Furye Jan Batist Jozef

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

FURYE (Fourier) Jan Batist Jozef (1768.21.3, Oser 1830.16.5, Parij) ? fransuz matematigi, Parij Fanlar akademiyasi a?zosi (1817). Oserdagi harbiy maktabni tugatgan, o?sha maktabda, keyin Politexnika maktabida o?qituvchi bo?lib ishlagan (1796?98). Dastlabki ilmiy ishlari algebraga doyr. Asosiy ilmiy ishlari matematik fizikaga oid. Uning qattiq jismlarda issiqlikning tarqalishi nazariyasi to?g?risidagi ilmiy ishi matematik fizikaning rivojlanishi tarixida alohida o?rin tutgan. "Issiklikning analitik nazariyasi" asarida u issiklik o?tkazuvchanlikning differensial tenglamasini chiqargan va uni yechish usulini tavsiya etgan. F.ning o?zgaruvchilarni ajratish usuli keyinchalik S. D. Puasson, M. V. Ostrogradskiy va boshqa olimlar ishlarida rivojlantirildi.