Grozniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grozniy ( chechencha : Соьлжа-Г?ала ) - Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1870-yildan), Chechen Respublikasi (Ichkeriya) poytaxti (1944-yildan 1957-yilgacha Grozniy viloyatining markazi). Sunja daryosi (Terek irmog?i) vodiysida joylashadi. Temir yo?l stansiyasi. Xalqaro aeroport (Xonqal?a) bor. Grozniy 1818-yilda Grozniy qal?asi sifatida barpo etilgan. 19-asr oxirida Beslan ? Petrovskport (hoz. Maxachqala) temir yo?l qurilishi va neft sanoatining vujudga kelishi bilan tez o?sa boshladi. Grozniy neft qazib olish rnining markazi. Sanoati neftni qayta ishlash, neft kimyosi, kimyo, mashinasozlik (neft jihozlari, tibbiy asboblar va boshqalar), oziq-ovqat (konserva, vino, vino-konyak, sut-yog?, pivo zavodlari, go?sht kombinati, makaron, konditer fabikalari va boshqalar) va yengil sanoat korxonalari (tikuvchilik va poyabzal fabikalari)dan iborat bo?lgan. 3 oliy o?quv yurti (shu jumladan universitet), 3 teatr, o?lkashunoslik, tasviriy san?at muzeylari bor. Rossiya armiyasi va ichki qo?shinlarining Chechenistonda separatizmga barham berish maqsadida 1995 va 2000-yillarda olib borgan harbiy operatsiyalari natijasida Grozniy butunlay vayron qilib tashlandi. Shu bois Grozniy aholisi keskin kamaydi, 2000-yilda taxminan 70 ming kishi (1992-yilda 387,5 ming kishi edi).

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil