한국   대만   중국   일본 
Geologik xaritalar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Geologik xaritalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geologik xaritalar  ? Yer po?sti yuqori qismining muayyan uchastkasi geologik tuzilishini tasvirlovchi haritalar. Geologik syomka va geologik tadqiqotlardan yig?ilgan ma?lumotlar asosida tuziladi. Geologik xaritalar qidiruv, razvedka ishlarida asosiy hujjat hisoblanadi. Geologik xaritalardan Yer po?stining tuzilishi va tog? jinslari bilan bog?liq ruda konlari to?g?risida tegishli ma?lumot olinadi. Geologik xaritalar asli geologik, litologikfatsial, paleogeografik, muhandislik-geologik, gidrokimyoviy, foydali qazilmalar, bashoratli, tektonik, metallogenik, magmatik formatsiyalar va b. haritalarga bo?linadi. Asli Geologik xaritalarlarda tog? jinslarining yoshi, tarkibi, yotish sharoiti turli belgi va ranglarda ifodalanadi. Tektonik harita ? ma?lum joy va vohaning tektonik tuzilishini; metallogenik harita ? metallar va qazilma boyliklarning hosil bulishini hamda ularning tarqalishini; magmatik formatsiyalar haritasida ? magmatik tog? jinslarining formatsiyalari ifodalanadi. Bundan tashqari, maxsus haritalar ( yer osti suvlari , geofizik haritalar va b.) ham tuziladi.

Gidrokimyoviy xarita ? suvlarning kimyoviy tarkibini, ulardagi tuzlarning miqdorini, grunt, artezian, mineral suvlarning xususiyatlari va joylanishini aks ettiradi. Gidrogeologik haritalarda yer osti suvlarining sifati (ta?mi, hidi, chuchukligi, sho?rligi va b.), yer yuzasidan pastda joylashgan birinchi suvli qatlam (havza)ning suv berish xususiyati, yer osti suvlarining turi (grunt, artezian, qatlamlararo, yer usti va karst suvlari) aks ettiriladi. G. x. turt xil masshtabda tuziladi (qarang Geologik syomka ). Yirik masshtabli va mufassal haritalarda stratigrafik kolonka va geologik kesmalar ham beriladi.

O?zbekiston geologik xaritasi, O?zbekistan magmatik formatsiyalari xaritasi, Farg?ona va Ustyurtning tektonik tuzilishi va neftgazga istiqbolli xaritasi, O?zbekistonning paleozoy fundamentining tarkibi va tektonik tuzilishi xaritasi va b. tuzilgan.

Geologik xaritalash [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Geologik xaritalash ? geologik xaritalarni tuzishga oid bo?lgan geologik vazifalar hamda tashkiliy chora-tadbirlar majmuasini ko?rib chiqadigan uslubiy fan xisoblanadi [1] . Geologik xaritalashning asosiy maqsadlaridan biri bu tadqiqot ishlari o?tkazilayotgan hududning geologik tuzilishini, foydali qazilmalarini batafsil o?rganish va tanlangan miqyosdagi geologik xaritasini tuzish usullarini o?rgatishdan iborat.

Geologik xaritalashning vazifalariga quyidagilar kiradi
  • Geologik xaritalashning nazariy asoslarini o?rganish;
  • Geologik xaritalar tuzishning asosiy usullarini o?rganish;
  • Geologik xaritalarni, stratigrafik ustunni, geologik kesmani rasmiylashtirish talablari va tuzilishi bilan tanishish;
  • Qatlamli cho?kindi, vulkanik yotqiziqlarni, intruziv tanalarni, kontakt zonalarni, metamorfik seriyalar va metasomatik hosilalarni xaritalash xususiyatlarini batafsil o?rganish;
  • Uzilmali strukturalarni xaritalash;
  • Turli xil tipdagi foydali qazilma konlarini xaritalash;
  • Geologik xaritalashda GIS texnologiyalardan foydalanish.

Geologik xaritalashning rivojlanish tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Geologik xaritalash ishlarining rivojlanishi foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning ilmiy asosda tashkil etish zarurati bilan belgilanadi. geologiyaning bu tarmog?i mustaqil yo?nalish sifatida XVII-XVIII asrlarda shakllana boshlangan. Bu borada Ch.K.Lits , M.P.Billings , L.U.de Sitter , E.Kloss , M.V.Lomonosov va boshqa olimlarning ishlarini e?tirof etish mumkin [2] . XIX asr boshlarida Vilyam Smit , J.Kyuve, A.Bronyar va boshqalaring stratigrafik tadqiqotlari tufayli tog‘ jinslarini yoshi bo?yicha ajratgan holda xaritalash imkoniyati tug?ildi. Bu, tom ma?noda, geologik xaritalashda tub burilish yasadi. 1875-yilda Xalqaro geologiya kongressi (XGK) II sessiyasida umumiy stratigrafik nomenklaturaning qabul qilishini geologik xaritalash ishlarini tartibga solishda ahamiyati katta bo?ldi. XIX asrda Rossiyada geologik xarita tuzish bo?yicha qilingan eng muhim ishlar D.l.Sokolov, G.K.Gelmerson, R.I.Murchison, L.I.Lagutin, A.P.Karpinskiy nomlari bilan bog?lik. Bu ishlarga D.V.Nalivkin, A.L.Yanshin va boshqa geologlar rahbarlik qilishgan. Shu vaqtda geologik xaritalash ishlari Moskva, Sankt- Peterburg va jumhuriyat markazlari va boshqa ko?plab shaharlardagi geologik tashkilotlar tomonidan olib borilgan. XX asrning 20-yillaridan boshlab oliy o?quv yurtlarida strukturaviy geologiya va geologik xaritalash bo?yicha V.A.Obruchev, I.M.Gubkin, V.N.Veber uslubiy kurslar o?qitila boshlangan. 1923-yili V.N.Veber tomonidan geologik xaritalash bo?yicha ilk qo?llanma bo?lmish ?Dala geologiyasi“ nashr qilinadi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Moyliyev M.Sh. Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash fanidan uslubiy qo`llanma// Toshkent 2018 y. .  
  2. X.CHINIQULOV, G ’.R.CHINIQULOV, A.R.KUSHOKOV Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash// Sano-standart/ Toshkent 2015 y. .  

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil