한국   대만   중국   일본 
Guandun - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Guandun

Koordinatalari : 23°24′0″N 113°30′0″E  /  23.40000°N 113.50000°E  / 23.40000; 113.50000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guandun



Provinsiya
Ma?muriy markazi Guanchjou
Gubernator Van Veychjun
Partqo'm kotibi Xuan Kunmin
Rasmiy tili xitoycha
Aholi  ( 2020 ) 126 012 510 [1] (1-o?rin)
Zichligi 701,49 kishi./ km²  (7- o?rin)
Maydoni 179 800 km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland cho?qqisi


 Shikenkun, 1902 m
Vaqt mintaqasi +8:00
Qisqacha xit. soddalashtrilgan ? , pinyin : Yue [2]
Kod ISO 3166-2 CN-GD
Xaritada
Guandun xaritada
23°24′0″N 113°30′0″E  /  23.40000°N 113.50000°E  / 23.40000; 113.50000

Guandun ( xit. an’anaviy 廣東 , soddalashtrilgan ?? , pinyin : Gwong²dung¹ , pall. : Gwong²dung¹ , so‘zma-so‘z: ≪Kuondun≫)? Xitoy janubidagi provinsiya, Janubiy Xitoy dengizi sohilida. Mayd. 197,1 ming km 2 . Aholisi 71,4 mln. kishi (1998), aksariyati xitoy (xan)lar. Ma?muriy markazi ? Guanchjou (Kanton).

Jug?rofiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Guandun hududi balandligi 1800?1900 m bo?lgan tog?, qir hamda daryo vodiylaridagi pasttekisliklardan iborat.

Iqlimi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iqlimi subtropik, jan.da tropik. Pasttekisliklarda yanvarning o?rtacha temperaturasi 8?16 °C, iyulniki 26?28 C°. Yillik yog?in miqdori 1200 ? 2000 mm. Daryolari (Sitszyan, uning irmog?i Beyszyan va b.) sersuv. G. hududining qariyb yarmi doim yashil o?rmon (qarag?ay, kunningamiya, lavr va choy daraxtlari, evkalipt, xin va b.).

Iqtisod [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iqtisodiyotida qishloq xo?jaligi yetakchi o?rinda, G. Xitoyning tropik ekinlar eqiladigan muhim rayoni. Asosiy qishloq xo?jaligi ekini ? sholi, shuningdek, batat, shakarqamish, moyli ekinlar (yer yong?oq, soya, kunjut, kameliya, tung), mevali o?simliklar (sitruslar, banan, ananas, mango), jut, rami, sizal va b. yetishtiriladi. Ipakchilik rivojlangan. Chorvachiliqda ko?proq qoramol, cho?chqa va parranda boqiladi. Baliqchilik va baliq ovlash bilan ham shug?ullaniladi. Tuz olinadi.

Sanoat [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sanoatining yetakchi tarmog?i ? oziq-ovqat va to?qimachilik. Foydali qazilmalardan bitumli slaneslar, volfram, marganes, surma rudalari va b. bor. Mahalliy ko?mir va temir rudasi asosida qora metallurgiya sanoati barpo etilgan. Har xil mashinasozlik korxonalari Guanchjou, Chjanszyan, Shantouda joylashgan. Kimyo va sellyuloza-qog?oz sanoati rivojlangan.

Transport [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sitszyan daryosi va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Dengiz portlari: Guanchjou, Chjanszyan, Shantou, Xaykou.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil