한국   대만   중국   일본 
Golodomor - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Golodomor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Golodomor ( Inglizcha Holodomor , Ukrain tilida Голодомо?р ) Sovet ittifoqi tomonidan sun?iy ravishda olib borilgan ocharchilik siyosati. Hozirgi Qirim , Rossiya va Ukrainaga qarashli Kuban o?lkasida amalga oshirilgan bu siyosat natijasida 8 millionga yaqin inson ocharchilikdan halok bo?ladi. Sovet davriga oid hujjatlarning arxivdan ochilmasligi sababli bu boradagi aniq sonlarni bilishning imkoni yo?q. Shunga qaramay mutaxassislar o?sha davrdagi Ukraina aholisining 4/1 qismi ocharchilikdan halok bo?lganini taxmin qilishadi. [1]

Ukraina
Golodomor ro?y bergan hududlar

Golodomorning kelib chiqishiga sabab Sovet ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy va siyosiy xatolar hisoblanadi. [2] Koperativ (umumiy mulk)tarzdagi qishloq xo?jaligiga o?tishdan bosh tortgan ukrainalik dehqonlar yerga ishlov berishdan bosh tortishadi. Bu ?Anti-Kolxoz“ jaroyonining yiriklashib ketishi yaxshi oqibatlarga olib bormasligini tushunib turgan Sovet rahbarlari o?ziga xos yangi yo?l ishlab chiqishadi. Unga ko?ra bu ?yechim“ boshqa hududlarga ham ibrat bo?lishi kerak edi. Ochlikning eng yuqori pallasiga chiqqan vaqtida ham Sovet ittifoqi 1932-yilda 1,7 million tonna, 1933-yilda esa 1,84 million tonna g?alla eksport qiladi. [3] Mamlakatda vujudga kelgan ochlarchilikdan odamlarning qochishiga qarshilik ko?rsatilib, ularning ochlikdan o?lishlariga qo?yib beriladi. Sovet davlati senzurani qo?llash orqali bu holatni dunyodan yashirishga harakat qiladi.

Etimalogiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Golodomor Ukraincha (морити голодом) ?Ochdan o?ldirish“ degan ma?noni bildiradi.

Voqealar rivoji [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sovet davlatining rahbari Iosif Stalin qishloq xo?jaligining kolxoz va sovxozlashtirilishiga qarshi muxoliflik qilib kelgan va xususiy ishlab chiqarishdan foydalanishda davom etgan Ukraina va Don havzasida yashovchi dehqonlarga kollektivlashtirishni amalga oshirishdagi asosiy to?siq sifatida qaray boshlaydi. Avvaliga xo?jalikdagi asosiy foydani berib kelayotgan xususiy ishlab chiqarishga ruxsat berib kelgan Bolsheviklar keyinchalik bunga markaziy hokimyatning rejalashtirilgan siyosatiga qarshi ulkan xavf sifatida qaray boshlashaydi. Sovet rahbariyati Oktabr inqilobi va undan keyingi fuqarolar urishi davrida Bolsheviklarni qo?llab-quvvatlamagan shahar va qishloqlarni shu yo?l bilan nazoratga olishni reja qilishadi. 1929?1930-yillarda hukumat kollektivlashtirishni keng miqyosda amalga oshirish uchun minglab kadrlarni hududlarga safarbar qiladi. 1932-yilgi hosilning yaxshi bo?lmasligini oldindan tushunib yetgan Sovet rahbariyati buning uchun kollektivlashtirishga olinmagan xususiy mulk egalarini ayblab chiqishadi. Va planlashtilgan hosildagi kamchiliklarni ularga soliq solish orqali qoplamoqchi bo?ladi. Kuch ishlatish orqali keyingi yil uchun urug?lik sifatida ishlatilishi kerak bo?lgan don mahsulotlari dehqonlarning qo?lidan tortib olinadi. Xo?jalik egalari sovxozga majburan olib ketilayotgan qoramollarni berib qo?ymaslik uchun ommaviy so?yib yuborishadi. Buning natijasida qishloq xo?jaligida foydalanilishi kerak bo?lgan qoramollar soni haddan ortiq kamayib ketadi. Keyingi yil falokat yuz beradi. Ukrainaning eng unumdor hududlarida ham ocharchilik yuz bera boshlaydi. Ocharchilik haqidagi xabarlardan so?ng u yerga borishni xohlagan muxbirlarga to?sqinlik qilinadi. Mahalliy rahbarlar hukumatdan shoshilinch chora-tadbirlar ko?rilishi kerakligini aytsalar ham yetarlicha harakat qilinmaydi. Ukrainadagi insonlar ochlikdan o?lsalar ham, Sovet davlati chetga g?alla eksportini yildan-yilga oshirib boraveradi. Guvohlarning ma?lum qilishicha, ochlik hududlaridan qochmoqchi bo?lgan bolalar yetimxonalarga, oilalar esa yashayotgan hududlariga majburan qaytarib yuboriladi. Shu tariqa ko?plab insonlar ochlikdan halok bo?lishadi. Xabar va ma?lumotlar oqimini oldini olish maqsadida shaxsan Stalin va Molotov tomonidan imzolangan qaror bilan bu hududlarga sayohat qilish va borish uchun maxsus ruxsatnoma olish shart qilib qo?yiladi. Ocharchilik yuz bergan hududlardan qochmoqchi bo?lgan aholi Sovetlarga qarshi bosh ko?targan dushman ekanligi va ularni jazolash kerakligi keng tashviq qilinadi. Sovet hukumatining bu yerdagi siyosatini amalga oshirish uchun Pavel Postishev Ukrainaning ikkinchi sekretari etib tayinlanadi. U bilan birga minglab sovet kadrlari ?kollektivlashtirish“ni jadal suratda olib borish uchun Ukrainaga keladi. Natijada Stalin Ukrainanining nazoratini to?liq o?z qo?lida to?playdi. 1933?1934-yillarda dehqonlar sonining kamayganiga qaramasdan hosil avvalgi yilga nisbatan yaxshi bo?ladi. Qishloq dehqonlarining soni kamayishi muxolif bo?lishni befoyda qilib qo?ygandi. Sovet davlati o?z rejimi uchun kerakli deb hisoblagan g?alla eksportini keyingi yillarda ham davom ettiradi.

Sabab va natijalari. [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sovetlar ishlab chiqarishda xususiy mulkka asoslangan qishloq xo?jaligiga qarshilik qilib, qishloqda yashovchilarni kolxoz va sovxozlarga to?plashga urinishi yirik yer egalari va ularning qo?l ostida ishlovchi ba?zi dehqonlarni noroziligiga sabab bo?ladi. Chunki kollektivlashtirish ishi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, yirik yer egalari butunlay yersiz qolardi. Shuning uchun yirik yer egalari norozilik belgisi sifatida yerga ekin ekishdan bosh tortishadi. Buning natijasida Ukrainada ocharchilik va yuqumli kasalliklar sababli o?limlar yuz bera boshlaydi. O?lim miqdorini kamaytirish uchun Sovet hukumati to?planadigan don miqdoridagi davlat ulushini kamaytiradi. 1940-yilda Penitsillinning yaratilishidan so?ng yuqumli kasalliklarning oldi olinishiga erishiladi. 1930-yillarda esa buning umuman imkoni yo?q edi. Penitsillin kashf qilinguniga qadar Yevropa va AQShda ham millionlab insonlar yuqumli kasalliklar sabab hayotdan ko?z yumib kelgan.

Ochlik qurbonlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1933-yilda Rossiya va Ukrainada 5-10 million inson o?lganligi taxmin qilinadi. Qurbonlarning 81,3 % ukrain, 1,4 % yahudiy va 1,1 % polyak hisoblanadi. Butun qishloq dehqonlarining 25-50 % halok bo?ladi. Ukraina xalqining u davrlarda ko?rgan azob-uqubatlarining asorati bugungi kunda ham unutilgani yo?q

Vinerbergerning suratlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Avstriyalik muhandis Aleksandr Vinerberger Birinchi jahon urushida ruslarga asir bo?lib tushadi. Sovetlar davrida esa Ukrainaning u davrdagi poytaxti Xarkovda yashay boshlaydi. Vinerberg bu yerda ocharchilikka guvoh bo?lgach, NKVDning hibsga olish xavfiga qaramasdan bularni suratga oladi. Vinnerberg shaharda yashab yurgan vaqtida 100 ga yaqin holatni suratlarga muhrlaydi. Ularda insonlarning do?konlardagi navbatda turishi, och bolalar, Xarkov ko?chalarida o?lgan insonlar va ocharchilikdan halok bo?lgan odamlarning umumiy qabrlari, to?plangan murdalarni o?zida aks ettiradi. Vinnerberga fotoapparatni xorijdagi do?stlari yetkazib berishgan edi. Uning markasi mashhur Leica fotoapparati ekanligi taxmin qilinadi.

Golodomor. Aleksandr Vinerberger olgan surat. 1933-yil

Golodomorning Genotsid sifatida tan olinishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Golodomorning genotsid sifatida tan olinishiga Rossiya qattiq qarshilik qilib keladi. Hozirgacha 26 davlat va Yevropa ittifoqi buni genotsid sifatida tan olgan. [4]

Dunyo mamlakatlari tomonidan Golodomorning Genotsid sifatida tan olgan davlatlar ro?yxati. (to?q ko?k rangda)

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ^ Famine of 1932-33
  2. ^ ?Famine of 1932-33“. 13 Kasım 2013 tarihinde kayna?ından ar?ivlendi. Eri?im tarihi: 24 Ocak 2012.
  3. ^ a b Ellman, Michael (2007). ?Stalin and the Soviet Famine of 1932-33 Revisited“ (PDF). Europe-Asia Studies. ss. 663-693. doi:10.1080/09668130701291899. 15 Nisan 2015 tarihinde kayna?ından (PDF) ar?ivlendi. Eri?im tarihi: 28 Kasım 2015
  4. http://www.consellgeneral.ad/micg/webconsell.nsf/0/85CFA1066515E305C1257671002BACE9 [ sayt ishlamaydi ]