Ferdinand Magellan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Magellan, Magalyaynish Fernan
portugalcha : Fernao de Magalhaes , ispancha : Fernando (Hernando) de Magallanes ,
Tavalludi 4 fevral 1480
Vafoti 27 aprel 1521
Filippin
Fuqaroligi Kastiliya va Leon qirolligi
Otasi Rui de Rui de Magalhaes
Onasi Alda de Mesquita
Imzosi
yo'nalish

Magellan , Magalyaynish Fernan ( portugalcha : Fernao de Magalhaes , ispancha : Fernando (Hernando) de Magallanes , taxminan 1470, Portugaliya ? 1521.27.4, Maktan orol, Fillipin) ? portugaliyalik dengizchi sayyoh. Magellan ekspeditsiyasi birinchi dunyo aylana suzishni amalga oshirdi. 1505?12 yillarda portugallar ekspeditsiyasida qatnashib ikki marta (1509-11) Malakkagacha borgan. Magellan Lissabonga qaytgach, 1517-yil Ispaniyaga o?tib, Molukka orollariga g?arbiy yo?l bilan suzib borish to?g?risidagi o?zi ishlab chiqqan loyihani Ispaniya qiroliga taqdim qildi. 1519?21 yillarda 5 kemadan iborat Ispaniya ekspeditsiyasi (265 odam)ga boshliq etib tayinlangach, 1519-yil 20-sentabrda Sanlukarde Barrameda bandargohidan (Ispaniya) yo?lga chiqadi va 1520-yil yanvarda La-Plataning dengiziga quyilish yeriga yetib boradi. Fevralda janubga suzishni davom ettirib noma?lum yerning 2000 km dan ziyod sohilini (Magellan u joylarni Patagoniya deb atagan) ko?zdan kechirdi. Magellan 1520-yil mart oyida SanXulian buxtasida 3 kemada ko?tarilgan isyonni bostirdi va o?sha yerda qishlab, 1520-yil avgustda 4 kemada suzishda davom etdi. Kemalar Olovli Yer oroli bilan materik oralig?idagi bo?g?oz (keyinchalik Magellan nomiga qo?yilgan) orqali o?tib noma?lum okeanga chiqdi. Magellan hamroxlari keyinroq uni Tinch okean deb atagan. To?xtovsiz qariyib 17 ming km masofani o?tib, avval Mariana orollariga, so?ngra Filippin orollariga yetib borishdi. Magellan Maktan orolda mahalliy xalq bilan to?qnashuvda o?ldirildi. Magellan hamrohlari Tinch okean orqali g?arbga suzib, Afrikaning jan. orqali faqat bitta "Viktoriya" kemasida (X. S. Elkano qo?mondonligida) 1522-yil Ispaniyaga qaytib, dunyo aylana suzishni yakunladilar. Bu ekspeditsiya Yerning sharsimonligini amalda uzil-kesil isbotladi, yagona Dunyo okeani mavjudligini, Yer yuzasining ko?p qismi suv bilan qoplanganligini ko?rsatdi.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Pigafetta A., Puteshestviye Magellana, per, s ital., M., 1950; Magidovich I. P., Magidovich V. I., Ocherki po istorii geograficheskix otkritiy, 3 izd., M., 1983. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil