한국   대만   중국   일본 
Gayana - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Gayana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gayana
Shior One people, one nation, one destiny
Madhiya :   Dear Land of Guyana, of Rivers and Plains
Location of Gayana
Poytaxt Jorjtaun
Rasmiy til(lar) Inglizcha
Hukumat Yarim-Prezidentlik Davlat
David Granger
Moses Nagamootoo
Mustaqillik ( Birlashgan Qirollikdan )
? Sana
26-may, 1966
Maydon
? Butun
214,970 km 2 ( 83-o?rin )
? Suv (%)
8.4
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
765,283 ( 161-o?rin )
Zichlik 3/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 2,895 mil. ( 172-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 3,783
Pul birligi Gayana dollari ( GYD )
Vaqt mintaqasi UTC ?4
? Yoz ( DST )
UTC ?4
Qisqartma GY
Telefon prefiksi 592
Internet domeni .gy


Gayana , Gayana Kooperativ Respublikasi ( Inglizcha : Cooperative Republic of Guyana) ? Janubiy Amerikaning shimoli-sharqidagi davlat. Mayd. 215 ming km 2 . Aholisi 900 ming kishi ( 1997 ). Poytaxti ? Jorjtaun shahri. Ma?muriy jihatdan 10 okrugga bo?linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gayana? Hamdo?stlik tarkibidagi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1978 yil iyuddagi referendumda qabul qilingan va 1980 yil 6 oktyabrdan kuchga kirgan. Davlat va hukumat boshlig?i ? prezident. U umumiy to?gri ovoz berish yo?li bilan 5 yil muddatta saylanadi. Konun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament ? Millat majlisi amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyat prezident va bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi ixtiyorida. Vazirlar mahkamasi Millat majlisi oldida javobgardir.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Atlantika sohili pastlik bo?lgani uchun dengiz to?lqini paytida qirg?oqdagi yerlarni suv bosadi. Shimoliy va shimoli-sharqi botqoq bosgan payettekislikdan, markazi va janubiy Gviana yassitog?ligidan iborat (Ro-rayma tog?i bal. 2772 m). Gayanada oltin, niobiy (kolumbit), marganes, olmos, boksit konlari bor. Iqlimi subekvatorial, issiq va sernam. O?rtacha oylik temperatura Jorjtaunda 26?28°, yillik yog?in 2230 mm. Daryolari ko?p. Yiriklari ? Essekibo va Koranteyn. Hududining 85% ga yaqini doimiy yashil nam o?rmonlar bilan qoplangan. Shimoli-g?arb, shimoliy va Shimoli-sharqda savannalar. Kayetur milliy bog?i tashki l etilgan.

Aholisining 54% hindistonliklar, 36% afrikaliklar. Negrlar, duragaylar, mulatlar, xitoylar, indeyslar ham yashaidi. Davlat tili ? ingliz tili. Diniy e?tiqodiga ko?ra ko?pchilik aholi protestantlar bo?lib, katoliklar, musulmonlar, hindular ham bor. Shahar aholisi ? 31%. Yirik shaharlari: Jorjtaun, Bartika va b.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qadimda Gayana hududida indeyslar yashagan. Gayanani birinchi bo?lib ispanlar kashf etgan (1499). 16-asr oxirlarida inglizlar Gayana qirg?oqlariga kelganlar. Keyinroq golland savdogarlari Essekibo, Demerara va Berbis daryolari bo?yiga kelib joylashib, bu yerlarni o?zlashtira boshladilar. Ular Afrikadan keltirilgan negr qullar yordamida plantatsiya xo?jaliklari barpo etdilar. 18-asr oxiri ? 19-asr boshlarida Gayanaga egalik qilish uchun Buyuk Britaniya, Gollandiya va Fransiya o?rtasida kurash bo?lib turdi. 1814 yilgi Angliya-Gollandiya sulhiga binoan Gayana Buyuk Britaniya ixtiyoriga o?tdi va 1831 yildan Britaniya Gvianasi deb ataladigan bo?ldi. 1834 yilda quldorlik bekor qilindi. 1838 yildan boshqa mamlakatlardan, ayniqsa Hindiston va Xitoydan arzon ish kuchi keltiriddi. Gayana aholisi milliy-ozodlik uchun kurashdi. Bu kurash Ikkinchi jahon urushidan keyin keskin tuye oldi. 1953 yilda Britaniya Gvianasi mehnatkashlari ichki o?zini o?zi boshqarishni kengaytirishga erishdi. 1966 yil 26 mayda Britaniya Gvianasi mustaqil davlat deb e?lon qilindi va u Gayana deb nomlandi. 1970 yildan Gayana?respublika. O?sha yildan BMT a?zosi. 1992 yil 8 yanvarda O?zbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami: Respublika kuni -23 fevral (1970).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Xalq taraqqiyparvar partiyasi, hukmron partiya, 1950 yil tuzilgan; Xalq milliy kongressi, muxolifatdagi partiya, 1955 yil tashkil etilgan; "Birlashgan kuch", muxolifatdagi partiya, 1960 yil tuzilgan; Mehnatkashlar ittifoqi, muxolifatdagi partiya, 1977 yil tashkil etilgan. Gayana kasaba uyushmalari kongressi, 1940 yilda asos solingan.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iqgisodiyotining asosi ? qishloq xo?jaligi va konchilik sanoati. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo?jaligi va baliqchilik 40,1% (shu jumladan qand-shakar ishlab chiqarish 28,4%), sanoat 16,1% (shu jumladan konchilik 11,7%)ni tashkil etadi. Okean sohilida, Demerara va Berbis daryolari vodiylarida dehqonchilik qilinadi. Asosiy ekinlari: shakarqamish va sholi. Kokos palmasi, kofe, kakao, sitrus mevalari, ananas, maniok, batat va b. ham yetishtiriladi. Qimmatbaho yog?och tayyorlanadi. Yaylovlarda ko?proq koramol boqiladi. Daryo va dengizlarda baliq ovlanadi.

Sanoatidagi rivojlanish foydali qazilmalar, avvalo boksit, shuningdek oltin, olmos, marganes qazib olish bilan bog?liq. Iqgisodiyotning asosiy tarmoqlari davlat nazoratiga olingan. Elektr energetikada issiqlik elektr stansiyalari ustun. Bir yilda 219 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Ishlab chiqarish sanoati zaif rivojlangan. Asosiy tarmoqlari: qand-shakar, pivo, tamaki, yog?ochsozlik. Gayana romi jahonga mashhur. Temir yo'l uz. ? 88 km, avtomobil yo?llari uzunligi? 7,2 ming km. Asosiy portlari: Jorjtaun, Nyu-Amsterdam. Chetga qand-shakar, boksit, sholi, olmos, rom, yogoch-taxta, oziq-ovqat mahsulotlari, alyuminiy oksidi chiqaradi. Chetdan turli mashinalar, neft mahsulotlari, transport vositalari, qurilish materiallari, sut mahsulotlari, un va gazlama oladi. Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada bilan savdo qila-di. Pul birligi ? Gayana dollari.

Madaniyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

6?14 yoshdagi bolalar uchun majburiy o?qish yo?lga qo?yilgan. Ta?limning hamma turlari ? bepul. 6 yillik boshlang?ich, 7 yillik o?rta maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, 2 kollej bor. O?qituvchilar Jorjtaundagi ped. kollejida va 2 o?quv markazida tayyorlanadi. Ilmiy markazlari: Gayana jamiyati, Amerika axborot markazi, Gayana xalqaro munosabatlar instituti va b. Jorjtaun universiteti, Milliy kutubxona, Gayana muzeyi mavjud. Gayanada nashr etiladigan yirik gazeta va jurnallar: "Voys of leybor" ("Mehnat sadosi", gazeta, 1980 yildan), "Gayana kronikl" ("Gayana axboroti, kundalik gazeta, 1881 yildan), "Mirror" ("Ko?zgu", haftalik gazeta, 1962 yildan), "Nyu neyshn" ("Yangi millat", haftalik gazeta, 1955 yildan), "Sander" ("Momaqaldiroq", har chorakda chiqadigan jurnal, 1950 yildan), "Sandi kronikl" ("Yakshanba axboroti", haftanoma, 1881 yildan). Gayana ijtimoiy aloqalar agentligi hukumat axborot xizmati bo?lib, u 1989 yilda tuzilgan. "Gayana brodkasting korporeyshn" hukumat radioeshittirish xizmati 1979 yilda tashkil etilgan. "Gayana televijn" hukumat telexizmati 1993 yilda tuzilgan.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyoti ingliz tilida. Folklorni Gayana tub joy aholisi ? indeyslar yaratgan, keyinchalik shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun keltirilgan negrlar va hindlar ham bu jarayonga qo?shilgan. Yozma adabiyot 19-asrda paydo bo?ldi: "Kolonist" taxallusli muallifning "Demeraradagi tungi o?ylar" lirik she?rlar to?plami, qullikdan faryod chekkan S. Oliveraning she?rlari, T. Donning "Mo?minlarning qalb izhori" to?plami va b. A. Seymur "Gviana ustida bulut" dostonida asosiy tarixiy davrlarni tasvirlagan. Milliy ozodlik kurashi kuchaygan paytda M. Karterning jo?shqin she?riyati katta ahamiyat kasb etdi. Keyingi vaqtlarda nasr rivojlanmoqda.

Mustamlaka davrining qiyinchiliklariga qaramay, professional san?at rivojlandi, u indeys va negr an?analarini o?zida mujassamlashtirdi. Yog?och o?ymakorligi, naqshinkorlik, ramziy tasvirlar namunalari mavjud. Gayanadagi me?moriy inshootlar asosan yog?ochdan yasalgan bo?lib, ularning uslubi har xil (ispancha, gollandcha, inglizcha uslublar ta?siri seziladi). Turar joylar, odatga kura, baland g?ishtin tirgaklar ustiga kebracho, bambuk, palma yog?ochlaridan bir qavatli qilib qurilgan. Jorjtaunda dunyodagi eng katta yogoch cherkov (me?mori A. Blomfild) savlat to?kib turibdi. 1945 yildan so?ng mamlakat poytaxtida zamonaviy binolar qurildi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "Gayana" O?zME . G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil