한국   대만   중국   일본 
Film musiqasi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Film musiqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Film musiqasi , kino musiqasi yoki kinomusiqa  ? kino san?ati bilan bog?liq musiqa janri , kino asarining muhim ifodaviy vositalaridan biri. Dastlab umumiy musiqali jo?rlikni tashkil etib, kinofilm namoyish qilish asboblarining shovqinini bosish uchun mo?ljallangan. Bora-bora kino ishlashning muhim sohasiga aylandi. Kino musiqasi tarixi ?ovozsiz kino“ (1930-yillarning ikkinchi yarmigacha) hamda ?ovozli kino“ bilan bog?liq 2 asosiy bosqichni o?z ichiga oladi. Birinchisida kino musiqasi, asosan, ijrochilar (yakka sozanda-pianinochi yoki ansambl) tomonidan tanlangan yoki badiha tarzida ijod qilingan musiqa parchalaridan iborat bo?lgan. ?Ovozli kino“da, odatda, har bir film uchun maxsus musiqa yoziladi, ba?zan mavjud musiqa asarlaridan ham foydalaniladi (masalan, hujjatli , ilmiy-ommabop , film-konsert va boshqa filmlarda). Kino musiqasi kinofilm mazmuni bilan uzviy bog?liq holda, qahramonlarning ruhiy kechinmalarini, dramatik holatlar, ziddiyatlar va boshqalarni badiiy ifodalashga yordam beradi. Chet el kompozitorlaridan M.Nayman ( Angliya ), N. Rota, E. Morrikone ( Italiya ), F. Ley, M. Legran, V. Kosma (Fransiya), A. Bisvas, Sh. Choudxuri ( Hindiston ), G. Kancheli ( Gruziya ), Doga Yeujeniu ( Moldova ), I. Dunayevskiy, D. Shostakovich, S. Prokofyev, V. Artemyev ( Rossiya ), F. Baxor ( Tojikiston ), N. Muxatov ( Turkmaniston ), M. Skorik ( Ukraina ) va boshqa ijodida kinomusiqaning yorqin namunalari vujudga keldi.

O?zbekistonda kino uchun maxsus musiqa yozish 1920-yillardan boshlangan. Dastlabki o?zbek filmlariga musiqa yozishda V. Uspenskiy (?Ravot kashkirlari“, 1927) va A. Kozlovskiy ( ?Tohir va Zuhra“ , 1945) lar o?zbek xalq kuy va qo?shiqlaridan hamda o?zbek bastakorlari ijodidan unlab iqtiboslarga tayanishgan. Keyingi ko?pgina o?zbek filmlarida musiqadan dramatizmni kuchaytirish vositasi sifatida foydalanildi: ?Abu Ali ibn Sino“ (kompozitor M. Burhonov, 1957), ?Furqat“ (S. Yudakov, 1959), ?Hamza“, ?Sen yetim emassan“ (I. Akbarov, 1961, 1963) va boshqalar. Qo?shiq muhim rol o?ynagan dastlabki o?zbek kinokomediyalari 1950-yillarning oxiri, 1960-yillarning boshlarida yuzaga kelgan: ?Maftuningman“ (Ik. Akbarov, M. Burhonov, M. Leviyev, 1958), ?Mahallada duv-duv gap“ (M. Leviyev, 1960) va boshqa 1960?70 yillarda o?zbek filmlari uchun musiqa yaratuvchilar doirasi sezilarli darajada kengaydi: S. Jalil (?Zulmatni tark etib“, 1973), A. Malaxov ( ?Toshkent ? non shahri“ , 1967), F. Yanov-Yanovskiy (?Qo?g?irchoqboz“, 1970; ?Mayin yomg?ir yog?adi“ multfilmi, 1984 va boshqalar). Ayniqsa, R. Vildanov ijodi e?tiborga molik, 100 dan ortiq filmga musiqa yozdi: ?Inson qushlar ortidan boradi“, 1975 (Dehli kinofestivalida eng yaxshi musiqa uchun sovrinini olgan); ?Triptix“ (San-Remo kinofestivalida Gran-pri sovrinini olgan); ?Armon“, 1987 va boshqa 1980?90-yillarda V. Milov (?Alibobo va qirq qaroqchi“, 1980 va boshqalar), M. Mahmudov ( ?Kelinlar qo?zg?oloni“ , 1985; ?Abdullajon“ , 1994; ?Chimildiq“, 1998; Buxoro kinofestivali (1999)da eng yaxshi musiqa uchun sovrin olgan va boshqalar), E. Solihov (?Alpomish“, 1999 va boshqalar), A. Ergashev (?Sharif va Ma?rif“, 1992; ?Yulduzimni ber, osmon“, 1995 va boshqalar) va boshqa ijodi e?tiborga molikdir. 1990-yillarga kelib yosh kompozitorlar ham kino musiqasi sohasida ijod qila boshladi va zamonaviy vositalar asosida kino musiqasining yangi uslublarini yaratishga muvaffaq bo?ldilar: E. Pak (?Sindbadning sarguzashtlari“ multfilmi, 1993 va boshqalar), D. Yanovskiy ["Ulug? Amir Temur", 1996; ?Voiz“, 1998, Anapa kinofestivali (1999)da Granpri sovrinini olgan; ?Fellini“, 1999, Kalkutta kinofestivali (2000)da eng yaxshi film sifatida belgilangan va boshqa], N. G?iyosov (?Bahodir Jalolov“, 1991), A. Kim (?Shaytanat“, 1999-2000) va boshqalar.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]