Florensiya maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Florensiya maktabi - 13 16-asrlarda Italiyadagi asosiy badiiy maktablardan biri; Ilk Uyg?onish davridan boshlab to renessans madaniyati inqirozigacha bo?lgan davrni o?zida aks ettiradi. Florensiya maktabi rangtasviri asoschisi Jotto bulib, uning ijodi Florensiyann protorenessans san?atining avangardiga aylantirgan; izdoshlari (Taddeo Gaddi, Mazo di Banko va boshqalar)ning ijodi ko?ndalang qo?yilgan masalalarni hal qilish jarayonida rivojlandi. Florensiya maktabida 14-asr 3choragida baynalmilal gotika g?alaba qozondi (Anolo Gaddi, Lorenso Monako). Insonparvarlik g?oyalari Ilk Uyg?onish davri Florensiya maktabi san?atining goyaviy asosiga aylandi. Me?mor F. Brunelleski, haykaltarosh Donatello, rassom Mazachcho va boshqa ijodi Florensiya maktabi shakllanishida muhim rol o?ynadi. Florensiya maktabi rangtasviri realistik izlanishlarning davomiyligi, san?at va fan amaliyotlari (perspektiva va boshqa masalalar)ning nazariya va amaliyotlari bilan qiziqishi, san?at va amaliyotning o?zaro aloqalari bilan ajralib turadi (Verrokko, P. Uchchello va boshqalar). 15-asr oxirida Florensiya maktabida demokratik an?analar (D. Girlandayo) saqlangani holda Lorenso Medichi saroyida shakllangan aristokratlar san?ati an?analari xukmronligi ortib bordi (Bottichelli,Fillippino Lippi). Leonardo da Vinchi va Mikelanjelo ijodi Florensiya maktabi doirasidan chiqib Yuksak Uyg?onish davri san?atining cho?qqisiga aylandi. Florensiya maktabi uslubiy yaxlitligi bu yerda manyerizm tarqala boshlashi bilan barham topdi (J. Vazari va boshqalar).