한국   대만   중국   일본 
Goldoni Karlo - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Goldoni Karlo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GOLDONI (Goldoni) Karlo (1707.25.2, Venesiya - 1793.6.2, Parij) ? italyan dramaturgi, italyan teatri islohotchisi, milliy komediya asoschisi. Dastlabki asarlari ("Momolo kortezan", 1738; "Momolo Brenteda", 1739; "Sinish", 1741) dayoq niqoblar komediyasi (syujetning qisqa sxemasidan iborat ssenariy asosida tayyorgarliksiz tomosha yaratish)ni isloh qilgan. Mazkur asarlar muqim matnga, aniq insoniy harakterlarga, ma?rifatparvarlik g?oyalari singdirilgan, jamiyatning illatlarini tanqid qiluvchi mazmunga ega edi. Ayni paytda G. niqoblar komediyasining afzal tomonlarini ? xushchaqchaqlik, syujet rivojidagi izchillikni saqlab qolgan. G. 155 komediya, 18 tragediya, 94 libretto yozgan. Teatr tarixiga oid "Memuarlar" (1784?87) muallifi. "Mehmonxona bekasi", "Ikki boyga bir malay" va b. komediyalari o?zbek tiliga tarjima qilinib, Muqimiy teatrida sahnalashtirilgan.

Goldoni Karlo

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil