한국   대만   중국   일본 
Hasharotlar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Hasharotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hasharotlar ( lotincha : Insecta ) - bo?g?imoyoqli umurtqasiz hayvonlar sinfi . Yer sharida 1,5 mln.ga yaqin turi ma?lum. Turlarining ko?pligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada 1-o?rinni egallaydi. Hasharot sinfi oyoqdumlilar , qo?shdumlilar , qo?ng?izlar , tuyabo?yinlar , to?rqanotlilar , kapalaklar , burgalar , termitlar , qandalalar kabi 34 turkumga bo?linadi. Tanasining uzunligi 0,2 mm ? 33 sm, odatda tashqi skeletni tashkil qiluvchi zich kutikula bilan qoplangan. Tanasi bosh, ko?krak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft murakkab ko?z va ko?zchalari, bir juft mo?ylovlari (hid tuyish va sezgi orga-ni) hamda og?iz apparati joylashgan. Og?iz apparati yuqori lab, yuqori va pastki juft jag?lardan tashkil topgan. Kemiruvchi og?iz apparati barcha to?g?riqanotlilar, qo?ng?izlar, chumolilar va boshqalarga xos. So?ruvchi H.da esa xartum bor. Gulshira bilan oziqlanuvchi asalaritr xartumida kemiruvchilarning asosiy belgilari saqlangan, kapalaklarda xartum spiralsimon buraladigan naydan iborat; pashshalarda u faqat so?rishga emas, balki qattiq ozuqani qirishga ham moslashgan. Qandalalar, o?simlik bitlari, tripslar, koksidlar, qon so?ruvchi chivinlar va boshqa sanchib so?ruvchi og?iz apparati yordamida o?simliklarning hujayra shirasi hamda hayvon qonini so?rib oziqlanadi. Ko?krak qismi old, o?rta va orqa ko?kraklarga bo?linadi. Har bir skelet halqasi yelka (us-tidan), ko?krak (pastki tomondan), plevralardan (biqindan) tashkil topgan. Ko?krakning har bir bo?g?imi (segmenti)da bir juft oyoqlari joylashgan. Oyoqlar toscha, ko?st, son, boldir va 2 tirnoqpi bo?g?imlarga bo?lingan panjalardan tuzilgan; qanotli H.ning o?rta va orqa ko?kraklarida bir juftdan qanotlar bor. Urg?ochisi qornining uchida 11 bo?g?imdan iborat tuxum qo?ygich, erkaklarida esa bir juft o?simtalar mavjud. Ovqat hazm qilish yo?li ozuqani mexanik hamda kimyoviy qayta ishlaydigan ichaklardan tashkil topgan. H.ning individual rivojlanishi bir necha bosqichli (fazali) to?liq yoki chala o?zgarish (metamorfoz) bilan kechadi. Chala o?zgarish bilan rivojlanish 3 faza (bosqich)da: tuxum, lichinka (imagoga o?xshash) va voyaga yetgan hasharot ? imago orqali amalga oshadi. To?liq o?zgarish bilan rivojlanishda esa lichinka (odatda chuvalchangsimon) bilan imago oralig?ida /umbaklik davri ham kuzatiladi. H.ning hayot sikli bo?g?in (avlod)lar soni, mavsumiy dinamika (o?zgarish)ning o?ziga xosligi va diapauza xususiyatlari bilan belgilanadi.

Tabiatda H. turli-tuman va katta ahamiyatga ega. Ular butun quruqlikni egallagan; ayniqsa sernam subtropik yerlarda ko?p tarqalgan. Ko?pchiligi yerda, qator turlari suvda yashaydi, ba?zilarining hayoti tuproq bilan bog?liq. H. xilma-xil mahsulotlar bilan oziqlanib, tabiatda moddalar alma-shinuvida ishtirok etadi. H.ning juda ko?p turlari o?simliklar zarar-kunandalari; hayvonlar va odamlarga zarar keltiradi. O?simliklarni chang-latish, zararkunanda hasharot va begona o?tlarni yo?qotishda ham H.ning roli katta (qarang Entomofaglar ); foydali hasharotlardan asalari, ipak qurtlar, lak beruvchi chervetslar qimmat-baho mahsulot beradi; ayrimlari ovlanadigan hayvonlar uchun ozuqa man-bai. H. xilma-xilligi va ularning olamini entomologiya fani, foydali H.dan amaliyotda foydalanish va zararkunanda H.larga qarshi kurash usullarini qishloq xo?jaligi entomologiyasi fani o?rganadi.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Vrednne i poleznne nasekomne xlopchatnika i drugix selskoxozyaystvennnx kultur O?zbekistana. T., 1977; Selsko-xozyaystvennaya entomologiya. M., 1983; murodov S.A., Umumiy entomologiya kursi, T., 1986.