한국   대만   중국   일본 
Gipoteza - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Gipoteza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipoteza ( qadimgi yunoncha : ?π?θεσι? - hypothesis ? asos, taxmin) ? hodisalarning qonuniy (sababli) bog?lanishi to?g?risidagi taxminan mulohaza, faraz. Gipoteza ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos bo?ladi. Gipotezaning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash, analiz va sintez, mavhumlashtirish va umumiylashtirish) asosida bevosita bilimga o?tish, sababiy bog?lanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor. Umumiy gipoteza bir guruh hodisalar, jarayonlar xususiyati va sababi to?g?risidagi, xususiy gipoteza alohida, yakka hodisalar, jarayonlar sababi to?g?risidagi taxmindir. Har qanday gipoteza tekshirishni talab qiladi. Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi yoki rad etiladi. Yangi faktlarni eski nazariyalar bilan izohlash mumkin bo?lmaganda, cheklangan miqdordagi faktlar va kuzatishlarni izohlashda gipotezaga ehtiyoj tug?iladi. U keyingi bilimlarga, tekshirishlarga yo?l ochadi, yangi nazariyalar esa yana boshqa gipotezani tug?diradi. Gipoteza bilish jarayonining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir.

Yuridik fanlar tizimida esa, gipoteza huquq normasining bir qismi bo?lib, unda dipozitsiyada ko?rsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun zarur bo?lgan aniq hayotiy holat (voqea, harakat, hodisalar) o?z ifodasini topadi”. Shuningdek, gipoteza huquq normasining harakatini, amal qilish shartini ko?rsatuvchi (vaqt, joy, sub?ekt va boshqalar) yuridik faktlarni ifoda etuvchi tarkibiy qism sifatida ham e?tirof etiladi. Ta?kidlash lozimki, gipoteza matni “agar”, “agarda”, “u holatda” kabi so?zlari yoki shunga yaqin so?zlar bilan boshlanishi ham mumkin.

Gipoteza o'z navbatida quyidagi turlarga bo'linadi: oddiy, murakkab ava alternativ.

Huquq normalarining amal qilishi bilan bog?liq bo?lgan bitta shart-sharoit aks etgan gipoteza oddiy gipoteza hisoblanadi. Masalan, Prezident O?zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig?ilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab o?z lavozimiga kirishgan hisoblanadi (O?zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 92-modda

Murakkab gipotezada esa huquq normasining amal qilishi ikki yoki undan ortiq holatlarning mavjud yoki mavjud emasligiga bog?liq ekanligi ko?rsatiladi Masalan, “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o?z ota-onalari haqida g?amxo?rlik qilishga majburdirlar” (O?zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 66-modda).

Аlternativ (muqobil) gipoteza esa huquq normalarining amal qilishi sanab o?tilgan shart-sharoitlardan biriga bog?liq ekanligini bayon etadi.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil