham, hindev-ropa bobo tilining qurilishi qanday bo?lganligi haqidagi tushunchaga ham juda katta o?zgartirishlar kiritdi; 2) hind yoki hind-oriy gu-ruhi (Hindiston yarim orolining shimoliy qismi, Shri Lanka oroli) 3 davrga mansub tillardan iborat. Bular: qad. davrdagi veda tili (miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri ? 1-ming yillik boshlarida yaratilgan "Rigveda" gimnlar to?plami), mumtoz, epik va budda variantlariga ega bo?lgan sanskrit tili; o?rta davrga mansub prakritlar ? o?rta hind tillari: pali, payshachi, magad-hi, apabhransha va boshqa tillar; yangi davrga mansub hindiy, bihar, bengal, as-som, oriya. marathiy, singal, sindhi, lendi, panjobi, rajasthani, gujarot, khandeshi, paxari, nepal, pariya (yaqinda O?rta Osiyoda aniqlangan). lo?li (Hindistonning o?zida bir necha shevalarga ega hamda jahon bo?ylab bir qancha variantlarda tarqalib ketgan) tillari; 3) eroniy guruhdagi tillar ham 3 davrga mansub bo?lib, bular quyidagilardir: qad. davrdagi avesto (muqaddas matnlar to?plami"Avesto" yodgorligi tili), qad. fors (axomaniylar davridagi, miloddan avvalgi 6? 4-asrlarga mansub mixxat yozuvlari tili), midiy, skif tillari; o?rta eroniy davr (miloddan avvalgi 4?3-asrlar ? milodiy 8?9-asrlar)ga mansub o?rta fors (yoki pahlaviy), parfiya, sug?d, xorazmiy, baqtriya, alan tillari; yangi eroniy davr tillari esa fors (forsiy, for-siyi dari), tojik, pushtu (pashto?, afg?on), yozuvga ega bo?lmagan luriy va baxtiyoriy lahjalari, baluj (baluch), tot, tolish, gilon va mozandaron, Markaziy va G?arbiy Eron lahjalari, parachi, ormuri, qumzori, munjon, yag?nob, osetin tillari, shuningdek, ko?plab pomir tillari; 4)toxar gu-ruhi "toxar A" (sharqiy toxar yoki turfon) va "toxar B" (garbiy toxar yoki kuchan) tillaridan iborat; 5) arman tilit qad. (milodiy 5?11-asrlar), o?rta (12?16-asrlar) va yangi (17-asrdan) arman tili o?zaro farqlanadi; 6) fri-giy tili (Kichik Osiyoning g?arbiy qismi) miloddan avvalgi 8?3-asrlarga mansub qad. frigiy bitiklaridan ma?lum o?lik til; 7) frakiy tili (Bolqonning sharqiy qismi va Kichik Osiyoning shim.-g?arbida) ? miloddan avvalgi 6?5-asrlarga mansub bir qancha bitiklardan ma?lum o?lik til; 8) illiriy guruhi (Bolqonning g?arbiy qismi va qisman Italiyaning janubi-sharqida) miloddan avvalgi 6? 1-asrlarga mansub, bir qancha lugaviy birliklar, shaxs va joy nomini bildiruvchi so?zlarda saqlanib qolgan o?lik illiriy va messap tillaridan iborat; 9) alban tili milodiy 15-asrga mansub yozma yodgorliklardan boshlab ma?lum; 10) venet tili (Italiyaning shim.-sharqi-da) miloddan avvalgi 6?1-asrlarga mansub 250 dan ortiq bitiklar orqali ma?lum bo?lgan o?lik til; II) yunon (grek) gu-ruhi asl yunon (qad. grek. ? miloddan avvalgi 15? 11-asrlar), Gomer dostonlari tili (miloddan avvalgi 10?9-asrlar), o?rta grek tili (milodiy 1 ?15-asrlar) kabi o?lik tillarni hamda yangi, zamonaviy grek tilini qamrab oladi; 12) italiy guruhi (Apennin yarim orolida) qad. davrdagi lotin tilini (dastlab Rim shevasi maqomida bo?lib, keyinchalik butun Italiyaga, Yevropaning katta qismiga, Shimoliy Afrikaga tarqalgan, miloddan avvalgi 6-asrga mansub bitiklardan ma?lum o?lik til), osk, falisk, umbr, sikul tillarini hamda yangi davrdagi roman tillarinn qamrab oladi; roman gurui fransuz, oksitan (provansal), ispan, katalan, gali-si(ya), portugal , italyan , sard, reto-roman, rumin , moldovan (rumin), arumin (aromun) va 19-asrdan o?lik hisoblanadigan dalmatin tillaridan iborat.

Roman tillari asosida esperanto kabi xalqaro sun?iy tillar paydo bo?lgan; 13) kelt guruhi (G?arbiy Yevro-paning chekka qismi ? Irlandiya va Shotlandiyadan Pireney yarim oroligacha bo?lgan hududda) 3 guruhchaga (gall, britt, goydel) bo?linadi. Bu guruhga gall (o?lik), uels, breton, korn (o?lik), irland, shotland (gel), kelt, keltiber, men (o?lik) va boshqa tillar kiradi; 14) german guruhi o?z navbatida 3 guruhchaga bo?linadi: sharqiy german [o?lik tillar ? got (milodiy 4-asrdan ma?lum), vandal, burgund va boshqa[, g?arbiy german [yuqori nemis, nemis, itsish (yangi yahudiy). quyi nemis, niderland (golland), fla-mand, afrikaans (bur), qad. ingliz (o?lik), ingliz, friz tillari] va shimoliy german [island, dan (dat), shved, norveg (bir-biridan farqlanuvchi 2 adabiy shakli bor), farer tillari] gu-ruhchalari; 15) boltiq guruhi odatda g?arbiy boltiq |prus, yatvyaj (sudav), galind (golyad), shalav kabi o?lik tillar| va sharqiy boltiq (lit-va, latish ? jonli tillar, kursh, selon ? o?lik tillar) guruhchalariga ajraladi; 16) slavyan guruhi ham o?z navbatida 3 guruhchaga bo?linadi: janubiy slavyan |eski slavyan (10? 11-asr yodgorliklaridan ma?lum o?lik til) va jonli tillar: bolgar, makedon, serbxorvat, sloven tillari|, g?arbiy sla-vyan (chex, slovak, polyak, kashub kabi jonli tillar hamda o?lik polab tili va boshqa bir qancha lahjalar) va sharqiy slavyan (rus, ukrain, belorus tillari) guruhchalari.

Shubhasiz, yuqoridagilardan boshqa Hind-Yevropa tillari ham mavjud bo?lgan. Ularning ba?zilari izsiz yo?qolib, "o?lib" ketganlar, ba?zilari esa u yoki bu dara-jada toponimika materiallarida hamda substrat so?zlarda saqlanib qolgan. Yana boshqa bir tillarning (mas. etrusk tili) esa Hind-Yevropa tillariga mansubligi masalasi hanuzgacha hal etilmagan.

Hind-Yevropa tillarining davr va makon qamrovi juda ulkan: davr nuqtai nazaridan Hind-Yevropa tillarit. mavjudligi miloddan avvalgi 2-ming yillik avvalidan boshlansa, makon nuqtai nazaridan esa g?arbda Atlantika okeani qirg?oqlaridan sharqda Markaziy Osiyogacha, shimolida Skandinaviyadan janubida Urta dengizgacha bo?lgan ulkan hududda mavjud bo?lgan; keyingi 500 yil ichida ingliz, ispan, fransuz, portugal, niderland, rus kabi yangi Hind-Yevropa tillarining keng tarqalishi, yoyilishi bu tillarning barcha qit?alarda paydo bo?lishiga, asosiy yoki ikkin-chi, yordamchi til sifatida qo?llana boshlashiga sabab bo?ldi. Hind-Yevropa tillarining tarqalishida tabiiy-tarixiy tarzda yoki mustamlakachilik siyosati tufayli ro?y bergan aholi (xalklar, elatlar) migratsiyasi ham katta rol o?ynagan.

Hind-Yevropa tillari tarmog?ining dialektal bo?linishi xususiyatlaridan biri sifatida hind-oriy tillari bilan eroniy tillarning, boltiq tillari bilan slavyan tillarining juda yaqinligini, italiy va kelt tillarining esa bir qadar yaqinligini ko?rsatish mumkin. Bunday yaqinlik va o?xshashliklar boshqa til guruhlarida ham kuzatiladi.

Hind-yevropa tilshunosligi tarixining bir yarim asrdan ko?proq davri mobaynida Hind-Yevropa tillarining tarkibi haqidagi tushuncha odatda tillarning ko?payib borishi tomon o?zgargani kabi (mas, Hind-Yevropa tillarining dastlabki yadrosi, o?rganilish ob?yekti sanskrit, yunon, lotin, german tillari bo?lgan bo?lsa, keyinchapik bu doira kelt, boltiq, slavyan tillari, alban va arman tillari, 20-asrda esa xett-luviy va toxar tillari hisobiga kengaydi), bu tushuncha hozir ham unchalik barqaror emas, chunki hali chuqur o?rganilmagan, to?la o?qish imkoni bo?lmagan tillar anchagina. Rus olimi V.M.Illich-Svitich tomonidan Hind-Yevropa tillarit.ning yanada qadimiyroq qarindoshlik aloqalari haqidagi nazariya ilgari surilgan. Unga ko?ra, Hind-Yevropa tillarining "nostratik" deb ataluvchi va som-hom (afroosiyo), ural, oltoy, dravid va kartvel singari yirik til oilalarini qamrab oluvchi ulkan oila bilan qarindoshlik aloqalari bir qator fo-netik va qisman morfologik moslik (o?xshashlik)lar bilan isbotlangan. Hind-Yevropa tillarini o?rganish, birinchidan, qiyosiy-tarixiy metodnnng kelib chiqishiga va qiyosiy-tarixiy tilshunosliknnng paydo bo?lishiga, ikkinchidan, bu sohaning qiyosiy-tarixiy tilshunoslikdagi alohida bir bo?lim ? hindevropashunoslik tarzida shakllanishiga sabab bo?ldi.

LL.Meye A., Vvedsniye v sravnitslnoye izuchenis indoyevropeyskix yaznkov, psr. s angl., M.-L., 1938;Porsig V., Chleneniye indo-yevropeyskoy yaznkovoy oblasti, per. s nsm., M., 1964; Ivanov V.V., Obsheindoyevro-peyskaya, praslavyanskaya i anatoliyskaya yazm-kovms sintezm, M., 1965; Il l i ch-S vitmch V.M.. Opnt sravneniya nostraticheskix yazn-kov. Sravnitelnny slovar [t. 1?3|, M., 1971?84; Yazmki Azii i Afriki, t. 1?2. In-doyevropeyskiye yaznki, M., 1976?78; Gamk-relidze T.V., Ivanov V.V., Indo-yevropeyskiy yaznk i indoyevropeysn. Rekon-struksiya i istoriko-tiiologicheskiy analiz prayazmka i protokulturn, kn. 1?2, Tbilisi, 1984; Sravnitslnoye yazmkoznaniye i istoriya yazmkov. L., 1984.

Abduvahob Madvaliyev, Ilhom Madrahimov, O?roq Lafasov.