한국   대만   중국   일본 
Gravyura - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Gravyura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gravyura (frans. gravure, graver ? o?yish) ? biror qattiq: metall, yog?och va b. yuzasiga o?yib tasvir ishlash san?ati, grafika turi. Shu usulda ishlangan asar va undan bosma usulida ko?chirilgan nusxa ham G. deb ataladi. Zamin tasvirdan maxsus asboblar yoki kimyoviy vositalar yordamida o?yib (2?5 mm) chuqurlashtiriladi’, shu tarzda bo?rtma tasvir hosil qilinadi, bu usul ko?proq yog?och (ksilografiya) va linoleum (linogravyura)tn foydalanilganda qo?llaniladi; tasvir zamindan chuqurlashtirilib o?yma tasvir hosil qilinadi, bu usul asosan metall (mis, jez, rux va b.) plastinalardan foydalanilganda (G.ning birbiridan farq qiluvchi akvatinta, messotinto, ofort, quruq igna va b. turlarida) qo?llaniladi. G. bir xil bo?yokda, shuningdek, turli rangdagi bo?yoqlarda bo?yalishi, undan ko?plab nusxa ko?chirilishi, ifoda imkoniyatlarining kengligi bilan ahamiyatlidir. Mustaqil ahamiyatga ega bo?lgan dastgoh G.si (estamp) va kitob, gazeta, jurnallarda bezak (illyustratsiya) vazifasini o?taydigan kitob G.si keng rivojlangan. G.ning vujudga kelishi va rivoji hunarmandlikning taraqqiyoti bilan bog?liq: yog?och G. matolarni bo?yash, gul bosishda, metall G. esa zargarlikda qadimdan keng qo?llanilgan. Dastlab Xitoyda qog?ozga G. ko?chirish (6?7-asrlar) paydo bo?lgan, Yevropada 14?15-asrlarda rivojlangan (qo?lda bo?yalgan diniy mazmundagi G.lar monastirlarda sotilgan). Rossiyada 16-asrdan ma?lum bo?lgan. Rembrandt, F. Goyya, I. Ye. Repin va b. mashhur san?atkorlar G.ning ajoyib namunalarini yaratgan.

O?zbekistonda V. Kaydalov, K. Basharov, A. Siglinsev, N. Xolikrv va boshqalar G.da asarlar yaratgan.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil